Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Bugungi kunda menejmentning jahonda tutgan o‘rni
PO‘LATOVA MASHHURA · KUNDA XUSHNUDBEK QIZI · JAHONDA G‘AYBULLAYEV SARVAR · O‘KTAM O‘GLI · TUTGAN O‘RNI
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 227-230 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada siz menejment haqida quyidagi ma’lumotlarni olishin- giz mumkin.“ Menejment o‘zi nima?”, “Menejmentning maqsad va vazifalari”, “O‘zbekis- tonda menejmentni rivojlantirish yo‘llari”, shu yo‘nalishdagi muammolar. Bugungi kunda menejmentning nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan chet mamlakatlarda ham rivojla- nish omillariga katta ta’sir ko‘rsatayotganligi va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynayotganligi haqida bilib olasiz. Kalit so‘zlar: kibernetika, menejment, menejerlar, tadqiqotlar,boshqaruv. Menejment (inglizcha: management) – (boshqarish, tashkil etish) – maxsus bosh qarish faoliyati; boshqarish to‘g‘risidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchi- ning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’yekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi bos- hqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rganishdan iborat. Boshqaruv – tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jara- yonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlar- da ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Me- nejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo‘llashga, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asos- lanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV- XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda “Temur tuzuklari” asarida davlat, qo‘shin va boshqalarni boshqarish san’ati to‘g‘risida o‘z qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir STARS International University 227 necha yuz yillar davomida to‘plangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy g‘oyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi – amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondos- hi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar – yollanma boshqaruvchilar – menejerlar shug‘ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejment- ning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), o‘rta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, bo‘lim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) bo‘g‘inlari bor. 1985-yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Тub islohatlar boshqaruvni jamiyatni demokratlash tirish, oshkoralik va pastdan yuqoriga xalq hokimiyatini o‘rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‘llari- ni ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o‘tishga asos bo‘ldi. Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‘zgarishlar kititishni belgilab qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrga- cha mavjud bo‘lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalari- ni oshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va huquqiy hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jahon tajribasi, rivojlan- gan mamlakatlar va o‘zimizda to‘plangan tajribadan foydalaniladi. Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‘p yillarga mo‘ljallan gan strategik vazifa- dir. Mamlakatimiz “falaj qilib davolash” usulidan voz kechdi. Bu yerda bozor muno- sabatlariga o‘tish bos qichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulkini xususiy mulk bilan bir vaqtning o‘zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‘jalik yuritish usullarini qo‘llash yo‘li bi- lan amalga oshirish kerak. Menejment oldiga qo‘yilgan ko‘pchilik vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o‘zgartirildi, boshqaruvning bozor munosa- batlariga o‘tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi va kooperatsiya bo‘yicha aloqalar barqaror bo‘lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vujudga kelmoqda. Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarini – asosiy bo‘g‘in (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‘g‘inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to‘g‘risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo‘yicha iste’m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada siz menejment haqida quyidagi ma’lumotlarni olishin- giz mumkin.“ Menejment o‘zi nima?”, “Menejmentning maqsad va vazifalari”, “O‘zbekis- tonda menejmentni rivojlantirish yo‘llari”, shu yo‘nalishdagi mu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada siz menejment haqida quyidagi ma’lumotlarni olishin- giz mumkin.“ Menejment o‘zi nima?”, “Menejmentning maqsad va vazifalari”, “O‘zbekis- tonda menejmentni rivojlantirish yo‘llari”, shu yo‘nalishdagi mu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- кибернетика, kibernetika, исследования, менеджмент, менеджеры, tadqiqotlar, boshqaruv, menejerlar, menejment, managers, research, cybernetics, management
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХудойқулова Ҳуррият Бердиевна2019