Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
Прагматические особенности речевого поведения прокурора (на примере узбекского и английского языков)
Anora ABDURAIMOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 123-126 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются прагматические прокурорская речь, особенности прокурорской речи на примере узбекского и прагматика, английского языков. Прокурорская речь в суде судебная риторика, анализируется не только как средство изложения речевые стратегии, сопоставительная юридических фактов, но и как инструмент воздействия на лингвистика. аудиторию, отражающий этические и социальные ценности. В работе проводится сопоставительный анализ речевых стратегий, используемых в обоих языках, с акцентом на риторические средства, эмоциональные и логические способы убеждения. Prokurorlik nutqi – sud jarayonlarida davlat nomidan chiqish qiluvchi shaxsning huquqiy, axloqiy va mantiqiy asoslangan nutqidir. U nafaqat qonuniy dalillarga, balki tinglovchi (ya’ni sud a’zolari, advokatlar, ayblanuvchilar va jamoatchilik) ongiga ta’sir qilishni maqsad qilgan nutqiy xatti-harakatlar majmuasidir. Ushbu maqolada prokurorlik nutqining pragmatik xususiyatlari, ya’ni uning amaliy maqsadga xizmat qiluvchi, ijtimoiy kontekstda shakllanadigan jihatlari o‘rganiladi. Tahlil o‘zbek va ingliz tilidagi prokurorlik nutqlarida mavjud pragmatik vositalarni solishtirish orqali olib boriladi. Pragmatika tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, nutqning kontekstga mosligi, gapiruvchining maqsadi va eshituvchiga ta’siri bilan shug‘ullanadi. Huquqiy nutqda, ayniqsa, prokurorlik chiqishlarida pragmatika quyidagi jihatlarda muhim o‘rin tutadi, ya’ni ma’noni aniq yetkazish (ambiguityni oldini olish), ta’sir o‘tkazish (persuasion), etik muvofiqlik (ethical appropriateness), nutqning strategik tuzilishi (discursive strategy) kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ingliz tilidagi sud nutqida Grice’ning kooperativ prinsiplariga (maksimalariga) amal qilish va illokutsion aktlardan foydalanish keng tarqalgan bo‘lsa, o‘zbek tilida esa ko‘proq an’anaviy va muloqot madaniyatiga xos vositalar kuzatiladi. Prokurorlik nutqi suddagi eng muhim ritorik janrlardan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi sudni ish bo‘yicha holatga to‘g‘ri yondashishga undash, ayblovning asoslanganligini ko‘rsatish, jinoyatga nisbatan ijtimoiy yondashuvni ifoda etish va jazo chorasi haqida aniq taklif bildirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun prokurorlik nutqi ma’lum strukturaviy va funksional birliklarga ega bo‘ladi. Odatda prokurorlik nutqi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: Kirish (Introductory remarks) – ishning mohiyatini bayon etish. Strukturaviy jihatlari: Nutqiy kontekstni belgilash (sud tarkibi, ishtirokchilar, jinoyat turi); ish bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni taqdim etish; prokurorning pozitsiyasini aniqlashtirish (ayblovning mavjudligi va uning mazmuni). Pragmatik funksiyalari : E’tiborni jamlash: tinglovchining diqqatini jalb qilish va asosiy yo‘nalishni belgilash; obyektivlikka urg‘u berish: prokuror betaraf, lekin qonun vakili sifatida nutqini asoslaydi; nutqqa kontekstual asos yaratish: so‘zlovchi va eshituvchi o‘rtasida muloqot 124 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 doirasini belgilaydi. Masalan: “Hurmatli sud! Bugun biz 2024-yil 12-may kuni sodir bo‘lgan firibgarlik jinoyati yuzasidan sudlov ishini ko‘rib chiqmoqdamiz. Ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan harakatlar jamiyatda salbiy oqibatlarga olib kelganini inobatga olish zarur.” Asosiy qism (Main body) – dalillarni keltirish, qonuniy asoslarni tushuntirish. Strukturaviy jihatlari: dalillarni bayon qilish (guvohlar so‘zlari, ekspert xulosalari, videoyozuvlar, hujjatlar); qonuniy baholash (Jinoyat Kodeksi moddalariga tayangan holda); voqealarning tahlili va ayblanuvchining motivlarini ochib berish. Pragmatik funksiyalari: ishontirish (persuasion): mantiqiy dalillar orqali sudni ayblov pozitsiyasining haqqoniyligiga ishontirish; ma’lumotni tartib bilan uzatish: faktlar aniq, ravshan va tizimli tarzda keltiriladi; til pragmatikasi: ritorik savollar, metafora, kontrast, presuppozitsiya kabi vositalardan foydalaniladi. Masalan: “Hujjatli dalillarga ko‘ra, ayblanuvchi soxta firma orqali 120 million so‘m mablag‘ni noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirgan. Bu holat 2023-yil 10-sentyabrda olingan videoyozuv va guvoh Sh.X.ning ko‘rsatmasida aniq qayd etilgan.” Xulosa va talab (Conclusion and demand) – jinoyat uchun jazo chorasini so‘rash. Ushbu tuzilma pragmatik jihatdan tinglovchini ishontirish, dalil va faktlar bilan ishga nisbatan nuqtai nazar hosil qilishga xizmat qiladi. Strukturaviy jihatlari: ish bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish; jinoyatning og‘irlik darajasini baholash; jazo chorasi (qamoq, jarima, tuzatish ishlari) taklifini ilgari surish. Pragmatik funksiyalari: normativ baho berish: jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va salbiy oqibatlari yoritiladi; axloqiy va huquqiy asos: prokuror jamiyat nomidan so‘z yuritadi; yakuniy ta’sir: sudni qonuniy va adolatli qaror qabul qilishga undash. Masalan: “Yuqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются прагматические прокурорская речь, особенности прокурорской речи на примере узбекского и прагматика, английского языков.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются прагматические прокурорская речь, особенности прокурорской речи на примере узбекского и прагматика, английского языков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- prosecutorial speech, communicative goals, prokurorlik nutqi, speech strategies, прокурорская речь, pragmatics, судебная риторика, прагматика, сопоставительная лингвистика, sud ritorikasi, courtroom rhetoric, nutqiy strategiyalar, pragmatika, til solishtirishi, comparative linguistics, речевые стратегии
Смежные источники
ИсследовательNazirova Diyoraxon, Ahmedov Azimjon2025
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021