К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEKISTON UZUMCHILIK TARMOGʻI: IQTISODIY AHAMIYATI, HUDUDIY DINAMIKASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Tursunov Toʻlqin Joʻraqulovich

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

The article analyzes the economic significance, regional development, and key factors affecting viticulture in Uzbekistan. Intensive agricultural technologies, high-yield varieties, and infrastructure development have contributed to overall growth, while climate and water supply challenges in certain regions have led to fluctuations in crop volumes. To ensure sustainable development, it is recommended to introduce water-saving technologies, climate-resilient varieties, and enhance export competitiveness. 50 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Keywords: viticulture, agrotechnology, regional development, water resources, export, agriculture, processing infrastructure, agro-industrial cluster, competitiveness. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida uzumchilik tarmogʻi strategik ahamiyat kasb etadigan yoʻnalishlardan biri sifatida mamlakatning agrar sektorida iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim oʻrin egallaydi. Bu sohada amalga oshirilayotgan faoliyat nafaqat ichki isteʼmol bozorini yuqori sifatli uzum va uzum mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi, balki qayta ishlash sanoati, transport-logistika xizmatlari va turizm kabi qoʻshimcha tarmoqlarning rivojlanishiga ham turtki beradi. Shu bilan birga, uzumchilik Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida ham alohida ahamiyatga ega boʻlib, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksport mahsulotlari qatorida namoyon boʻladi. 2018–2024-yillar davomida respublika miqyosida uzum yetishtirish hajmlarida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilgan. Umumiy tendensiya ijobiy boʻlib, bu jarayonda bir qator iqtisodiy va agrotexnika omillari hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan: yangi va hosildor navlarni joriy etish, sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek agrar sohada investitsiya faolligining oshishi. Hududlar kesimida hosil hajmlarining dinamikasi bir xil emas. Masalan, ayrim viloyatlarda yuqori oʻsish surʼatlari qayd etilgan boʻlsa-da, boshqa hududlarda iqlim oʻzgarishi, suv resurslari tanqisligi, mehnat resurslari yetishmasligi yoki agrotexnika talablariga rioya etilmasligi natijasida hosil hajmi barqaror oʻzgarmas holatda qolgan yoki pasaygan. Shu sababli, 2018–2024-yillarda uzumchilikning rivojlanishi nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki hududiy taraqqiyot, resurslardan samarali foydalanish va agrosanoat klasterlarini shakllantirish nuqtayi nazaridan ham tahlil qilinishi lozim. Bu esa tarmoqning barqaror oʻsishini taʼminlash va xalqaro raqobatbardoshligini oshirish uchun ilmiy asoslangan siyosat va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish zarurligini anglatadi. Buni biz quyidagi 1- jadval maʼlumotlaridan ham koʻrishimiz mumkin. 1-jadval Oʻzbekistonda 2018–2024-yillarda uzum hosili dinamikasi (ming tonna) 2024-yilda 2018-yilga Yillar № Xududlar nisbatan oʻzgarishi 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 % +/ - Qoraqalpogʻiston 1 7,3 8,9 10,2 11,0 11,5 11,6 14,4 197,3 7,1 Respublikasi 51 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference 2 Andijon 76,8 77,6 88,2 80,9 81,7 82,2 83,8 109,1 7 3 Buxoro 191 202,2 208,3 205,5 218,7 221,4 232,4 121,7 41,4 4 Jizzax 30,5 28,8 28,0 29,8 30,3 29,8 33 108,2 2,5 5 Qashqadaryo 92,2 96,6 93,8 100,6 105,2 110 112,7 122,2 20,5 6 Navoiy 76,9 77,7 78,9 85,2 90,3 85,6 90,6 117,8 13,7 7 Namangan 107,8 121 130,9 137,2 142,2 151,7 160,8 149,2 53 8 Samarqand 562,7 564,3 555,0 601,9 625,4 639,2 666,1 118,4 103,4 9 Surxondaryo 102,4 94,8 95,5 102,6 104,9 74,5 91,1 89,0 -11,3 10 Sirdaryo 13,7 12,2 13,1 14,0 14,4 14,8 15,5 113,1 1,8 11 Toshkent 118,7 102 115,3 100,6 103,4 87,8 84,5 71,2 -34,2 12 Fargʻona 145,5 165,9 177,0 179,2 184 179,1 189,4 130,2 43,9 13 Xorazm 39 43,2 45,0 46,6 48,6 49,9 51,5 132,1 12,5 Respublika boʻyicha 1564,5 1595,2 1639,2 1695,1 1760,6 1737,6 1825,8 116,7 261,3 jami: Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2018-2024-yilgi hisobot maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi. Agar 1-jadval maʼlumotlariga nazar tashlansa, 2018–2024-yillar davomida Oʻzbekistonda uzum yetishtirish sohasida umumiy oʻsish tendensiyasi kuzatilgani koʻrinadi. Jumladan, respublika miqyosida hosil hajmi 1 564,5 ming tonnadәn 1 825,8 ming tonnagacha oshgan. Bu koʻrsatkich 7 yil davomida 261,3 ming tonna yoki 16,7 foizlik mutlaq oʻsishni anglatadi. Bunday ijobiy natija koʻp omilli jarayon boʻlib, u iqtisodiy, agrotexnika va tashkiliy islohotlarning uygʻun taʼsiri natijasida shakllangan. Birinchi navbatda, rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida intensiv agrotexnologiyalarning keng joriy etilishi qayd etiladi. Tomchilatib sugʻorish tizimlarini qoʻllash, mexanizatsiya darajasini oshirish, hosildorlikni koʻtaruvchi agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish hamda avtomatlashtirilgan suv taqsimot tizimlaridan foydalanish fermer xoʻjaliklariga hosil sifatini va hajmini oshirish imkonini berdi. Shu bilan birga, yangi va yuqori hosildor navlarning keng miqyosda

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the economic significance, regional development, and key factors affecting viticulture in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the economic significance, regional development, and key factors affecting viticulture in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
viticulture, agrotechnology, regional development, water, qishloq xoʻjaligi, eksport, suv resurslari, hududiy rivojlanish, agrosanoat klasteri, agrotexnologiya, Uzumchilik, qayta ishlash infratuzilmasi, raqobatbardoshlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники