Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI HISOBGA OLISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nahalboyev Lazizjon Bazarovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va hisoblash tizimining oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish, xarajatlarni tahlil qilish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun hisob tizimlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish jarayonlarini hisobga olishni takomillashtirish orqali korxona foydasini oshirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Shu bilan birga oʻz oʻrnida korxonaning iqtisodiy rivojlanishiga imkon beradi. Kalit soʻzlar: Ishlab chiqarish hisobi, xarajatlarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish, monitoring qilish, xarajatlarni tahlil qilish, resurslar, xarajatlarning nazorat qilish jarayonlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarish korxonasi yoki tadbirkor yuqori foyda olish va uni koʻpaytirishni maqsad qiladi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti yoki koʻrsatayotgan xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bogʻliq boʻladi. Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berib, foyda olishga boʻlgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-harajatlar darajasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonlari har bir tashkilotning asosiy faoliyatini belgilovchi muhim komponent hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni samarali boshqarish va nazorat qilish, xarajatlarni tahlil qilish va resurslardan optimal foydalanishni ta’minlash uchun hisob tizimlari ajralmas vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash, balki tashkilotning umumiy samaradorligini oshirishga ham yordam beradi. Ishlab chiqarish jarayoni deganda ishchi kuchi va mehnat vositalari yordamida mehnat predmetlaridan yangi mahsulotlar yaratish tushuniladi. Ushbu jarayon o’z ichiga turli texnologik operatsiyalarni oladi, bu operatsiyalarni bajarish esa turli harajatlarni amalga oshirishni ta‘qoza etadi. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi bo’lib tayyor mahsulot hisoblanadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan moddiy harajatlar, mehnatga xaq to’lash harajatlari, ishlab chiqarish vositalarining amortizatsiya harajatlari va boshqa ushbu jarayonga tegishli harajatlar ishlab chiqarish harajatlarini, yaratilgan mahsulot qiymatiga kiritilgan harajatlar esa tayyor mahsulotning tannarxini tashkil qiladi. Shuni ta‘kidlash joizki korxona tomonidan bajarilgan ishlar, masalan qurilish-montaj ishlari, ko’rsatilgan xizmatlar, masalan turistlarga ko’rsatilgan yotoqxona va boshqa xizmatlar yoki auditorlik xizmati ham ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Bunday ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo’lib bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat xajmi hisoblanadi, ularga sarflangan harajatlar bajarilgan ish yoki xizmatning tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schotlar to‘g‘risida qisqacha tavsif berib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni tanishtirib chiqamiz. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidan tayyor mahsulotlar olinadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni biznes-reja va shartnoma- kontraktatsiya asosida amalga oshirilib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi va reja tannarxi belgilanadi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar 4 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si aks ettiriladi hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob kitob qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonlarini hisobga olishning normativ, buyurtmali, jarayonli va aralash usullari mavjud. Normativ usul - Bu usulda ishlab chiqarish resurslari uchun belgilangan normalar asosida hisob yuritiladi. Misol uchun, 1 tonna sement ishlab chiqarish uchun qancha xomashyo, elektr energiya va ishchi kuchi sarflanishi oldindan belgilanadi. Amaldagi sarflar me’yorlar bilan taqqoslanib, farq aniqlanadi. Buyurtma (zakaz) usuli – bu usulda alohida buyurtma asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Masalan, mebel sexida mijoz buyurtmasiga qarab stol yoki shkaf tayyorlansa, barcha xarajatlar aynan shu buyurtmaga yoziladi. Jarayon (protsess) usuli – bu usulda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida (masalan, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoatida) xarajatlar ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha taqsimlanadi. Masalan, paxta-to‘qimachilik kombinatida – avval ip yigirish, keyin mato to‘qish, oxirida tayyor kiyim tikish bosqichlari bo‘yicha hisob yuritiladi. Aralash usuli – bu usulda ba’zi hollarda yuqoridagi usullar birgalikda qo‘llaniladi. Masalan, avtomobil zavodida – asosiy detallar ishlab chiqarishda jarayon usuli, yakuniy yig‘ishda esa buyurtma usuli ishlatilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: natural va pul ifodasida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini aniqlash. Bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori kabi, ular ayrim turlarining ham miqdori aniqlanadi; ishl
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va hisoblash tizimining oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va hisoblash tizimining oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ishlab chiqarish hisobi, xarajatlarni boshqarish, monitoring qilish, xarajatlarni kamaytirish, xarajatlarni tahlil qilish, resurslar, xarajatlarning nazorat qilish jarayonlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026