Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ORGANIK BOG‘LOVCHI MATERIALLAR VA ULARDAN YO‘L QURILISHIDA FOYDALANISH
QURILISHIDA FOYDALANISH · talabasi D.X Abdullayeva
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada organik bog‘lovchi materiallar — xususan, bitum va qatronlarning turlari, ularning fizik-mexanik xossalari hamda yo‘l qurilishida qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu materiallarning asfaltobeton aralashmalardagi roli, ularning haroratga chidamliligi, yopishqoqligi va uzoq muddat xizmat qilishi kabi omillar o‘rganiladi. Kalit so'zlar:Organik bog‘lovchilar, bitum, qatron, asfaltobeton, yo‘l qurilishi, yopishqoqlik, haroratga chidamlilik, qoplama sifati, qurilish materiallari. ANNOTATION This article analyzes organic binding materials — particularly types of bitumen and resin, their physical and mechanical properties, and their applications in road construction. It explores the role of these materials in asphalt concrete mixtures, including factors such as temperature resistance, viscosity, and long- term durability. Key words: Organic binders, bitumen, resin, asphalt concrete, road construction, viscosity, temperature resistance, pavement quality, construction Kirish. Yo‘l qurilishida organik bog‘lovchi materiallar asosan yo‘l qoplamalarini tayyorlashda ishlatiladi. Ular yo‘l qatlamlarini bir-biriga mustahkam bog‘lab, suv va harorat ta’siridan himoya qilishga xizmat qiladi. Yo‘l qurilishida ishlatiladigan organik bog‘lovchi materiallardan biri – bitum. Bitum – neftni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan yarim suyuq yoki qattiq, qora, yopishqoq moddadir. Har xil haroratlarda o‘z xossasini o‘zgartiradi; issiqda yumshaydi, sovuqda qattiqlashadi. GOST- 2224590 bo‘yicha bitum markalari: BND 40/60, 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 232 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari BND 60/90, BND 90/130, BND 130/200, BND 200/300. Avtomobil yo'llarining konstruktiv qatlamlarini qurishda nafaqat neftdan olinadigan bitumlar, balki uning o'rnini bosa oladigan quyidagi organik bog'lovchilarni ham ishlatsa bo'ladi: tabiiy va bitumli jinslar — qattiq yonuvchan jinslar — ko'mir va slaneslar; sanoat ishlab chiqarishidan qoladigan ikkilamchi moddalar — koks kabi sanoat chiqindilari. Dunyoda qayta ishlanadigan neft mahsulotlarining 2—3 % i bitumli bog'lovchilar ishlab chiqarishga sarflanadi. Respublikamiz neft sanoati bitumli bog'lovchilarga bo'lgan ehtiyojini to‘la qondirmoqda. Ammo kelajakda yo‘l qurilishida ishlatiladigan bitum o'rniga xossalari bo'yicha davlat standartlariga javob bera oladigan boshqa bog'lovchilarni izlash va ishlatish kerak bo'ladi. Organik bog'lovchilaming afzalligi u tosh ashyolari bilan yaxshi yopishadi, ularning sirtida nam va zararli muhitlarga chidamli parda hosil qiladi, xohlagan quyuqlikda tayyorlab, ashyo yuzasiga surtish yoki shimdirish mumkin. Bog'lovchi sifatida mayda va yirik to'ldirgichlarni o'zaro yopishtiradi va yaxlit, zararli muhitga chidamli buyum hosil qiladi. Organik bog'lovchi moddalar nafaqat yo'l qurilishida, balki sanoat korxona maydonlari, yo'lka qurilishlarida, tombop va gidroizolatsiya ashyolari ishlab chiqarishda hamda radioaktiv nurlardan saqlanishda keng ishlatiladi. Rcspublikamizda ishlatilayotgan bitumlarni 60—70% yo'l qurilishiga, 20—24% umumiy qurilishga, 5—7% tom yopish ishlariga, 1—2 % maxsus ishlarga sarflanadi. Organik bog'lovchilaming afzalligi u tosh ashyolari bilan yaxshi yopishadi, ularning sirtida nam va zararli muhitlarga chidamli parda hosil qiladi, xohlagan quyuqlikda tayyorlab, ashyo yuzasiga surtish yoki shimdirish mumkin. Bog'lovchi sifatida mayda va yirik to'ldirgichlarni o'zaro yopishtiradi va yaxlit, zararli muhitga chidamli buyum hosil qiladi. Xossalari, kimyoviy tarkibi va ishlab chiqarish tcxnologiyasiga ko'ra organik bog'lovchi moddalarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: — tabiiy, neftli, slanes bitum bog'lovchilari; ular naften, a r o m a t i k va metan qatorli uglevodorodlardan tashkil topgan bo'lib, kislorod, oltingugurt va azotli moddalar birikishidan hosil bo'lgan; 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 233 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari — toshko'mir, torf, yog'och qatronli bog'lovchilar asosan aromatik uglevodorodlardan tashkil topgan. Organik bog'lovchilarni asosiy xossalari va tarkibiga ko'ra quyidagi sinflarga bo'lish mumkin: — qattiq bitum va qatronlar 20—25"C haroratda quyuq, 120— 180*C da esa suyuq holatga aylanadi; — qayishqoq bitum va qatronlar yuqoridagi haroratlarda qayishqoq va oquvehan holatga aylanadi; — suyuq bitum va qatronlar 20—25*C haroratda to'kiluvchan, tarkibida esa uchuvchan siyrak molekulali uglevodorodlar mavjud; uni 15— 120*C haroratda ishlatish mumkin. Uchuvchan uglevodorodning bug'lanib ketishi hisobiga vaqt o'tishi bilan quyuq bitum va qatron kabi xossalariga ega bo'ladi; — bitumli suv bitum yoki qatron zarrachalarini o'zaro yopishuiagan holda suvda suzib yurishini ta’minlash uchun emulgator qo'shilmasi bilan yuqori tezlikda qorishtirib olingan bog'lovchidir. Oddiy haroratda bitumli suv to'kiluvchan holatda bo'ladi. Uni qum va yirik to'ldirgichlar bilan qorishtirib saqlaganda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada organik bog‘lovchi materiallar — xususan, bitum va qatronlarning turlari, ularning fizik-mexanik xossalari hamda yo‘l qurilishida qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada organik bog‘lovchi materiallar — xususan, bitum va qatronlarning turlari, ularning fizik-mexanik xossalari hamda yo‘l qurilishida qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Organic binders, bitumen, resin, asphalt concrete, road, asfaltobeton, bitum, temperature resistance, qoplama sifati, viscosity, construction, yo‘l qurilishi, haroratga chidamlilik, road construction, Kalit so'zlar:Organik bog‘lovchilar, pavement quality, Key words: Organic binders, yopishqoqlik, qatron, qurilish materiallari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026