Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Iqtisodiyotni raqamlashtirish koʻrsatkichlari
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH KOʻRSATKICHLARI · Maxmudova Guljaxon Nematdjonovna
Направления развития благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики · 2000
Аннотация
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va jamiyat axborotlashishining rivojlanishi tobora yangidan yangi vazifalarni qoʻyayotganligi va ushbu vazifalar AKTdan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvor darajasiga erishish, foydalanuvchilar layoqatliligini oshirish, Internet va raqamli xizmatlardan samarali foydalanishga qaratilganligi yoritilgan. Mazkur vazifalarning aksariyati xalqaro tajribadan foydalangan holda hal etilishi mumkin. Jahondagi mamlakatlarda ahborotlashgan jamiyat rivojlanish darajasini baholash koʻrsatkichlarini tizimlashtirish 2000 yillardan shakllana boshladi. Hozirgi kunda mamlakatlar reytingi bir qator indekslar (Networked Readiness Index, NRI; Digital Evolution Index, DEI; IMD World Digital Competitiveness, WDC; Global ICT Development Index, IDI; Digital Economy and Society Index, DESI) orqali namoyon boʻladi. Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, raqamli xizmatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres a’zo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlarni 2020-yilni “insonlar va sayyoralar manfaati uchun harakat va uni amalga oshirish oʻn yilligi” sifatida boshlashga chaqirib, sababi 2030- yilgacha barqaror rivojlanishga erishish uchun qisqa vaqt qolganligini ta’kidladi. Butun dunyo boʻylab raqamli hukumatning rivojlanishini Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 ta a’zo davlatlarning kuchli va zaif tomonlarini, muammo va imkoniyatlarini, shuningdek, siyosat va strategiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni aniqlash orqali baholaydi. Olib borilgan tadqiqotlar mamlakatlarning barcha uchun samarali, hisobdor va inklyuziv raqamli xizmatlarni taqdim etish hamda “hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyilini bajarish orqali raqamli boʻlinishlarni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.1 2001-yilda tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha departamenti tomonidan e’lon qilinadigan koʻrsatkichlar raqamli texnologiyalar vazirlari, siyosatchilar va tahlilchilar, elektron hukumat boʻyicha qiyosiy tahlil va zamonaviy tadqiqotlarni oʻrganish uchun reytingni aniqlash, xaritalash va oʻlchashning tengi yoʻq vositasiga aylandi. Ushbu tadqiqotning boshlanishi KOVID-19 pandemiyasining 1 Махмудова Г.Н., Разакова Б.C Развитие цифровой экосистемы в Узбекистане на основе платформенной концепции // Экосистемы В Цифровой Экономике: Драйверы Устойчивого Развития Издательство: ПОЛИТЕХ-ПРЕСС Монография под ред. д.э.н., профессора А.В.Бабкина г.Санкт Петербург, 2021 г. Стр 28-53. 88 Иқтисодиётни рақамлаштириш шароитида қулай ишбилармонлик муҳитини ривожлантириш йўналишлари misli koʻrilmagan tahlikali davrida roʻy bermoqda. Pandemiya elektron hukumatning an’anaviy raqamli xizmatlarni yetkazib berishdagi va inqirozni boshqarishdagi yangi innovatsion sa’y-harakatlardagi rolini faollashtirgan boʻlsa- da, ayniqsa, eng kambagʻal va eng zaif aholi guruhlari orasida qiyinchiliklarni va raqamli tabaqalanishuvning koʻplab shakllarini yaqqol koʻrsatib berdi.2 1-rasm. BMTning KOVID-19 pandemiyasi davrida raqamlashtirish koʻrsatkichlari boʻyicha tadqiqoti BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi” (Open Government Data Index OGDI) boʻyicha Oʻzbekiston eng yuqori (Very High OGDI) koʻrsatkichiga ega boʻlgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda Oʻzbekiston eng yuqori ball toʻplay olgan (1-jadval).3 “Elektron hukumat kuzatuvi” Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. Bu BMTga a’zo barcha davlatlarning elektron hukumatining rivojlanish darajasini baholaydigan yagona global hisobotdir. 2 Махмудова Г.Н., Разакова Б.C Практическое значение цифровой платформы единого портала интерактивных государственных услуг // Индустрия 5.0, цифровая экономика и интеллектуальные экосистемы (ЭКОПРОМ-2021) Сборник трудов научно-практической конференции зарубежным участием 18-20 ноября 2021 года. г.Санкт Петербург С.169-172, ISBN: 978-5-7422-7504-6 3https://publicadministration.un.org/egovkb/Portals/egovkb/Documents/un/2020- Survey/2020%20UN%20E-Government%20Survey%20(Full%20Report).pdf 89 Иқтисодиётни рақамлаштириш шароитида қулай ишбилармонлик муҳитини ривожлантириш йўналишлари 1-jadval Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi boʻyicha mamlakatlar reytingi Digital Economy and Society Index (DESI) Yevropada raqamli ishlab chiqarishni umumlashtiruvchi tarkibiy koʻrsatkich hisoblanadi va Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning raqamli raqobatbardoshlik sohasidagi evolyutsiyasini kuzatish imkonini yaratadi. DESI boʻyicha Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Niderlandiya yetakchi mamlakatlar hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich oʻz ichiga zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishining yirik 5 ta yoʻnalishini qamrab oladi: Internetga chiqish, inson kapitali, internet xizmatlaridan foydalanish darajasi, raqamli texnologiyalarga integrasiya, ommaviy raqamli xizmatlar. (2-rasm) 90 Иқтисодиётн
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va jamiyat axborotlashishining rivojlanishi tobora yangidan yangi vazifalarni qoʻyayotganligi va ushbu vazifalar AKTdan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvor darajasiga erishish,…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada axborot texnologiyalari va jamiyat axborotlashishining rivojlanishi tobora yangidan yangi vazifalarni qoʻyayotganligi va ushbu vazifalar AKTdan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvor darajasiga erishish,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information technology, информационные технологии, raqamlashtirish, digitization, innovation, цифровые услуги, инновации, raqamli xizmatlar, innovatsiyalar, цифровизация, axborot texnologiyalari, digital services
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Экономика и инновационные технологииФ Насриддинов2012