Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МОДЕЛИ КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В РАЗВИТЫХ СТРАНАХ
Rustamova Dilbar Rustamovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В статье представлен научно-теоретический анализ моделей корпоративного управления, сложившихся в развитых странах, их особенностей, преимуществ и недостатков. Проведено сравнительное исследование англосаксонской, континентальной (европейской), японской и гибридной моделей корпоративного управления с выявлением основных различий и сходств между ними. Также рассматриваются перспективы внедрения опыта корпоративного управления в Узбекистане. Ключевые слова: корпоративное управление, акционерное общество, инвестор, заинтересованные стороны, совет директоров, менеджмент, экономическая эффективность. Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv masalasi har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va investitsion jozibadorligi uchun muhim omilga aylangan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, korporativ boshqaruv tizimi kompaniyalarning samarali faoliyat yuritishini, aktsiyadorlar va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashni, shuningdek, korxonalarda ochiqlik va javobgarlikni mustahkamlashni ta’minlaydi. Korporativ boshqaruv mohiyatan kompaniya ichidagi boshqaruv mexanizmlari, direktorlar kengashi va aksiyadorlar o‘rtasidagi vakolatlar taqsimoti, nazorat va hisobdorlik tizimlaridan iboratdir. Har bir mamlakat bu tizimni o‘zining iqtisodiy tuzilmasi, huquqiy muhit va biznes madaniyatiga mos ravishda shakllantirgan. Shu sababli rivojlangan davlatlarda korporativ boshqaruvning turli modellari shakllangan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 306 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Anglo-sakson modeli (AQSh va Buyuk Britaniya tajribasi) Anglo-sakson modeli korporativ boshqaruvning eng keng tarqalgan shakllaridan biri bo‘lib, asosan AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlarda qo‘llaniladi. Ushbu modelda boshqaruvning asosiy maqsadi — aksiyadorlar qiymatini maksimallashtirish, ya’ni kompaniya foydasini oshirish orqali ularga yuqori daromad keltirishdir. Anglo-sakson tizimida direktorlar kengashi (Board of Directors) markaziy o‘rin tutadi. U kompaniya siyosatini belgilaydi, rahbariyat faoliyatini nazorat qiladi va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qiladi. Bu tizimda ochiqlik (transparency) va hisobdorlik (accountability) asosiy tamoyil hisoblanadi. Korporatsiyalar yirik investorlar, fond bozorlari va mustaqil auditorlik tizimlari orqali qat’iy nazoratda bo‘ladi. Mazkur modelning afzalligi — sarmoya oqimini erkin jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlarining raqobatbardoshligini oshirishdir. Ammo kamchiligi shundaki, qisqa muddatli foydaga intilish ba’zan kompaniyaning uzoq muddatli strategik manfaatlariga zarar yetkazadi. Kontinental (Yevropa) modeli Kontinental yoki german modeli asosan Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va Shveysariya kabi davlatlarda shakllangan. Bu modelda korporativ boshqaruv aksiyadorlar, xodimlar va davlat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Germaniyada ikki pog‘onali boshqaruv tizimi amal qiladi: nazorat kengashi (Aufsichtsrat) va ijrochi kengash (Vorstand). Nazorat kengashi strategik qarorlar qabul qiladi va ijrochi kengash faoliyatini baholaydi. Shu bilan birga, xodimlarning korporativ boshqaruvda ishtiroki kuchli — ular nazorat kengashida vakillik qilish huquqiga ega. Bu model uzoq muddatli barqarorlikni, ijtimoiy mas’uliyatni va manfaatdor tomonlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlasa-da, qaror qabul qilish jarayonining sekinligi va moslashuvchanlikning pastligi bilan farqlanadi. Yapon modeli Yaponiyada korporativ boshqaruv milliy mentalitet va ijtimoiy qadriyatlar asosida shakllangan bo‘lib, u “korporativ oila” tamoyiliga tayanadi. Bu tizimda kompaniya faqat aksiyadorlar emas, balki xodimlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldidagi mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga oladi. Yapon modelining asosiy xususiyati — keiretsu tizimi, ya’ni kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro investitsion aloqalar va hamkorlik mavjudligi. Shuningdek, “hayot uchun ish bilan ta’minlash” (lifetime employment) tamoyili mehnat barqarorligini ta’minlaydi. Yapon korporativ madaniyatida qarorlar jamoaviy tarzda qabul qilinadi, bu esa ichki muvozanatni mustahkamlaydi, biroq tezkor raqobat muhitida qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi. Gibrid model va xalqaro integratsiya tendensiyalari So‘nggi yillarda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda gibrid boshqaruv modellari shakllanmoqda. Masalan, Skandinaviya mamlakatlarida korporativ boshqaruv tizimi anglo- sakson modelining ochiqligi va Yevropa modelining ijtimoiy yo‘nalganligini o‘zida mujassam etgan. Xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon banki, OECD va IMF korporativ boshqaruv standartlarini ishlab chiqib, ularning asosida barcha mamlakatlarda yagona tamoyillarni joriy etishni tavsiya etmoqda. OECD (Organization for Economic Cooperation and Development) tomonidan ishlab chiqilgan “Korporativ boshqaruv tamoyillari” dunyo miqyosida asosiy yo‘riqnoma sifatida qabul qilingan. 307 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘zbekiston uchun ahamiyati va tatbi
Доказательный фрагмент
«В статье представлен научно-теоретический анализ моделей корпоративного управления, сложившихся в развитых странах, их особенностей, преимуществ и недостатков.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье представлен научно-теоретический анализ моделей корпоративного управления, сложившихся в развитых странах, их особенностей, преимуществ и недостатков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- corporate governance, joint-stock company, investor, stakeholders, board of, экономическая эффективность., корпоративное управление, совет директоров, board of directors, iqtisodiy samaradorlik., менеджмент, menejment, manfaatdor tomonlar, direktorlar kengashi, заинтересованные стороны, korporativ boshqaruv, инвестор, economic efficiency., aktsiyadorlik jamiyati, акционерное общество, management
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026