Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING TIZIMINING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Abduraxmonova Noila Nasim qizi
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
This article covers the content of the pedagogical conditions of the system for developing the intellectual skills of future primary school teachers, and broadly covers the content of pedagogical problems and their solutions. Also, examples of effective methodologies and technologies used in the process of developing the intellectual skills of future primary school teachers are presented. The conclusion and recommendations provide the necessary recommendations. Keywords: teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, educational effectiveness, student, teaching process, reproductive, algorithmic. Har qanday ta’lim texnologiyasi uzluksiz ta’limning qaysi bo‘g‘inida qo‘llanmasin, uning markazida ta’lim oluvchi shaxsi va uning qiziqishlari, ehtiyojlari ko‘zda tutilishi kerak. Shu qatori, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellekt ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini ham ma’lum bir tizimlashtirilgan tarzda tashkil etish zarur. Mazkur texnologiyadan maqsad, bo‘lajak pedagoglarda kasbiy salohiyatni o‘stirish, kasbiy faoliyat haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish orqali kasbiy sifatlarni yuzaga chiqarishdan iborat. 366 Oktabr, 2025-Yil Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishni takomillashtirish xususida Xalq ta’lim tizimini “2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan o‘quvchilarning subyektiv fikrlash, axborotlarni erkin izlash, ma’lumotlarni tahlil qilish malakalari hamda kompetentsiyalarini rivojlantirishga urg‘u bergan tarzda, zamonaviy innovatsion”, iqtisodiyot talablariga mos keluvchi dasturlar va yangi ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash uchun xalqaro doiradagi dasturlarda muntazam ishtirok etishga alohida urg‘u berilgan. O’zbek tilining izohli lug’atida mezon so’ziga quyidagicha izoh keltirilgan: "Mezon" so‘zi bir nechta ma’noda ishlatilishi mumkin, ammo umumiy ma’noda "tarozi, oʻlchov" va ,,taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza” degan ma’nolarni bildiradi. Ya’ni mezon - bu bir narsani baholash, taqqoslash yoki o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asosiy standart yoki ko‘rsatkich. Masalan, “biz "ta’lim sifatini baholash mezonlari" deganda, ta’lim sifatini baholash uchun qo‘llaniladigan asosiy standartlarni nazarda tutamiz. Bu standartlar ta’lim jarayonining turli jihatlarini, masalan, o‘quvchilarning bilim darajasi, o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv materiallarining sifati va h.k.ni”[7] o‘lchashga imkon beradi. Rossiyalik tadqiqotchi, pedagog L.Gil o’zining “Professional ta’lim o’qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini multimedia texnologiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasida baholash mezonlarining 4 ta turini keltirilgan: 1. Motivatsion-adaptiv. 2. Kognitiv-yo’naltiruvchi. 3. Innovatsion-izlanuvchi. 4. Integrativ-kreativ. Shuningdek, "intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mezonlari" deganda, metodikani takomillashtirish uchun qo‘llaniladigan asosiy standartlarni nazarda tutamiz”[5] –degan fikrlarni o‘zi izlanishlarida keltirib o‘tgan. Bu standartlar metodikaning samaradorligi, ilmiy asosligi, o‘quvchilarning rivojlanishiga ta’siri va boshqa omillarni baholashga imkon beradi. Bugungi kunda Respublikamizning “ta’lim tizimida har tomonlama yetuk va ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligini ta’minlash”[8] ehtiyoji yuzasidan keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, jumladan oliy ta’limga jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish, modernizatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi, yuqori talablarni qo‘ymoqda... »[2] Shuni o‘rinda quyidagi fikrlarni keltirmoqchimiz, “talabalarning intellektual salohiyati ularning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasi bo‘lib, ijodiy qobiliyatlarni, ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni, yangilik, o‘ziga xoslik va o‘ziga xoslik bo‘lgan intellektual mahsulotlarni yaratish zarurligini o‘z ichiga oladi. Ta’lim texnologiyalar bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalarni keltirishdan avval uning o‘quv jarayonidagi in’ikosiga oid nazariy ma’lumotlarni keltirib o‘tish joiz deb bildik. Zamonaviy texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini rivojlantirish, balki talabalarni intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘l keladi. 367 Oktabr, 2025-Yil So‘nggi yillarda oliy ta’lim jarayonida rivojlantiruvchi, muammoli, hamkorlikdagi, dasturli, blok modulli, shaxsga yo‘naltirilgan, o‘yinli va axborot texnologiyalar keng qo‘llab kelinmoqda”[5]. “Intellektuallik koeffitsiyenti (inglizcha: IQ — intelligence quotient, qisqartma nomi IQ) — odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish koʻrsatkichi, bilim saviyas
Доказательный фрагмент
«This article covers the content of the pedagogical conditions of the system for developing the intellectual skills of future primary school teachers, and broadly covers the content of pedagogical problems and their so…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the content of the pedagogical conditions of the system for developing the intellectual skills of future primary school teachers, and broadly covers the content of pedagogical problems and their so… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, o‘qituvchi, образовательная эффективность, talaba, учебный процесс, критерий, интеллект, intellekt, ta’lim samaradorligi, зарубежный опыт, dars jarayoni, алгоритмический., xorijiy tajriba, репродуктивный, algoritmik., teaching process, mezon, educational effectiveness, ученик, reproduktiv, модель, способности, dastur, программа, student, учитель, ko‘nikma, algorithmic., reproductive
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026