Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON RESURSLARINI SHAKLLANTIRISHDA BOSHQARISHNING TUTGAN OʻRNI VA STRATEGIYASI
OʻRNI VA STRATEGIYASI · Akbarova Gulnoza Saminovna
Современная наука и исследования · 4 · 238- 242 · 2025
Аннотация
This article provides a scientific analysis of the role of management and effective strategies in the process of developing human resources. In todayʼs labor market, human capital is emerging as one of the key factors of socio-economic development. In this regard, special attention is paid to the development of personnel potential, their retraining and professional development, the introduction of effective motivation systems, as well as the use of innovative management mechanisms. The article highlights the pedagogical and organizational aspects of human resource management and substantiates the relevance of integrating them with national development programs through a strategic approach. Keywords: human resources, management strategy, human capital, personnel potential, motivation, retraining, professional development, innovative management, socio-economic development. Bugungi kunda iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish inson resurslaridan samarali foydalanishni talab qiladi. Inson resurslarini boshqarish bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy fanlar va taʼlimda eng dolzarb hamda yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining samarali joriy etilishi birinchi navbatda inson resurslaridan samarali foydalanishga bogʻliq. Biz uchun faqat bitta ustuvorlik –inson manfaatlari ustuvorligi muhim ahamiyatga ega, mehnatga haq toʻlash darajasi va aholi daromadlarini keskin oshirish, mamlakatda isteʼmol bozorini ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish uchun ishonchli baza yaratilmoqda. Inson resurslarini boshqarishda ish oʻrinlarini tahlil qilish va loyihalash, rejalashtirish, potensial xodimlarni jalb etish, munosiblarini oʻqitish va rivojlantirish, faoliyat natijalarini baholash, mehnatiga koʻra mukofotlash va nihoyat ijobiy mehnat muhitini shakllantirish kabi samarali boshqaruv va HR sohasiga asos soluvchi koʻnikmalar oʻzlashtiriladi. 4 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Rejali boshqaruv amaliyotida “personalni boshqarish” tushunchasi yoʻq edi. Lekin har bir tashkilotning boshqaruv tizimi kadrlarni va jamoani ijtimoiy rivojlantirishni boshqarishning funksional kichik tizimiga ega edi.Asosiy tarkibiy boʻlinma kadrlar boʻlimi boʻlib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va boʻshatish, shuningdek kadrlarni oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy–psixologik diagnostika; guruhlarda oʻzaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan taʼminlash; bandlikni boshqarish; boʻsh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni baholash va xodimlarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va ijtimoiy psixologik moslashuvi (koʻnikishi); mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnat–huquqiy munosabatlar masalalari; mehnat psixofizologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasidan iboratdir. Agar maʼmuriy–buyruqbozlik tizimi sharoitida bu vazifalar ikkinchi darajali vazifalar deb qaralgan boʻlsa, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida ular birinchi oʻringa chiqarildi va ularni hal qilishdan har bir korxona manfaatdordir. Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot personalini boshqarish konsepsiyasi asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yoʻl–yoʻriqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi, korxona va tashkilotlar oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yoʻnaltira bilishi tashkil etadi. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda roʻy berayotgan oʻzgarishlar har bir shaxs uchun, uning yashashining barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tugʻdirish bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tugʻdiradi, amalda har bir kishining hayotiga maʼlum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish alohida ahamiyatga egadir, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun bir majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham maʼnaviyat va qadriyatlarning ustivorligiga butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur boʻladi. Korxona va tashkilot ichidagi asosiy jihat–xodimdir, tashkilotdan tashqarida esa–mahsulot isteʼmolchilaridir. Moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni boshqarish har qanday tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir. Biroq oʻzining taʼriflariga koʻra odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan jiddiy ravishda farq qiladi, binobarin, boshqarishning alohida usullarini talab etadi. Birinchidan, odamlar aql–idrokka ega boʻlib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga) reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiy –oʻylangan, anglab etilgan reaksiya
Доказательный фрагмент
«This article provides a scientific analysis of the role of management and effective strategies in the process of developing human resources.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a scientific analysis of the role of management and effective strategies in the process of developing human resources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- human resources, management strategy, human capital, personnel potential, inson kapitali, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot., innovatsion boshqaruv, malaka oshirish, inson resurslari, kadrlar salohiyati, motivatsiya, qayta tayyorlash, boshqaruv strategiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026