К содержанию
РецензированоUZ2026

Logistika markazlari tashkil qilishning jahon amaliyoti

Isroilov Parviz

Направления развития благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики · 2026

Аннотация

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik ekspertlarning ta’kidlashicha, hozirgi keskin iqtisodiy tizimning kuchli globalizatsiyalashgan asosini o‘zgartirish mumkin emas. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asos sohalarni rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin. Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: xususiy tadbirkorlik, logistik markazlar, erkin iqtisodiy hududlar, tranzit koridorlar. Logistika asosiy sohalardan biri sifatida tobora keskinlashib borayotgan jahon iqtisodiyoti mamlakatlar oldiga amalda iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi omil va manbaalarni guruhlash hamda iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi sohalarni rivojlantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda. Ushbu jarayonlarlar ochiq dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan Markaziy Osiyo davlatlari oldiga transport koridorlarini rivojlantirishdek muhim masalani qo‘ymoqda. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlovchi kalit vosita hisoblangan tranzit koridorlar va logistika markazlari tashkil qilish borasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Xususan, O‘zbekistonning Navoiy viloyati hududida, Qozog‘istonning Olmaota va Ostona hududlarida va Turkmanistonning Ashxabod hududida logistika markazlari tashkil qilingan. O‘zbekiston va Qozog‘istonda joylashgan logistika markazlari multimodal xarakterga ega. Multimodal logistika markazlari transport tizimini rivojlantirish bilan birga yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarishni shakllantiradi, yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishini va zamonaviy texnologiyalarning hududga ko‘chishini ta’minlaydi. Barcha qo‘shni sohalar: moliya sektori, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy ta’minot sohalari foyda olishga qaratilgan, raqobatli va innovatsion taraqqiyot natijasida tez rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida hududda kapital, sifatli mahsulotlar va xomashyo to‘planishiga va kompleks sanoat markaziga aylanishiga sabab bo‘ladi. Qozog‘iston hududida tashkil qilingan multimodal logistika markazlari dengiz portlari asosiga qurilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda tashkil qilingan ushbu markazlar "quruq portlar" asosiga tashkil qilingan. Logistika markazi O‘zbekistonni va mintaqani jahon bilan bog‘lash vositasi hisoblanadi. Uni qay 102 Иқтисодиётни рақамлаштириш шароитида қулай ишбилармонлик муҳитини ривожлантириш йўналишлари tarzda rivojlantirish va unga qanday yondashish bizni bevosita jahon amaliyotini o‘rganishga undaydi. Shu sababli xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish jahon tajribasiga biroz to‘xtalib o‘tamiz. Jahonda logistika markazlari intermodal ravishda XX asrning 80–90-yillarida Yevropaning eng yirik portlari Antverpen va Rotterdam (Gollandiya), Gamburg (Germaniya), London, Manchester (Buyuk Briyaniya), Lissabon (Portugaliya), Valensiya (Ispaniya), Rim (Italiya), Nant (Fransiya) kabi yirik port shaharlarda tashkil qilingan. 15-20 yil vaqt o‘tib multimodal logistika markazlari butun dunyo bo‘ylab rivojlandi va qamrovi oshdi. Hozirda dunyoda 4500 ga yaqin logistika markazlari bo‘lib, unda jahon YalMning 15 % ini (6,5 trln.S) tashkil qiluvchi qiymat yaratiladi. Logistika markazlarining asosini tashkil qiluvchi xususiy logistika kompaniyalari soni 3 000 dan ortiq bo‘lib, ularning yillik daromadi 6 % yillik o‘sish bilan 2008-yilda 3,6 trln. Sni tashkil qilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 2013-yilga kelib, 3.9 trln.S ga yetdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, logistika sohasi inqirozdan keyin muhim rivojlanish vositasi bo‘lib qoldi. Yevropada logistika tizimining yadrosini Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya beshburchagida joylashgan portlar tashkil qiladi. Yevropada logistika markazlari tashkil qilish tajribasi xususiy logistika firmalari asosida tashkil qilingan. Faqat Italiya va Ispaniyada logistika sohasi davlat korxonalari tomonidan boshqariladi. Umuman olganda, Yevropadagi yillik logistika xizmatlari € 800 mlrdni tashkil qiladi va yiliga 4–8 % o‘sish bilan YaIMdan yuqori o‘sishni ko‘rsatmoqda. AQSHda logistika markazlari asosini 2000 dan ortiq xususiy kompaniyalar tashkil qiladi. Dunyoda eng ko‘p xususiy logistika kompaniyalar joylashishi bilan birga logistika sohasi boshqa sohalar bilan uzviy bog‘langan va xususiy biznesni rivojlantirishning asosiy ozuqasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorining har bir bo‘g‘ini logistika bilan uzviy bog‘langan. Multimodal logistika markazlarida tovar va xomashyo yetkazib berish, yuklash, qadoqlash, qayta ishlash, saqlash, bozorlashtirish ishlaridan to ularni bojxonadan o‘tkazish, yig‘ish va reklama qilishgacha logistika markazlari xizmatiga kiradi. Xalqaro multimodal logistika marka

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
транзитные коридоры, xususiy tadbirkorlik, частное предпринимательство, transit corridors, erkin iqtisodiy hududlar, логистические центры, free economic areas, свободные экономические площади, tranzit koridorlar, logistics centers, private entrepreneurship
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники