Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarishni takomillashtirish
RAJABOV DONIYOR DILSHOD · BUDJETLASHTIRISH O‘G‘LI · TAKOMILLASHTIRISH Rajabovdoniyor@gmail.com
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 36-41 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida dolzarb muammolardan biri bo‘lgan xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda daromadlarini oshirishlari uchun o‘zlarining faoliyatini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlarni guruhlash va unga ta’sir etuvchi omillar borasida ham fikr bildirilgan. Kalit so‘zlar: mahsulot tannarxining dinamikasi, xarajatlarni boshqarish, budjet, moliyaviy, iqtisodiy, boshqaruv, daromad, budjetlashtirish, menejer, egri xarajatlar, to‘g‘ri xarajalar. Iqtisodiyotimizning rivojini belgilab berishda buxgalteriya hisobi tizimi muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni boshqarishda asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda amaldagi buxgalteriya hisobi tizimida bir necha usul va uslubiyotlardan foydalaniladi. Bugungi kunda buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirish muammolarini quyidagi ikki qismga ajratish mumkin: - xalqaro miqyosdagi; - milliy miqyosdagi. Buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirishning xalqaro miqyosdagi muammosi bu - jahon amaliyotidagi buxgalteriya hisobi tizimlarini yagona standart asosida tashkil etish. Milliy miqyosdagi muammosi bu – amaldagi buxgalteriya hisobi milliy standartini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishdir. Xalqaro miqyosda hanuzgacha buxgalteriya hisobining nazariy jihatdan tashkiliy tuzilishi borasida, jumladan, uning bir qismi hisoblangan xarajatlar hisobini tashkil qilish to‘g‘risida har xil yondashuv va fikrlar mavjud. Chunki xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir qiluvchi omildir. Mahsulot tannarxining dinamikasidan uch tomon manfaatdordir. 1.Ishlab chiqaruvchi, 2. Xaridor yoki iste’molchi va 3.Davlat (daromad solig‘i nuqtai nazaridan). Amaliy jihatdan ba’zi bir muammolar borki, uning natijasida xarajatlarni boshqarish, ularning harakati ustidan nazorat o‘rnatish va aniq ma’lumotlarni olish, «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 38 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. hisobini to‘g‘ri tashkil etishda noaniqlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi asossiz yo‘qotishlarga hamda mahsulot tannarxining sun’iy oshib yoki kamayib ketishiga olib kelmoqda. Bunday mavhum qarashlar, salbiy holat va talablar amaldagi buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, uning zamonaviy usul va uslubiyotlarini yaratish, fanning rivojlanish tarixi va istiqbollarini hamda respublikamiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu sohada islohotlarni amalga oshirishni zaruriy shart qilib qo‘ymoqda. Unumli xarajatlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy natijasining shakllanishida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xarajatlar, ya’ni xomashyo va material xarajatlar, ish haqi xarajatlari, asosiy vositalarning eskirish qiymati kabilar kiradi. Unumsiz xarajatlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadi hisobidan qoplanadigan yoki ularning zarariga olib boriladigan xarajatlar, ya’ni asossiz yo‘qotishlar, yaroqsiz mahsulotning paydo bo‘lishi, me’yordan ortiqcha tabiiy yo‘qotish kabilar kiradi. Bunday xarajatlar boshqarilmaydigan xarajatlar deb ham yuritiladi. STARS International University 39 Respublikamiz iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining yangi shakllari pay- do bo‘lishi natijasida an’anaviy buxgalteriya hisobi tizimining tashkiliy tamoyillari ham ma’lum darajada o‘zgardi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida tannarxning sir tutil- ishi, xarajatlar yo‘nalishining o‘zgarishi pirovardida ularni boshqarishning tashkiliy tamoyillari va uslubiyotini ilmiy-nazariy jihatdan qayta o‘rganib chiqish zaruriyati kelib chiqdi. Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Korxonalar kelgusida daromadlarini oshirish- lari uchun o‘zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Uning asosini esa budjetlashtirish tashkil etadi. Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qil- ish xarajatlarni smetalash, budjetni solishtirish va ushbu budjetga nisbatan haqiqiy va prognoz qilingan xarajatlarni boshqaradi. Bugungi kundagi hisob tizimining asosiy vazifalaridan biri ko‘rsatib o‘tilgan unumsiz xarajatlarning oldini olish bilan samaradorlikka erishish bo‘lib turib- di. Shu sababdan xarajatlarni boshqarish va o‘zgarishini nazorat qilishda oqilona, zamonaviy usullardan foydalanish, tarmoq ishlab chiqarish xususiyatiga mos keluvchi yangi uslubiyotni yaratish zaruriy shart bo‘lib qolmoqda. “Byudjet” atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash nati- jasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalan- ishni anglatadi. Tor ma’noda esa, “budjetlashtirish” atamasi hali bizni
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida dolzarb muammolardan biri bo‘lgan xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda dar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimida dolzarb muammolardan biri bo‘lgan xarajatlarni budjetlashtirish va boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda dar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cost management, moliyaviy, динамика себестоимости продукции, xarajatlarni boshqarish, product cost dynamics, финансовый, economic, egri xarajatlar, budjet, управленческий, manager, управление затратами, financial, budjetlashtirish, экономический, to‘g‘ri xarajalar, iqtisodiy, менеджер, бюджет, прямые затраты, кривые затраты, daromad, mahsulot tannarxining dinamikasi, direct costs, budget, budgeting, boshqaruv, menejer, выручка, revenue, бюджетирование, curve costs, management
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026