Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOTDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI: MAHALLIY YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR
Xasanov Mirzaolim Ilyosbek o'g'li · Sodiqov Sardorbek Maxmudjon o`gli
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada qandli diabet asoratlaridan biri bo‘lgan diabetik retinopatiya kasalligi, uning rivojlanish bosqichlari va patogenetik mexanizmlari keng yoritilgan. Ayniqsa, ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, diagnostika va kasallikning oldini olish uchun zarur bo‘lgan profilaktik choralar muhim tibbiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining diabetik retinopatiya xavfini kamaytirishdagi o‘rni ham alohida ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Diabetik retinopatiya, retina, proliferativ bosqich, mikroanevrizma, ko‘rish yo‘qolishi, glyukozani nazorat qilish, profilaktika, angiopatiya, oftalmologik asoratlar. Kirish: Diabetik retinopatiya - bu ko‘z kasalligi bo‘lib, unda qandli diabet (insulinga bog‘liq va insulinga bog‘liq bo‘lmagan) tufayli to‘r parda tomirlari zararlanadi. Diabetik retinopatiya ko‘rishning sezilarli darajada yomonlashishiga va hatto uning to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin[1]. Diabetik retinopatiya retina (to‘r parda) tomirlari va neyroglialarda yuz beradigan anatomik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Retinopatiyaning patogenetik (kasallikni keltirib chiqaruvchi) mexanizmi to‘liq tushunilmagan, biroq bu mexanizmni shunish uchun, diabet bilan kasallangan hayvonlarda va diabetga chalinmagan hayvonlarda qonda galaktozaning surunkali ko‘tarilishi tajribasi orqalik organilgan. Retinopatiya qonda ortiqcha glyukoza va uning oqibatlari natijasida kelib chiqadi, degan fikrga kuchli dalil sifatida, diabetga chalingan itlarda glyukozani qat’iy nazorat qilish orqali retinopatiyaning oldi olinishini ko‘rsatgan tajribalar mavjud. Biroq, bu itlar modelida qat’iy nazorat ostida ham retinopatiya muolajaga barqarorlik (qarshilik) ko‘rsatish tendensiyasini namoyon etgan[2]. Diabetik retinopatiya, odatda, muhokama qilish qulayligi uchun uch bosqichga bo‘linadi: 1)proliferativ bo‘lmagan retinopatiya; 2)preproliferativ retinopatiya; 3)proliferativ retinopatiya. 1) Proliferativ bo‘lmagan retinopatiya. Ushbu bosqichda mikroanevrizmalar, qon ketish, "qattiq" transsudatlar va "paxtaga o‘xshash" o‘choqlar aniqlanadi. Proliferativ bo‘lmagan retinopatiyaning eng muhim elementi bu to‘r parda (retina) shishi, ayniqsa makula (ko‘rish markazi) sohasida. Kasallik makula qismida joylashsa, ko‘rish keskinligining sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu bosqichda kapillyarlarning tiqilib qolishi, gemato-retinal to‘siqning buzilishi va «gipoksiya (kislorod tanqisligi)» ga olib keluvchi o‘zgarishlar boshlangan bo‘ladi. 3 92 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu holat, asosan, o‘z vaqtida davolanmasa keyingi og‘ir bosqichga olib o‘tadi. Ushbu davrda bemorlar ko‘pincha ko‘rishning xiralashishi, ko‘z oldida “qamashish”, “parda” yoki “uchuvchi nuqtalar”dan shikoyat qilishadi. 2) Preproliferativ retinopatiya. Jarayonning ushbu bosqichida retina ishemiyasi (kislorod bilan ta’minlanmasligi) yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu ishemiyalangan zonalarda o‘zgarishlar yuzaga keladi: qon tomirlarning kengayishi yoki tortilishi, shaffoflikning buzilishi, ko‘plab qon tomir ekssudatlari, mikrovaskulyar anomaliyalar (ayniqsa, shunts — kapillyarlar o‘rnini bosuvchi qon oqimi yo‘llari) aniqlanadi. "Paxtaga o‘xshash" ko‘plab o‘choqlar – bu nerv tolalarining mikroinfarktlaridir, ular retina sathida oq rangli dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. Bu bosqich — proliferativ (yangi qon tomirlar o‘sadigan) bosqich oldidan ogohlantiruvchi davr bo‘lib, o`gir kuzatuv va zarur bo‘lsa, fotokoagulyatsion davolash talab qilinadi. Aks holda, kasallik ko‘rish qobiliyatining keskin pasayishiga olib kelishi mumkin[3,4] 3) Proliferativ retinopatiya. Bu diabetik retinopatiyaning eng xavfli va kech bosqichidir. Retina (to‘r parda) yetarli darajada qon bilan ta’minlanmagani sababli, organizm kompensator neovaskulyarizatsiya — ya’ni yangi qon tomirlar hosil qilish yo‘li bilan kislorod yetishmovchiligini bartaraf etishga harakat qiladi. Biroq bu yangi o‘sayotgan tomirlar mo‘rt, nozik devorli va tez yoriluvchi bo‘lib, ular orqali ko‘pincha qon ko‘z ichiga to‘kiladi. Proliferativ bosqichda quyidagi og‘ir belgilar kuzatiladi: 1. Yangi qon tomirlar (neovaskulyarizatsiya) paydo bo‘ladi, ayniqsa optik disk va retina yuzasida. 2. Ko‘z ichi qon ketishlari (vitreal gemorragiyalar) — bu holat ko‘rish qobiliyatini to‘satdan susaytiradi. 3. Fibroz to‘qimalar bilan birga neovaskulyar to‘qimalar o‘sishi natijasida retina tortilishi va retina ajralishi (ablatsiyasi) yuzaga keladi. 4. Natijada ko‘rlik xavfi juda yuqori bo‘ladi. Bu bosqichda bemorlar odatda ko‘rishning keskin pasayishi, qorong‘i joylarda ko‘rmaslik yoki butunlay ko‘rishning yo‘qolishi kabi holatlardan shikoyat qiladilar. Ushbu bosqichda tezkorlik va aniqlik bilan davolash muhim ahamiyatga ega: lazerli fotokoagulyatsiya, intravitreal inyeksiyalar (anti-VEGF preparatlar), ba’zida esa vitrektomiya kabi jarrohlik usullar qo‘llaniladi. Ayniqsa, har qanday bosqichda makula (ko‘ris
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada qandli diabet asoratlaridan biri bo‘lgan diabetik retinopatiya kasalligi, uning rivojlanish bosqichlari va patogenetik mexanizmlari keng yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada qandli diabet asoratlaridan biri bo‘lgan diabetik retinopatiya kasalligi, uning rivojlanish bosqichlari va patogenetik mexanizmlari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Simulyatsiya texnologiyalari, Telemeditsina, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi., Klinik qarorlar, Sun’iy intellect, Tibbiy ta’lim, Tibbiy axborot tizimlari, Diagnostika, Raqamli salomatlik strategiyasi, Tibbiyot informatika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945