К содержанию
РецензированоRU2023

МЕХАНИЗМ СОЗДАНИЯ ЛИЧНОСТНО-ОРИЕНТИРОВАННОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ

Qurbonova Maftuna Faxriddinovna · Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva · МЕХАНИЗМ СОЗДАНИЯ ЛИЧНОСТНО-ОРИЕНТИРОВАННОЙ · ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the organization of quality education, which is gaining importance today, and the creation of a person-oriented educational mechanism in creating the necessary environment for the quality organization of education. Key words: coaching, diagnostics, SOFT SKILLS, 4K skills, research student, standard- style student, passive student, CLIL. Sifatli ta’lim muhitini yaratish, raqobatbardosh kadrlarni ishlab chiqarish pedagogik ta’lim oldidagi dolzarb masalalardan biri. Chirchiq davlat pedagogika universitetida sifatli ta’lim muhitini yaratish maqsadida pedagogik ta’limning innovatsion klasteri negizida shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim sharoitini yaratish boʻyicha pedagogik faoliyat doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim muhitini yaratish maqsadid oliy ta’lim muassasida mavjud kafedralarda diagnostikalash-shaxsni tashxislash labaratoriyalari tashkil etilishi lozim. Bu labaratoriyalarda zamonaviy shaxsni shakllantirish va tarbiyalash maqsadida quyidagi diagnostikalar olib boriladi. Kuzatish; Suhbat; Kouching; Yoʻnaltirish. 106 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu oʻrinda kouching atamasiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, pedagog talabaning qiziqishi va muommolarini oʻrganib, uning qiziqishi va ichki potensialiga koʻra ma’lum sohaga yoʻnaltiruvchi diagnostika faoliyat turi hisoblanadi. “Kouching” metodikasi; maqsadni va unga erishishning optimal yoʻllarini aniqlaydi; talabaning mustaqilligi va javobgarligini oshiradi; oʻz faoliyatidan qoniqa olish; samarali hamkorlikning yangi yoʻllarini topish; qiyin holatlarda muhim yechimni tez topish; individual maqsadlarni taʼlim muassasasi maqsadlari bilan moslashtirish; oʻz hayot tarzini boyitish; yangi imkoniyatlarni ochish; hayotni yangi produktiv shaxsiy munosabatlar bilan boyitish va boshqalarga yordam beradi [1]. Kouching - inglizchadan tarjima qilinganda “Mashq qildirmoq” soʻzini anglatadi. Taʼlimda esa, pedagog bilan talabaning samarali faoliyatiga imkoniyat yaratuvchi uzluksiz jarayonni nazarda tutadi. Kouching - bu muhim oʻquv maqsadiga erishish uchun talabaga individual konsultatsiya berish, uning ichki potensialini ochish, zarur qobiliyat va koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, natija olish uchun ilgʻor strategiyalarni oʻzlashtirishdir. Kouching maqsadi – nimagadir oʻqitish emas, balki talabaning zarur bilim va tajribani egallashi uchun oʻzini- oʻzi oʻqitishga sharoit yaratishdir. Bu metodika kasbiy va shaxsiy oʻsishi uchun talabalarning oʻz oldiga qoʻygan vazifalar va oʻzgarishlarga ehtiyojlarini anglash, imkoniyatlarini kengaytirish uchun moʻljallangan. U taʼlimda, shuningdek, biznesda, shaxslararo munosabatda, oilada, jismoniy sogʻlom boʻlish kabi hayotning turli sohalarida rejalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan [2]. Oliy ta’lim muassasida mavjud kafedralar qoshida faoliyat olib borayotgan shaxsni tashxislash labaratoriyalarida diagnostika natijasida talabaning kompitentligi, ya’ni qobiliyatlari aniqlanadi. Bunda talabalar 3 guruhga boʻlinadi: 1. Tadqiqotchi talaba 2. Standart-uslubchi talaba 3. Nofaol talaba Tadqiqotchi talaba kreativ, kritik, kommunikativ, korporativ va tushuntiruvchi kabi xususiyatlarga ega boʻlishi kerak. Bu koʻnikmalar xalqaro mezonlar hamda SOFT SKILLS asosida shakllangan boʻlib “4K” nomi bilan atalmoqda. “4K” bu kreativ-ijodkor, kritik-tanqidchi, kommunikativ-muloqotga kirishuvchi, korporativ-jamoa bilan ishlay oluvchi hisoblanadi. Tadqiqotchi talaba bu “4K” koʻnikmasini oʻzida jamlagan boʻlishi, tushunishi hamda boshqalarga ham tushuntiruvchi funksiyalarini bajarishi kerak. Standart-uslubchi talaba oʻrganuvchi, oʻzlashtiruvchi va bajaruvchi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim. Nofaol talaba esa tinglovchi, takrorlovchi, koʻchiruvchi hamda ergashuvchi xususiyatlarga ega boʻladi. 107 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Biz taklif qilayotgan mexanizm asosida nofaol talabalar standart talabalarga oʻtishi va shu orqali ta’lim samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan. Shuningdek tadqiqotchi talabaning ta’lim jarayoni uzviyligiga erishish maqsad qilib olingan. Nofaol talaba bilan ishlash diagnostikasi amalga oshirilishi natijasida dastavval talabaning qiziqishi, qobiliyati va bilish darajasi oʻrganiladi va shu orqali qoʻshimcha kasb-hunarga jalb qilinadi. Nofaol talaba “Talaba talabaga ustoz, talaba talabaga shogird” tamoyili asosida tadqiqotchi talabaga biriktiriladi. Diagnostika davomida standart uslubchi darajasiga oʻtadi. Satandart-uslubchi talaba bilan ishlash quyidagicha olib boriladi. Har bir fan va ixtisosliklar boʻyicha kafedralar qoshida “Maktab labaratoriyalari” tashkil etilishi ta’lim oluvshilarga erkin va sifatli tarzda maktabda amaliyot olib borishiga hamda erta pedagogic faoliyatga kirishish imkonini beradi. Fan va ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasi boʻyicha 4+

Доказательный фрагмент

«This article talks about the organization of quality education, which is gaining importance today, and the creation of a person-oriented educational mechanism in creating the necessary environment for the quality orga…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the organization of quality education, which is gaining importance today, and the creation of a person-oriented educational mechanism in creating the necessary environment for the quality orga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
coaching, diagnostics, SOFT SKILLS, 4K skills, research student, standard-, 4K ko‘nikmasi,, 4K skills,, standard-style student,, research student,, tadqiqotchi talaba,, студент стандартного стиля,, passive student,, пассивный студент,, kouching,, студент-исследователь,, коучинг,, диагностика,, standart-uslubchi talaba,, SOFT SKILLS,, diagnostics,, diagnostika,, coaching,, CLIL.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники