Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
Функциональные и стилистические аспекты биномиалов в английском и узбекском языках, связанные с языковой экономией
Shokhrukh ERMATOV
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 158-162 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются функциональные и биномиальные стилистические особенности биномиальных выражений выражения, в английском и узбекском языках в контексте языковой языковая экономия, экономии. Биномиальные конструкции отражают функциональные особенности, когнитивные и коммуникативные возможности языка и стилистические средства, являются важными средствами для построения краткой и стилистика, выразительной речи. Анализируется их роль в передаче фонетическая гармония, компактной информации, фонетическая согласованность, английский язык, стилистическое богатство и функциональная нагрузка. узбекский язык. Сравнительный подход позволяет выявить общие и специфические черты биномиалов в двух языках. Til insoniyatning asosiy kommunikativ vositasi boʻlib, u orqali insonlar nafaqat ma’lumot almashadi, balki ijtimoiy munosabatlar, tafakkur va madaniyatni ham targʻib qiladilar. Tilning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun unda bir qator lingvistik mexanizmlar mavjud boʻlib, ulardan biri “til ekonomiyasi” (language economy) konsepsiyasidir. G.Zipfning “Kuch sarflanishning eng kamlik prinsipi” (Principle of Least Effort) nazariyasiga ko‘ra, til foydalanuvchilari har doim imkon qadar kamroq kuch bilan ko‘proq ma’no ifodalashga harakat qiladi [1]. Bu nazariyaga koʻra, nutq jarayonida insonlar ma’lumotni eng qisqa, aniq va ta’sirchan usulda etkazishga harakat qiladi. Til ekonomiyasi, shu jihatdan, inson aqlidagi kognitiv tejamkorlik va funksional pragmatizm bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, u nutqning izchilligi, tuzilishi va qabul qilinishida muhim rol oʻynaydi. Til ekonomiyasi nazariyasi til insonning kognitiv va kommunikativ jarayonlaridagi tejamkorlikka intilishini, ya’ni ma’lumotni eng samarali va iqtisodiy yoʻsinda yetkazishga intilishini anglatadi. Ushbu tamoyil tilning bir qator xususiyatlarida oʻz aksini topadi, ularning har biri tilning funksional-iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Til ekonomiyasining asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Ma’lumotni minimal vositalar orqali yetkazish: Tildagi resurslar (soʻzlar, grammatik shakllar va boshqalar) minimal darajada ishlatilishiga intilish til iqtisodini ta’minlaydi. Binomial hosilalar, misol uchun, bir nechta ma’noli konseptlarni bir soʻz bilan uzatishga yordam beradi, shunday qilib ma’lumotni ikkita element orqali yangi va qisqa shaklda ifodalaydi. Masalan, “inson va qonun” iborasi orqali inson va qonun tushunchalari aniq va qisqa shaklda oʻziga xos mazmunni tarqatadi. Grammatik strukturalarni soddalashtirish. Funksional grammatika tarafdori bo‘lgan Simon Dikning fikriga ko‘ra: “Til foydalanuvchilarining ehtiyojlari til strukturasi va iboralarni qisqartirishga, konvensiyalashgan formulalarni ishlab chiqishga olib keladi.” [2]. Til ekonomiyasi jarayonida grammatik qoidalar va strukturalar minimal darajada qoldiriladi [3]. “Tilning muhim tamoyillaridan biri bu – iqtisodiylikdir. Til foydalanuvchisi ortiqcha grammatika yoki semantik yukdan qochadi.” 159 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701 Bu tizimdagi murakkab qoʻshilishlar va konstruksiyalar oʻrniga sodda lekin mukammal ma’no bilan qoʻllaniladigan iboralar va frazalar ishlatiladi. Binomiallar, shuningdek, grammatik strukturalarni soddalashtirishga yordam beradi. Masalan, “qonun va tartibot” iborasining grammatik va semantik ikkita aspektni birlashtirishi natijasida, har bir elementning ma’nosi ochiq va toʻliq tushuniladi. Klishe va stereotip ifodalardan foydalanish: Tilda klishe va stereotip ifodalarning keng qoʻllanilishi, kimgadir yaxshi ma’lum boʻlgan iboralarni ishlatish orqali, ma’lumotni tez va oson yetkazishga imkon beradi. Binomial hosilalar koʻpincha klishe shaklda ishlatiladi va ularning ma’nosi odatda umumlashtirilgan boʻladi. Bu esa nutqni tezlashtiradi va minimal vaqtda ma’lumotni yetkazishga yordam beradi. Masalan, “quvonch va qaygʻu” iborasi odamning his-tuygʻularining keng kontekstiga ishora qiladi va unga qisqacha tushuncha beradi. Yuqori frikventlikka ega qoliplarni doimiy ravishda qoʻllash: Til iqtisodiyotida yuqori frikventlikka ega boʻlgan, ya’ni kundalik muomalada doim ishlatiladigan iboralar va frazalarning qoʻllanilishi muhim ahamiyatga ega. Binomiallar, ayniqsa, chuqur ma’noga ega boʻlgan va kichik va yaxshi tanish boʻlgan jumla yoki iboralardan iborat. Ular tez tez ishlatiladi, shuning uchun ular nafaqat qisqacha, balki ma’nolarning jiddiy mazmunlarini toʻliq qamrab olishga ham yordam beradi. Masalan, “xavf va tahdid” iborasi tez-tez qo‘llanilishi bilan adashmaydigan va tushunarli ma’noga ega boʻladi. Til ekonomiyasining ushbu prinsiplari tilning funksional samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan va ular bizga frazalarni qoʻllanishi va ularning aniq, toʻgʻri hamda qisqacha ta’sirini qanday osonlashtirish mumkinligini koʻrsatadi. Bu nuqtai nazardan qaralganda, binomial hosilalar – ya’ni bir-biriga bogʻlangan ikk
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются функциональные и биномиальные стилистические особенности биномиальных выражений выражения, в английском и узбекском языках в контексте языковой языковая экономия, экономии.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются функциональные и биномиальные стилистические особенности биномиальных выражений выражения, в английском и узбекском языках в контексте языковой языковая экономия, экономии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- binomial expressions, approach is used to examine the similarities and differences, binomial birliklar, функциональные особенности, funksional jihatlar, английский язык, til iqtisodiyoti, стилистические средства, English, стилистика, fonetik uyg‘unlik, языковая экономия, uslubiy vositalar, linguistic economy, phonetic harmony, фонетическая гармония, o‘zbek tili, узбекский язык, биномиальные выражения, Uzbek, functional aspects, stylistics, stylistic devices, ingliz tili, stilistika
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019