К содержанию
РецензированоUZ2026

MALUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASH: MS ACCESS DASTURI

Isomutdinova Xonzoda Usmandjanovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari tizimida muhim o‘rin egallovchi ma’lumotlar bazasi tushunchasi va u bilan ishlash usullari yoritilgan. Xususan, Microsoft Access dasturining imkoniyatlari, uning tarkibiy qismlari — jadvallar, so‘rovlar, formalarning roli, hisobotlar va dasturda avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada Access dasturining afzalliklari, kamchiliklari, boshqa DBMS tizimlari bilan solishtirilgan holda o‘rganiladi. Shuningdek, bu dasturdan ta’lim jarayonida va kichik hamda o‘rta biznes ehtiyojlarini qondirishda qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. MS Access’ning oson interfeysi, VBA orqali kengaytirish imkoniyati va Office dasturlari bilan integratsiyasi uni foydalanuvchilar uchun qulay va samarali vosita sifatida namoyon etadi. Maqola informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari, talabalar hamda amaliyotga yo‘naltirilgan foydalanuvchilar uchun foydali metodik va ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar Kompyuter, zamonaviy, dastur, taklif, axborot, texnalogiya, xavfsizligi; ANNOTATION This article covers the concept of a database and methods of working with it, which occupy an important place in the modern information technology system. In particular, the capabilities of the Microsoft Access program, its components — tables, queries, the role of forms, reports and automation capabilities in the program are analyzed. The article will study the advantages, disadvantages of the Access program, compared with other DBMS systems. It also looks at how the program can be used in the educational process and meeting the needs of small and medium-sized businesses. MS Access's easy-to-use interface, the ability to expand https://scientific-jl.org/obr 6 1 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 through VBA, and integration with Office applications make it a user-friendly and efficient tool. The article serves as a useful methodological and scientific resource for teachers of Informatics and Information Technology, students and practice-oriented users. Key words Computer, modern, software, offer, information, technology, security; KIRISH Bugungi kunda, ma’lumotlar bazalari (DB) axborot texnologiyalari sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir tashkilot va kompaniya o‘z faoliyatini samarali yuritish uchun katta miqdordagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va boshqarish jarayonlarini tashkil etadi. Ma’lumotlar bazalari, ayniqsa, ma’lumotlarni tizimli tarzda saqlash va boshqarishda qulayliklar yaratadi. Kichik bizneslardan tortib, yirik korxonalargacha, hatto ta'lim muassasalarida ham ma’lumotlar bazalari ma’lumotlarni to‘plash va boshqarishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Ma’lumotlar bazasi (DBMS) — bu ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va ularga kirishni ta'minlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta'minot tizimidir. https://scientific-jl.org/obr 6 2 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 BMS, ma’lumotlar bazalarini yaratish, saqlash, qayta ishlash va kerakli ma’lumotni olish imkonini beradi. Hozirgi kunda ma’lumotlar bazasini boshqarishning ko‘plab tizimlari mavjud bo‘lib, ular orasida Microsoft Access keng tarqalgan va ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. MS Access — bu Microsoft kompaniyasining relatsion ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimi bo‘lib, asosan kichik va o‘rta hajmdagi ma’lumotlar bazalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. U Windows operatsion tizimida ishlaydi va Microsoft Office paketining bir qismi sifatida taqdim etiladi. Access dasturi, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish, shuningdek, vizual tarzda shakllar va hisobotlarni yaratish imkoniyatini beradi. MS Access dasturining ahamiyati. MS Access ning asosiy afzalligi shundaki, u o‘zining qulay grafikli interfeysi va kuchli funktsiyalariga ega. Bu dasturni ishlatish uchun foydalanuvchilarga yuqori darajadagi dasturlash bilimlari kerak emas. MS Access dasturi, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: https://scientific-jl.org/obr 6 3 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish: MS Access yordamida foydalanuvchilar jadval yaratish, ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish va saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jadvaldagi ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatish mumkin, bu esa ma’lumotlarni yaxshiroq tahlil qilish va ishlov berishga yordam beradi. So‘rovlar yordamida ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilish: Access-da foydalanuvchilar SQL tilida yozilgan so‘rovlar yordamida ma’lumotlarni filtrlash, saralash, va yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu xususiyat ma’lumotlar bazasida kerakli malumotlarni tezda topish uchun qulaydir. Formalar va hisobotlar: MS Access foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va tahlil qilish jarayonlarini soddalashtirish uchun maxsus shakllar (formalar) va hisobotlar yaratishga imkon ber

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari tizimida muhim o‘rin egallovchi ma’lumotlar bazasi tushunchasi va u bilan ishlash usullari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari tizimida muhim o‘rin egallovchi ma’lumotlar bazasi tushunchasi va u bilan ishlash usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Computer, modern, software, offer, information, technology, security, xavfsizligi, axborot, Kompyuter, taklif, dastur, texnalogiya, zamonaviy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники