К содержанию
РецензированоUZ2025

JADID ADABIYOTI: YANGI DUNYOQARASH VA PEDAGOGIK YONDASHUV

Qurbonboyeva Mohidil

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada jadid adabiyotining yangi dunyoqarash shakllanishidagi o‘rni, milliy uyg‘onish davri yozuvchilari tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar hamda ularning o‘quvchilarga tarbiyaviy va estetik ta’siri yoritiladi. Jadid adiblarining pedagogik qarashlari, adabiyotga olib kirgan yangi mavzular, uslublar va ma’rifiy ruh tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi ta’limda jadid adabiy merosidan foydalanishning metodik yo‘llari ko‘rib chiqilib, ularning yosh avlodtafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: Jadid adabiyoti, ma’rifatchilik, yangi dunyoqarash, pedagogik yondashuv, jadid adiblar, milliy uyg‘onish, badiiy tahlil, estetik tarbiya, ta’limda jadid merosi, o‘quvchi tafakkuri, adabiy-ma’naviy qadriyatlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida vujudga kelgan jadidchilik harakati nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki madaniy-ma’naviy va adabiy hayotda ham chuqur iz qoldirdi. Jadid adiblarining asarlari orqali xalq ongida yangi dunyoqarash, erkin fikr, ilm-fanga intilish, adolatparvarlik, Vatanga muhabbat kabi tushunchalar shakllanaboshladi. Jadid adabiyoti – bu faqatgina badiiy ijod emas, balki xalqni uyg‘otish, millatni ilm va tafakkurga yetaklash harakati edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon kabi adiblar o‘z asarlari orqali xalqni o‘zligini anglashga, jaholatdan vozkechib, ilmva ma’rifatga intilishga undadilar. Ularning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jadid adabiyotining asosiy maqsadi – xalqni jaholatdan qutqarish, ta’lim orqali ma’naviy yuksaltirish bo‘lgan. Shuning uchun bu adabiy merosni faqat tarixiy manba emas, balki bugungi yoshlarni tarbiyalashda qo‘llanishi lozimbo‘lgan pedagogik resurs sifatida baholash zarur. Shu bois, mazkur maqolada jadid adabiyotining asosiy tamoyillari, uning yosh avlod tafakkuriga ta’siri, ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari va metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Bu yondashuv orqali jadid adabiyoti nafaqat o‘quvchi bilimini, balki ma’naviy-axloqiy dunyosini ham boyitish vositasi sifatidako‘rib chiqiladi. Mazkur tadqiqotda tahliliy-tavsifiy, tarixiy-qiyosiy, pedagogik kuzatuv va badiiy matn tahlili uslublari asosida jadid adabiyotining mazmun-mohiyati, pedagogik g‘oyalari va ularning ta’lim jarayonidagi qo‘llanilishi o‘rganildi. Ushbu maqola yozilishida quyidagi metodik yondashuvlarga asoslanildi: Jadid adiblarining asarlarini tematik tahlil qilish – Behbudiy, Fitrat, Avloniy, Cho‘lpon, Munavvarqori singari yozuvchilarning adabiy va publitsistik merosi orqali ma’rifiy va tarbiyaviy g‘oyalar aniqlab olindi. Tarixiy-madaniy kontekstda yondashuv – Jadid adabiyotining ijtimoiy tarixiy sharoitda 58 shakllanganligi, unga sabab bo‘lgan ijtimoiy omillar (jaholat, savodsizlik, milliy ezilish) o‘rganildi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Ta’lim jarayonida qo‘llash tajribasi – adabiyot darslarida jadid asarlarini o‘rganish bo‘yicha mavjud dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar tahlil qilindi, darslarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan interfaol usullarbaholandi. Didaktik tahlil – jadid asarlarining o‘quvchilarda dunyoqarash, fuqarolik ong va ma’naviy immunitetnishakllantirishga xizmat qiluvchipedagogik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot vatahlillarnatijasidaquyidagi muhimxulosalarga kelindi: 1. Jadid adabiyoti – bu yangi tafakkur va erkin fikr g‘oyalarining badiiy timsolidir. U millatning o‘zligini anglash, ma’naviy uyg‘onishi, ta’limga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishda muhimrol o‘ynagan. 2. Jadid adiblarining pedagogik qarashlari zamonaviy ta’lim konsepsiyalari bilan uyg‘unlashadi. Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”, Fitratning “Oqilli bolalar”, o Behbudiyning “Padarkush” kabi asarlari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida amaliy vosita sifatidaishlatilishi mumkin. 3. Ta’limda jadid merosidan foydalanish – o‘quvchilarning milliy ongini, ijtimoiy faolligini, ma’naviy qarashlarini shakllantirishdasamarali vositabo‘lib xizmat qiladi. 4. Badiiy matn asosida tarbiyalash yondashuvi jadid adabiyotida o‘zining eng yuksak ifodasinitopgan. Jadid adabiyoti shunchaki o‘qish uchun yozilgan matn emas, balki har bir satrida o xalqningog‘irtaqdiriga, uning farovon kelajagiga bo‘lgandaxldorlik ifodalangan. 5. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy faollik, muloqot madaniyati va badiiy-estetik tafakkurni rivojlantirishdajadid asarlari asosidatashkil etilgan darslar yuqori samara beradi. Jadid adabiyoti — bu o‘zbek milliy tafakkurida tub burilish yasagan, xalqni ilm-ma’rifat, tafakkur va taraqqiyot sari yetaklagan madaniy uyg‘onish harakatidir. Jadid adiblar o‘z asarlari orqali zamondoshlarini ilm olishga, o‘zligini anglashga, jaholat va zo‘ravonlikka qarshi ma’naviy kurashga chorladilar. Ularning asarlaridagi ma’rif

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jadid adabiyotining yangi dunyoqarash shakllanishidagi o‘rni, milliy uyg‘onish davri yozuvchilari tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar hamda ularning o‘quvchilarga tarbiyaviy va estetik ta’siri yor…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jadid adabiyotining yangi dunyoqarash shakllanishidagi o‘rni, milliy uyg‘onish davri yozuvchilari tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar hamda ularning o‘quvchilarga tarbiyaviy va estetik ta’siri yor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid adabiyoti, ma’rifatchilik, badiiy tahlil, pedagogik yondashuv, o‘quvchi tafakkuri, ta’limda jadid merosi, jadid adiblar, milliy uyg‘onish, estetik tarbiya, adabiy-ma’naviy qadriyatlar, yangi dunyoqarash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники