Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish
O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY N.J.ABDULLAYEVA · ETISHDA XALQARO (Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va) · STANDARTLARGA O‘TISH (Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va)
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 91-94 · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish tartibi va shu orqali hisobotlardagi aniqliklarni, asoslanganlikni ta’minlash, turli xil huquqbuzarliklarning oldini olish, daromadlar va xarajatlar ta’siri xolisligi, o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, daromad, xarajat, majburiyat, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), joriy majburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar, raqamli iqtisodiyot. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarorida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish, xorijiy investorlarni zarur axborot bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalaariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari ushbu qarorda aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi hamda moliyaviy hisobotni ixtiyoriy 1ravishda xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etilishi nazarda tutilgan[1]. Shuningdek, bu harakatni yurtimizda xalqaro standartlarga o‘tishdagi asosiy qadamlardan biri bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bilan birga, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sifatli qo‘llash uchun ushbu soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash 1 Nilufar A. YANGI O‘ZBEKISTONDA MOLIYA-BANK SOHASINING ISTIQBOLINING BELGILASH YO‘LLARI //BARQA- RORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 51-54. Abdukarimovich O. A. Budget organizations formation and improving accounting for out-of-budget budgets //Interna- tional Journal of Advanced Science and Technology. – 2020. – Т. 29. – №. 8. – С. 11-16. STARS International University 93 va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsaiatsiyasi - ACCA) va boshqalar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish kabi mulohazali fikrlar ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish maqsadida yurtimizdagi har bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yohud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SBR)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan biriga ega buxgalterlar ishtirokini taminlash ilgari surilgan[1]. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari haqida so‘z yuritar ekanmiz, buxgalteriya hisobi va uning vazifasi, moliyaviy hisobot haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Buxgalteriya hisobi malum bir firma yoki korxona to‘g‘risidagi moliyaviy ma’lumotlarni ushbu firma faoliyatiga qiziquvchi foydalanuvchilar (investor, aksioner, soliq organlari)ga hisobot shaklida yetkazib beruvchi tizim hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi ushbu foydalanuvchilarni ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini kam sarf-harajat bilan qondirishdir. Shu bilan birga foydalanuvchining olgan nafi ketgan xarajatlardan ustun bo‘lishi lozim[2]. Bu buxgalterlar ishidagi asosiy jihat hisoblanadi. Moliyaviy hisobot – ma’lum davr davomida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Bunga qisqacha qilib quyidagi misollarni keltirish mumkin. Metodologiya. Buni xuddi ishga kirmoqchi bo‘lgan odamning shaxsiy varaqasiga o‘xshatish mumkin. Ishchi haqidagi ma’lumotlarni uning shaxsiy varaqasi orqali bilib olish mumkin bo‘lganidek, moliyaviy hisobot orqali ham korxona yoki firmaning faoliyati haqida bilib olish mumkin.Yana bir misol qilib kundalikni aytish mumkin. Kundalik egasi unga kunlik qilgan ishlarini yozib boradi va bir yildan so‘ng shu kundalik orqali kishining yil davomida qanday ishlar bilan band bo‘lganligini bilish mumkin. Moliyaviy hisobot ham firmaning yil davomida qanday operatsiyalar amalga oshirganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi va firmaning asosiy elementi ekanligini bilgan holda, uni keng qamrovli bo‘lishi uchun xalqaro standartlarga o‘tkazish lozim. Natija. Yuqoridagi qarorlar va yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlarga tayangan holda buxgalteriya hisobining ilmiy standartlaridan xalqaro standartlarga asta- sekinl
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish tartibi va shu orqali hisobotlardagi aniqliklarni, asoslanganlikni ta’minlash, turli xil huquqbuzarliklarning oldini oli…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish tartibi va shu orqali hisobotlardagi aniqliklarni, asoslanganlikni ta’minlash, turli xil huquqbuzarliklarning oldini oli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- долгосрочные обязательства, xarajat, income, expense, joriy majburiyatlar, financial reporting, buxgalteriya hisobi, международные стандарты, uzoq muddatli majburiyatlar, current liabilities, International Financial Reporting Standards (IFRS), liability, majburiyat, бухгалтерский учет, расходы, digital economy, moliyaviy hisobot, daromad, raqamli iqtisodiyot, цифровая экономика, международные стандарты финансовой отчетности (МСФО), финансовая отчетность, accounting, обязательства, long-term liabilities, текущие обязательства, доходы, international standards, xalqaro standartlar, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025