Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARAB VA INGLIZ TILLARINING MORFOLOGIK TUZILMASIDAGI QIYOSIY LINGVISTIK TADQIQOT
Sultonova Nodiraxom Erkinjon qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy maqola arab va ingliz tillarining morfologik tizimlari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni lingvistik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada har ikkala tilning grammatik xususiyatlari, ularning morfologik tizimlari, grammatika vositalarining shakllanishi, so‘z yasalish uslublari va ularning madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni keng ko‘lamda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari nazariy tilshunoslik, tarjimashunoslik, va xorijiy til o‘qitish sohalari uchun muhim ilmiy asoslarni taqdim etadi. Kalit so‘zlar: Arab tili, ingliz tili, morfologiya, o‘zak-qolip tizimi, analitik tizim, qiyosiy lingvistika, grammatika. Kirish: Arab va ingliz tillari turli tillar oilasiga mansub bo‘lishiga qaramay, ularning morfologik tizimlarini tahlil qilish lingvistik jihatdan juda muhimdir. Arab tili semit tillar oilasiga, ingliz tili esa german tillar oilasiga kiradi. Ushbu maqolada bu ikki tilning so‘z yasalishi va grammatik ma’no ifodalashdagi o‘ziga xos usullari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Arab tilining morfologik tizimi: Arab tilining morfologik tizimi o‘zak-qolip (root-pattern) asosiga qurilgan bo‘lib, bu tizim orqali so‘zlarning grammatik va leksik ma’nolari ifodalanadi. Har qanday arabcha fe’l yoki ot odatda uchta undoshdan iborat ildizga ega bo‘ladi (masalan, k-t-b), va bu ildizga turli qoliplar va affikslar qo‘shish orqali turli ma’nolar ifodalanadi. Masalan: k-t-b ildizidan: kataba (بتك) – yozdi kitaab (باتك) – kitob kaatib (بتاك) – yozuvchi maktaba (ةبتكم) – kutubxona Arab tilida grammatik ma’no asosan morfemalar orqali ifodalanadi. Bu til flektiv til hisoblanadi, ya’ni bitta morfema bir nechta grammatik ma’noni o‘zida jamlashi mumkin. Ingliz tilining morfologik tizimi: Ingliz tili analitik (yoki izohlovchi) til hisoblanadi. Unda grammatik ma’nolar asosan yordamchi fe’llar, predloglar va so‘z tartibi orqali ifodalanadi. So‘zlar morfologik o‘zgarishga unchalik duchor bo‘lmaydi. Masalan, zamon, nisbat yoki shaxs belgisi ko‘pincha alohida yordamchi so‘zlar yordamida beriladi: https://scientific-jl.com/wsrj 1 3 4 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal I write (men yozaman) I am writing (men hozir yozayapman) I wrote (men yozdim) I have written (men yozganman) Arab tilida bitta ildizdan turli qoliplar va affikslar orqali yuzlab yangi so‘zlar hosil qilish mumkin. Bu tizim arab tilining ichki strukturasini nihoyatda boy va moslashuvchan qiladi. Ildiz-qolip (root-pattern) tizimi yordamida tilshunoslar faqatgina uch yoki to‘rt harfdan iborat ildiz orqali turli ma’no va vazifalarga ega bo‘lgan yangi birliklarni hosil qilishi mumkin. Bu usul arab tilining so‘z boyligini keskin oshiradi va shu bilan birga, semantik maydonni kengaytirishga xizmat qiladi. Natijada, biror ma’naviy yoki funksional maydon doirasida o‘nlab, hatto yuzlab so‘zlar yaratiladi. Bu holat arab tilining morfologik jihatdan kuchli rivojlangan va tizimli ekanligidan dalolat beradi. Ingliz tilida esa yangi so‘zlar yaratishda ko‘proq tashqi vositalarga, ya’ni prefikslar, suffikslar, hamda phrasal constructions (frazeologik birikmalar) orqali so‘z boyligi oshiriladi. Bu, o‘z navbatida, ingliz tilining sintaktik tizimiga tayanishini anglatadi. Yangi so‘zlar ko‘pincha mavjud birliklarga qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil qilinadi: happy → unhappy, use → useless, look → look after / look up / look for. Bunday yondashuv morfologik emas, balki leksik va sintaktik vositalarga tayangan til modelining ustuvorligini ko‘rsatadi. Ingliz tilida grammatik ma’no asosan so‘z tartibi va yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanadi.Bundan tashqari, arab tilida grammatik kategoriyalar keng va faol ishlatiladi. Jins (gender) erkak va ayol shaklida qat’iy ajralgan bo‘lib, barcha otlar va ularni tavsiflovchi so‘zlar jinsga mos holda o‘zgaradi. Son (number) esa uch xil: birlik, juftlik (dual) va ko‘plik (plural) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Holat (case) ko‘rsatkichlari – marfu‘ (nominative), mansub (accusative), va majrur (genitive) – ham fe’l, ham otlar bilan morfologik bog‘lanishda aniqlanadi. Ushbu holatlar nafaqat gap tuzilishini, balki ma’no nozikliklarini ham belgilashda muhim rol o‘ynaydi.Ingliz tilida esa bu kategoriyalar ancha soddalashtirilgan. Jins ko‘pincha faqat odamlar va jonli mavjudotlarda ifodalanadi (masalan: he, she, it), lekin ko‘pchilik otlarda jins farqlanmaydi. Son esa faqat ikki shaklga ega: birlik va ko‘plik. Holat esa morfologik ko‘rsatkichlar orqali emas, balki so‘z tartibi, predloglar (prepositions), va kontekst orqali belgilanadi. Masalan, The boy gave the girl a book jumlasida subyekt, obyekt va yo‘nalish so‘z tartibi orqali ajratiladi, morfologik ko‘rsatkichlar orqali emas. Arab tili morfologiyasida zamon va nisbatlar ham fe’lning o‘zida mujassam bo‘lib, arab tilining morfologik murakkabligi va ma’no aniqligini ta’minlaydi. Ingliz tilida esa bu holat qo‘shimcha yordamchilar orqali ifodalanadi, bu esa tilda soddalikni yaratadi, biroq ba’zida grammatik aniqlikni susaytiradi. Madaniyatlararo kommunik
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqola arab va ingliz tillarining morfologik tizimlari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni lingvistik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqola arab va ingliz tillarining morfologik tizimlari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni lingvistik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- analitik tizim, qiyosiy lingvistika, Kalit so‘zlar: Arab tili, o‘zak-qolip tizimi, grammatika., morfologiya, ingliz tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025