К содержанию
РецензированоUZ1993

Xorijiy tillarni o‘qitishda yondashuvlar va ularning xususiyatlari

SO‘ROQ TUZILMALARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK · Xolmatova Vazira Narzullaevna

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 1 · 1993

Аннотация

So‘roq gaplarining javob replikasiga bo‘lgan munosabati va har doim ham yangi ma’lumot olishga yo‘naltirilavermasligi so‘roq intensiyasi darajasi har xil bo‘lishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, bir xil funksional turga kiruvchi nutqiy tuzilmalarning kommunikativ –pragmatik imkoniyatlari har xil ko‘rinish olishidan xabar beradi. Kalit so‘zlar: nutqiy tuzilmalar, so‘roq tuzilmalari, kommunikativ maqsad, semantika, sintaksis, kommunikativ-pragmatik imkoniyatlar, transformatsiya Turli tillarda bitilgan grammatikaga oid darsliklarda til tizimida savol olmoshi ishtirok etmaydigan va to‘g‘ri so‘z tartibiga ega so‘roq tuzilmalar uchrashi haqida qisqacha ma’lumotlar berilsa-da, lekin ushbu turdagi tuzilmalar tizimli ravishda o‘rganilmagan. Bunday tuzilmalar qatoriga quyidagilar kiradi: ―That’s better? ―Much better (G.Green. The Quiet American). ―You wrote both the letter and the headman’s answer? ―Yes sir (B. Shaw. Too true to be good); ―You are glad of that? ―Glad indeed (Osborne. J. Look back in anger). Ushbu turdagi tuzilmalarning savol intensiyasiga egaligini formal jihatdan ifodalovchi yagona vosita yozuvda savol belgisining qo‘yilishi bo‘lsa, ogzaki nutqda esa intonatsiya va javob talab qilinishidir. Ingliz tili grammatikasiga oid asarlarda ushbu ko‘rinishdagi tuzilmalar an’anaga binoan umumiy savollar (general questions), “ha” yoki “yo‘q” javoblarini talab qiluvchi savollar (“yes-no” questions), fe’l savollar (verbal questions), olmoshsiz savollar deb atalib kelinadi (Jacobs 1993:255; Palmer 1989:263; Curme 1972: 352). Tadqiqotchilar o‘zbek tili tizimida ham umumiy savollarni alohida guruhga ajratadilar va ularning shakllanishida intonatsiyaning roli alohida ekanligini ta’kidlaydi. Masalan: ―Gapur, –dedi Sharof –Mirzo Anvar, osiy Anvar deyapti chog‘i? Qobil yana javob bermadi. 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ―Zaboning bor, axi, burodaringni tutganlarchi? ―Yo‘q (Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon): Sultonalining ko‘zi olalatib, peshonasida qator ajinlar zohir bo‘ldi. ―Adashib kirdi? ―Ha (Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon). Ammo o‘zbek tilida umumiy so‘roqlar yana bir formal ko‘rsatkichga, ya’ni – mi so‘roq alomatiga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan, U.Yusupov “U ishlayaptimi?”, “Yordam beraymi?”, “U talabami?” kabi tuzilmalarni umumiy so‘roq gaplar guruhiga qo‘shish tarafdori (Yusupov 2013: 163; Yusupov 2015: 187). Xullas, ko‘pchilik tilshunoslar ingliz va o‘zbek tillarida so‘roq olmoshisiz shakllangan va to‘g‘ri so‘z tartibiga ega bo‘lgan so‘roq tuzilmalari mavjudligiga e’tibor qaratishib, bunday tuzilmalarning ayrim jihatlarini tavsiflashga harakat qilib kelishmoqda. Biroq ularning lisoniy maqomi va til tizimida tutgan o‘rni va kommunikativ-pragmatik imkoniyatlari hozirgacha to‘liq aniqlangani yo‘q. Fikrimizcha, so‘roq olmoshi ishtirokisiz tuzilgan to‘g‘ri so‘z tartibiga ega so‘roq gaplarining funksional-semantik xususiyatlarini to‘liq yoritish uchun ularni teskari so‘z tartibidagi gaplar bilan chog‘ishtirib tahlil qilish lozim bo‘ladi. Bunday qiyosdan ko‘zlanayotgan maqsad ushbu turdagi savol tuzilmalar bir qator xususiyatlari bilan o‘zaro farq qilishini ko‘rsatish va ularning sintaktik variantlar sifatida talqin qilish imkoniyati chegaralanganligini isbotlashdir. Ma’lumki, gapning har bir kommunikativ tipi va har bir kommunikativ maqsadga alohida gap strukturasi mos keladi. Gap kommunikativ turi o‘zgarganida uning shakliy tuzilishi o‘zgarishiga sabab tug‘diradi. Shu bois, so‘roq gaplarining struktur tuzilishiga ham e’tibor qaratish lozim. Bunda a) so‘z tartibi va fe’l shakli, b) intonatsiya, v) modal so‘zlar va kiritmalarning ishlatilishi, g) noaniq olmoshning qo‘llanishi, d) transformatsiya imkoniyati kabilarga ahamiyat berish muhim. Tahlil qilinayotgan so‘roq tuzilmalarining eng muhim struktur ko‘rsatkichlari so‘z tartibi va fe’lning shaklidir. Badiiy adabiyotlar sahifalarida uchragan quyidagi misollarni qiyoslaymiz: 143 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Inversiya tuzilishidagi savol To‘g‘ri so‘z tartibiga ega savol 1.Did you ask Miss French for 1. You got something hot? money? 2. You recognize him? 2. Do you recognize that coat? 3. You have read this paper, I think? 3. Have you finished that one yet? Ingliz tili grammatikalarida inversiya tuzilishidagi savol gapi me’yoriy deb qaralsa, to‘g‘ri so‘z tartibi darak gaplariga xos bo‘lib, savol gapi uchun me’yordan chekinish sifatida talqin qilinadi. Ushbu gaplardan birinchi turdagilari tarkibida fe’lning analitik shakli ishtirok etadi. To‘g‘ri so‘z tartibiga ega so‘roq gaplarida esa, fe’l asosan Present va Past Indefinite shaklini oladi. Demak, You recognize him? Ko‘rinishidagi tuzilmalar to‘liqsiz gap bo‘lmasdan, balki to‘liq shakldagi to‘g‘ri so‘z tartibiga ega savol gapi namunasidir. Bundan so‘roq gaplari nafaqat sintaktik tuzilish jihatidan, balki morfologik jihatdan ham, ya’ni fe’lning turli zamon shakllarini olishi bilan farqlanadi degan xulosaga kelish mumki

Доказательный фрагмент

«So‘roq gaplarining javob replikasiga bo‘lgan munosabati va har doim ham yangi ma’lumot olishga yo‘naltirilavermasligi so‘roq intensiyasi darajasi har xil bo‘lishiga olib keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

So‘roq gaplarining javob replikasiga bo‘lgan munosabati va har doim ham yangi ma’lumot olishga yo‘naltirilavermasligi so‘roq intensiyasi darajasi har xil bo‘lishiga olib keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
подход, осознанный, conscious, компетентность, didaktik, познавательный, интеграция, kompetensiya, integration, approach, competence, didactic, ongli, kognitiv, cognitive, yondashuv, дидактический, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники