Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLA BUDJETI DAROMADLARI MANBAINI KENGAYTIRISH VA UNING SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRISH MASALALARI
Fayziev Farrux Abdullaxojaevich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 113-119 · 2026
Аннотация
В целях дальнейшего совершенствования поддержки махаллей, эффективной организации деятельности лиц, ответственных за районную работу и обеспечению их сотрудничества, создания необходимых условий для реализации деятельности органов самоуправления граждан, оказанию помощи при реализации своих полномочий, установленных законодательством, вносятся соответствующие предложения и разрабатываются рекомендации. Ключевые слова: Органы самоуправления граждан, повышение финансовых возможностей махаллей, бюджетные средства, выделяемые малоимущим семьям, современные информационно-коммуникационные технологии. Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi belgilangan1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etildi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi o‘zining faoliyatida mahallalarni qo‘llab- quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish vazifasi yuklatildi2. Farmonga ko‘ra uyushmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T: «O‘zbekiston», 2023. - 127 m. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmoni. www.wsrjournal.com 5 2 Volume-26_Issue-3_April -2024 World scientific research journal mahallaning xalq bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga ko‘maklashish; mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini ta’minlash; har bir fuqaro o‘zi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini ta’minlashda mas’uliyatni sezishi, boqimandalikka o‘rganmaslik hissini yanada kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish; fuqarolarni o‘z uyi va ko‘chasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf- odatlarni hurmat qilishga chaqirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlarda mahallaning o‘rnini kuchaytirish, aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini ko‘rish; «mahalla yettiligi» tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishda ko‘maklashish; mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish; mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari va boshqa mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishini ta’minlash; mahallalarning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablag‘larni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; mahalla mas’ullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari shakllanishiga ko‘maklashish. Soliq inspektori tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetining daromadini shakllantirishga mas’ul bo‘ladi3. 1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, mahallalarda soliq organlari faoliyati natijalari soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil mart oyida 9443 ta mahallaga 4374 nafar soliq xodimi biriktirildi. Rasm ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, 95 ball olgan xodimlar soni 287 nafarni tashkil etgan, 90-95 ball olganlar 911 nafarni, 70-90 ballgacha bo‘lganlar 2580 nafarni tashkil etgan. Eng past ball olgan xodimlar soni 239 nafarni tashkil etgan. Bundan xulosa qilish mumkinki soliq organlari xodimlari mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari samaradorligi 90 ballgacha bo‘lganlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi. 3 https://t.me/soliqnews. www.wsrjournal.com 5 3 Volume-26_Issue-3_April -2024 World scientific research journal 1-Rasm. Mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlarining 2024-yil mart oyi yakunlari samaradorlik ko‘rsatkichlari4. Shuningdek, soliq organlarining 21 ta yo‘nalishdagi asosiy vazifalari belgilab berildi. Soliq organlarining mahalladagi faoliyatini baholash uchun «Mahallalarda soliq organlari faoliyati» axborot tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim mahallalardagi bevosita har bir soliq to‘lovc
Доказательный фрагмент
«В целях дальнейшего совершенствования поддержки махаллей, эффективной организации деятельности лиц, ответственных за районную работу и обеспечению их сотрудничества, создания необходимых условий для реализации деятель…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ целях дальнейшего совершенствования поддержки махаллей, эффективной организации деятельности лиц, ответственных за районную работу и обеспечению их сотрудничества, создания необходимых условий для реализации деятель… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Органы самоуправления граждан, повышение, soliq, mahalliy budjet, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar., kambag‘al oilalarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, Kalit so‘zlar: Мahalla
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026