К содержанию
РецензированоRU2024

OILAVIY ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH VA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING HUQUQIY YONDASHUVI

INSPEKTORLARINING HUQUQIY YONDASHUVI · SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

В статье рассматривается роль инспекторов-превентивных инспекторов в обеспечении прав человека в семье и профилактике насилия. Анализируются виды насилия, его социальные последствия, система «охранных ордеров», а также важность взаимодействия органов местного самоуправления и государственных органов в профилактике правонарушений. Основное внимание уделяется профилактическим мерам и подходам инспекторов к защите женщин и детей. Ключевые слова: права человека, домашнее насилие, инспектор- превентивный инспектор, охранный ордер, права женщин, местное 92 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8 самоуправление, угнетение, преступность, правовая культура, общественная безопасность LEGAL APPROACH OF PREVENTIVE INSPECTORS TO PREVENTING DOMESTIC VIOLENCE AND PROTECTING HUMAN RIGHTS Annotation. The article examines the role of preventive inspectors in ensuring human rights in the family and preventing violence. The types of violence, its social consequences, the system of "protective orders", as well as the importance of interaction between local governments and state bodies in preventing offenses are analyzed. The main attention is paid to preventive measures and approaches of inspectors to protecting women and children. Key words: human rights, domestic violence, preventive inspector, protective order, women's rights, local government, oppression, crime, legal culture, public safety Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro‘yxati va mazmuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hujjat odatda dunyoning vijdoni, insoniyat ma’naviyatining etaloni deb nomlanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yokiboshqa holatidan qat’iy nazar har bir insonning ehtiyojlarsiz va o‘z shaxsiy dahlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so‘z va e’tiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikka bo‘lgan huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qo‘shilgan birinchi xalqaro huquqiy hujjat bu — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi edi. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonning inson huquqlarini rivojlantirish, himoya etish va kafolatlash bo‘yicha xaqiqiy maqsadlarini bildiradi. Inson hayotga bir marotaba keladi, baxtli yashashni istaydi va uning bunga to‘la haqqi bor. Xalqimizning huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaridan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu. Oila - mo‘jaz Vatan, demak, farzandlarimiz bu muqaddas makonda o‘sib-ulg‘ayishi, ilm cho‘qqilarini egallashi, har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib tarbiyalanishi lozim. 93 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8 Bunday farzandlar har qanday vaziyatda ham ahdpaymonida qat’iy turadi, el-yurt farovonligi yo‘lida sadoqat bilan mehnat qiladi. Modomiki, farzandlarimiz yetuk insonlar bo‘lishini istar ekanmiz, ular namunali oilada kamol topishi haqida qayg‘urishimiz ayni zaruratdir. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l- yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Nega ayrim oilalarda mehr-oqibat, hamjihatlik yo‘qolib, o‘zaro munosabatlarga manfaat, ta’ma qo‘shilayotir? Nega o‘z bolasining tarbiyasiga loqayd ota-onalar ko‘payib borayotganiga indamay qarab turibmiz?! Axir, Vatan kelajagi - farzandlar tarbiyasi, kamoliga bog‘liq emasmi? Bizda azaldan ota adolatli fikri, haq so‘zi, ibrati bilan oilaning ustuni, vijdoni bo‘lib kelgan. Bejiz xalqimiz “Ota rozi — xudo rozi” demagan. Bugun ayrim oilalarda otalar o‘rni, hikmati sezilmayapti. Oilaviy munosabatlarda ma’naviy-axloqiy muvozanatning buzilayotgani, oilaviy ajrashishlar, jinoyatlar, mulkiy mojarolar ko‘payib borayotgani hammamizni tashvishlantiradi. Mahallalar va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli illatlarga barham berish, oilaviy ajrashishlar va jinoyatchilikning oldini olish va boshqa dolzarb masalalarda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Notanish odamlar janjalidan ko‘ra qarindoshlar orasidagi kelishmovchiliklarda hissiyotning o‘rni ko‘p bo‘lgani bois, oqibati ham og‘ir bo‘lishi mumkin. Er-xotinlar o‘rtasidagi nizo jiddiylashganda o‘zaro yoki qarind

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается роль инспекторов-превентивных инспекторов в обеспечении прав человека в семье и профилактике насилия.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается роль инспекторов-превентивных инспекторов в обеспечении прав человека в семье и профилактике насилия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
human rights, domestic violence, preventive inspector, protective order, tazyiq, huquqiy madaniyat, ayollar huquqi, profilaktika inspektori, mahalla, jamiyat xavfsizligi, jinoyatchilik, inson huquqlari, oilaviy zo‘ravonlik, himoya orderi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники