Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KLINKER USULDA OLINGAN EKSTRAKSIYON FOSFAT KISLOTADAN ODDIY O’G’ITLARNI OLISHDA HARORATNI TA’SIRI
B.X.Abdurahmatov
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Maqolada Markaziy Qizilqum (MQ) fosforiti bo‘lgan oddiy fosforit unidan (OFU) klinker usulda ekstraksion fosfat kislota temperatura va konsentratsiyalarini ta’siri o‘rganilgan. Olingan EFKni asosiy ko‘rsatkichlariga fosfat kislotagipsli bo‘tqadan suv va fosfat kislota eritmasi orqali EFKni ajratib olish jarayonlari o‘rganilgan va ushbu jarayonlarning maqbul kattaliklari aniqlangan. Temperatura va konsentratsiyalari mos ravishda 30-110 OC va 90-93% ga teng. Ushbu maqbul kattaliklarda tarkibida 9,12-9,29% P O tutgan EFK (suv bilan ajratib 2 5 olinganda) va 17,11-17,35% P O tutgan EFK (10% li EFK eritmasi bilan ajratib 2 5 olinganda) hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Suv va EFK bilan ajratib olishda fosfatkislotagipsli bo‘tqalarning filtrlanish tezliklari mos ravishda 948-969 va 1207- 1285 kg/m2·s ga teng. Kalit so‘zlar: oddiy fosforit uni, harorat, ekstraksion fosfat kislota va filtrlanish tezligi. Hozirgi paytda fosfat kislota ikki xil usulda ishlab chiqarilmoqda. Birinchi usul fosfat xom ashyolaridagi fosforni qaytarib, fosfor holiga keltiriladi, olingan fosfor oksidlanib fosfat angidridga aylantiriladi va hosil bo‘lgan fosfat angidrid suvga yuttiriladi. Fosfat kislota ishlab chiqarishning ushbu usuli quruq (elektropechli) usul va olingan fosfat kislota termik fosfat kislota (TFK) deb ataladi. Fosfat kislota ishlab chiqarishining ikkinchi usuli bu fosfat xom ashyolarini kuchli mineral kislotalar (nitrat, xlorid va sulfat kislotalar) yordamida qayta ishlab uni ajratib olishdir. Bunday usul ho‘l (ekstraksion) usul va olingan fosfat kislota ekstraksion fosfat kislota (EFK) deb ataladi. Hozirgi vaqtda EFK ishlab chiqarishning ikkita usuli mavjud bo‘lib, ular fosfat xom ashyolarini avval EFK bilan parchalab keyin sulfat kislotali ekstraksiya qilish (ho‘l usul) va fosfat xom ashyoni avval 93-98%-li sulfat kislota bilan ta’sirlashtirib keyin undan fosfat kislotani suv bilan ajratib olishdir (klinker usul). Birinchi usul, ya’ni ho‘l usul dunyo bo‘ylab juda keng tarqalgan. Deyarli fosfat xom ashyosi bor mamlakatlarda ushbu usul qo‘llaniladi. Ushbu jarayonlarda kalsiy sulfat cho‘kma sifatida hosil bo‘ladi va u asosiy suspenziyadan ajratiladi. Harorat hamda eritmadagi P O va SO 2- larning miqdorlariga qarab, kalsiy sulfat digidrat 2 5 4 (CaSO ·2H O), yarim gidrat (CaSO ·0,5H O) va angidrid (CaSO ) ko‘rinishida hosil 4 2 4 2 4 bo‘ladi. EFK ishlab chiqarishning asosiy usuli bizning mamlakatda ham va boshqa https://scientific-jl.com/new 22 66 77 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS mamlakatlarda ham nisbatan oddiy va ishonchli bo‘lgan asosiy usuli bu digidratli usuldir [1]. Hozirda butun dunyoda EFK ishlab chiqarishning klinker usuli, ya’ni ikkinchi usul amalda qo‘llanilmaydi. Lekin shunday bo‘lsada, bu usul ham chet mamlakatlarda o‘rganilgan. Ayniqsa AQSH olimlari tomonidan keltirilgan ixtiro [2] diqqatga sazovordir. Bunda fosfat xom ashyosi 98%-li sulfat kislotasi bilan aralashtiriladi va donadorlanadi, donalarni ftordan tozalash maqsadida 200-240 oC yoki 350-400 oC da qizdiriladi va hosil bo‘lgan aralashmadan fosfat kislota suv yordamida ajratib olinadi. Ushbu usulda EFK olishni bir qator afzalliklari mavjud: EFK tarkibidagi P O ni 2 5 konsentratsiyasini yuqoriligi va undagi ftor miqdorini kamligi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz olimlari tomonidan fosfat xom ashyolaridan bunday usulda EFK olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Ammo so‘nggi paytda biz tomonimizdan past navli yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlaridan EFK olishning klinker usuli bo‘yicha dastlabki ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borilgan [3]. Ushbu tadqiqot ishida Markaziy Qizilqum (MQ) fosforiti bo‘lgan oddiy fosforit unidan (OFU) klinker usulda ekstraksion fosfat kislota olish va uning sifat ko‘rsatgichlariga OFUni parchalanish vaqti davomiyligini ta’siri, hamda fosfat kislotagipsli pulpadan suv va fosfat kislota eritmasi orqali EFKni ajratib olish jarayonlari o‘rganilgan. Keltirilgan parchalanish vaqtlarida tarkibida 8,19-9,37% P O 2 5 tutgan EFK (suv bilan ajratib olinganda) va 16,57-17,39% P O tutgan EFK (10% li 2 5 EFK bilan ajratib olinganda) hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Suv va EFK bilan ajratib olishda fosfat kislota gipsli bo’tqa filtrlanish tezliklari o‘rganilgan. Ushbu maqolada esa EFK dan oddiy o’g’itlarni olishda harorat tasiri va konsentratsasini o‘rganilgan. Tajribalar uchun oddiy fosforit unidan (OFU) dan foydalanildi. Uning kimyoviy tarkibi va tajribalarni bajarish tartibi [3] da batafsil keltirilgan. Harorat 30-100 OC (Fosforit xom ashyosidagi CaO ga nisbatan) deb olindi. EFK ni 30 0C qizdirilib olindi . Qizdirilib olingan EFK ni asta sekinlik bilan fasfarit unidan solindi 5-10 daqiqa davomida aralashtirildi va vakum ostida filtrlab ajratib olindi. OFU ni EFK reaksiya natijasida parchalanishi tufayli katta hajmdagi ko‘piklar hosil bo‘lishi kuzatilmadi. OFU ni parchalanish koeffitsienti (K ), P O ni eritmaga parch. 2 5 ajralish koeffitsienti (K ) va fosfat kislotali gipsli bo‘tqa filtrlanish tez
Доказательный фрагмент
«Maqolada Markaziy Qizilqum (MQ) fosforiti bo‘lgan oddiy fosforit unidan (OFU) klinker usulda ekstraksion fosfat kislota temperatura va konsentratsiyalarini ta’siri o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Markaziy Qizilqum (MQ) fosforiti bo‘lgan oddiy fosforit unidan (OFU) klinker usulda ekstraksion fosfat kislota temperatura va konsentratsiyalarini ta’siri o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- harorat, Kalit so‘zlar: oddiy fosforit uni, ekstraksion fosfat kislota va filtrlanish tezligi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945