Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANOATNING HUDUDIY RIVOJLANISHI VA BARQAROR IQTISODIY TARAQQIYOT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK.
TARAQQIYOTO‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK. · ShukurovUlugʻbek Shokirovich
Международный научный журнал · 1 · 915–920 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va sanoatning tarmoqlararo muvozanatini oshirish orqali viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda hududiy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda sanoat tarmoqlari o‘rtasida innovatsion hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada sanoatning hududiy tarkibini optimallashtirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni hal qilish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: hudud, barqaror iqtisodiy rivojlanish, hududiy sanoat tarkibi, sanoat diversifikatsiyasi, innovatsion hamkorlik, tabiiy resurslardan foydalanish, sanoat infratuzilmasi. aholi bandligi Annotation. This article analyzes the issues of improving the regional structure of industry to ensure the sustainable economic development of the Kashkadarya region. The article highlights ways to enhance the region's economic potential by diversifying the local economy and increasing intersectoral balance in the industrial sector. The study focuses on developing regional industrial infrastructure, effectively utilizing available natural resources, introducing modern technologies, and strengthening innovative collaboration between industrial sectors. Additionally, the article provides practical recommendations for optimizing the regional structure of the industry to ensure employment, address socio-economic challenges, and increaseexport potential. The results of theresearch serve as a scientificbasis forforming a long-term sustainable development strategy forthe region. Keywords: Region, Sustainable economic development, regional industrial structur, industrial diversification,innovative collaboration,utilization of natural resources, industrial infrastructure, Employment of thepopulation. Kirish. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoat tarmoqlarining joylashuvi va ularning samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyati sezilarli darajada ortadi. Qashqadaryo viloyati o‘zining tabiiy resurslari, mehnat salohiyati va strategik geografik joylashuvi bilan sanoat rivojlanishining muhim hududi sifatida ajralib turadi. Ammo bu imkoniyatlar hududlar bo‘yicha notekis taqsimlangani viloyat ichida iqtisodiy nomutanosibliklarga olib kelmoqda. Shu sababli ushbu maqolada viloyat sanoatining hududiy rivojlanish holati tahlil qilinib, uning barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanadi. Mintaqada ishlab chiqarishni joylashtirishda uning hududiy tarkibi, tabiiy-geografik sharoiti va aholi joylashuvi birlamchi omillar qatoriga kiradi. Jumladan, hudud aholisi undagi mehnat resurslarini shakllantirsa, tabiiy-geografik sharoti esa hududda iqtisodiy faoliyatning ma’lum turlarining rivojlanishi va uning ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, mazkur jihatlarni tahlil qilish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadiga xizmat qiladi. Metodologiya.Tadqiqotda Qashqadaryo viloyatining 2020–2024-yillar oralig‘idagi 9 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI statistik ko‘rsatkichlari asosida hududlar bo‘yicha sanoat ulushi, o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Tahlil usuli sifatida hududiy taqqoslash, dinamik tahlil va o‘sish koeffitsiyentlari asosida solishtirma baholashdan foydalanildi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va viloyat hokimligining ochiq manbalaridan olindi. Shuningdek, sanoatning hududiy diversifikatsiyasi, aglomeratsiya samaralari va infratuzilma omillari nazariy asos sifatida kiritildi.Qashqadaryo viloyati hududi 28,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, 2 ta shahar va 14 ta tumanni o‘z ichiga oladi. 2022 yilga qadar viloyatda 13 ta tuman mavjud bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil 2 martdagi 1901-IV-son hamda Oliy Majlis Senatining 2022 yil 17 martdagi SQ-503- IV-son “Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari bilan Ko‘kdala tumaninitashkil etildi[1]. Yer maydoni jihatidan eng yirik hududlar Dehqonobod (14,0 foiz), Muborak (11,2 foiz), Nishon (10,7 foiz), G‘uzor (9,3 foiz) va Qamashi (9,3 foiz) tumanlari sanaladi.Ko‘rinib turibdiki, hajm ko‘rsatkichlari o‘sishsur’atlariga mos kelmayapti. Buning sababi Muborak tumanidagi 5 ta yirik sanoat korxonal
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Region, Sustainable economic development, regional industrial structur, sanoat diversifikatsiyasi, tabiiy resurslardan foydalanish, barqaror iqtisodiy rivojlanish, innovatsion hamkorlik, hududiy sanoat tarkibi, hudud, sanoat infratuzilmasi. aholi bandligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945