К содержанию
РецензированоRU2025

Устойчивость нематериального культурного наследия, связанного с траурными блюдами в Бухарском оазисе: международные аспекты этнографического анализа

Aspects of Ethnographic Analysis · Madiyor TURDIEV · Diyorbek KHUDOYBERDIEV · July -/© in Science LLC. (ALFRAGANUS UNIVERSITY)

Общество и инновации · 6 · 198-203 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья исследует устные рецепты в Бухарском траурные блюда, оазисе, ритуалы, связанные с траурными блюдами, и их устные рецепты, роль в преемственности поколений. Это исследование, нематериальное основанное на этнографическом подходе, анализирует культурное наследие, преемственность устойчивость нематериального культурного наследия и поколений, современные факторы, представляющие угрозу для него. Бухара, этнографический анализ. KIRISH QISMI VA MAVZUNING DOLZARBLIGI Globallashuv, urbanizatsiya va axborotlashgan jamiyat sharoitida ko‘plab xalqona an’analar, jumladan og‘zaki tarzda avloddan avlodga uzatilgan nomoddiy madaniy meros shakllari yo‘qolish xavfi ostida qolmoqda. Ayniqsa, diniy-ma’naviy asosga ega marosim va rituallar, jumladan motam taomlari, ularni tayyorlashga oid og‘zaki retseptlar, ular bilan bog‘liq ijtimoiy va ruhan poklanish amaliyotlari bugungi avlod tomonidan to‘liq idrok qilinmay qolmoqda. Buxoro vohasi — O‘zbekistonning tarixiy va madaniy jihatdan yuksak hududi bo‘lib, undagi motam taomlariga oid urf-odatlar, diniy e’tiqod, xotira madaniyati, mahalliy axloqiy me’yorlar bilan uyg‘unlashgan holda shakllangan. Mayit oshlari, xayr taomlari, sadaqa nonlari kabi marosimga oid ovqatlar nafaqat marhumga bo‘lgan hurmat va duo vositasi, balki jamiyatda ijtimoiy birdamlik, o‘zaro bog‘liqlik va madaniy uzviylikni mustahkamlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu retseptlar yozma shaklda emas, balki og‘zaki ko‘rinishda, aynan ayollar orqali — onadan qizga, qaynonadan kelinga uzatiladi[2]. Bu jarayon qadimiy ijtimoiy institut — “xotinlar majmuasi” orqali amalga oshadi. Shunday qilib, motamga oid taomlar, ularni tayyorlash usullari va marosimlardagi funksional roli jamiyatdagi jinsiy mehnat taqsimoti, diniy bilim, axloqiy tarbiya va ruhiy birlikning markaziy shakllaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda, zamonaviylashtirish, oziq- ovqat sanoatining standartlashuvi, internetdagi turli retseptlar oqimi va yoshlar orasida an’anaviy marosimlarga bo‘lgan qiziqishning susayishi ushbu bilimlarning uzviy uzatilish zanjirini uzib qo‘yish xavfini tug‘diradi. Shu sababli, Buxoro vohasidagi motam taomlari orqali merosning barqarorligini o‘rganish — bu faqat gastronomik tahlil emas, balki ijtimoiy antropologik va madaniy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham dolzarb ilmiy masaladir[1]. Tadqiqot mazkur an’analarni faqat qayd etish emas, balki ularni zamonaviy sharoitda qanday moslashayotganini, kimlar tomonidan va qanday yo‘sinda saqlanayotganini, qanday ichki mexanizmlar ularni barqarorlashtirayotganini aniqlashga qaratiladi. Shu jihatdan, mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati yuqori bo‘lib, u milliy meros siyosatiga, ta’lim va madaniyatni saqlash strategiyalariga xizmat qiladi. 199 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2025) / ISSN 2181-1415 ADABIYOTLAR TAHLILI O‘zbekiston etnografiya fanida motam marosimlari, ularning ijtimoiy va madaniy funksiyalari, shuningdek, og‘zaki retseptlar orqali uzatiladigan motam taomlari bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borilgan. Bu tadqiqotlar motam taomlarining jamiyatdagi o‘rni, ularning avlodlararo uzatilishi va zamonaviy sharoitda qanday saqlanayotganini yoritadi. Masalan, S. Toshpo‘latova va S. Xudoyqulovning “History and ethnology of Olot district” nomli maqolasida Buxoro vohasidagi motam marosimlari, ularning tarixiy ildizlari va bugungi kundagi holati tahlil qilingan. Mualliflar motam marosimlarining diniy, ijtimoiy va madaniy jihatlarini o‘rganib, ularning jamiyatdagi ahamiyatini ko‘rsatib berganlar [4]. Shuningdek, G. Yuldashevaning “Nurota vodiysining an’anaviy liboslari va bezaklari” nomli dissertatsiyasida motam marosimlarida kiyiladigan liboslar, ularning bezaklari va bu liboslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu tadqiqot motam marosimlarining vizual komponentlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Buxoro davlat universitetining ilmiy resurslari tizimida tarix fanlari nomzodi, dotsent M.B.Qurbonovaning “Taom-etnik madaniyat hosilasi: “og‘iz suti” misolida” nomli maqolasida voha marosim taomlarining etnik madaniyatdagi o‘rni, ularning tayyorlanish usullari va og‘zaki retseptlar orqali uzatilishi haqida so‘z yuritilgan. Muallif ushbu maqola orqali marosim taomlarining madaniy meros sifatida saqlanishi va avlodlararo uzatilish mexanizmlarini yoritadi[1]. Buxoro vohasida motam marosimlari bilan bog‘liq kiyimlar va irim-sirimlar haqida esa “Buxoro vohasi dafn marosimi kiyimlari va ular bilan bog‘liq irim-sirimlar” nomli maqolada batafsil ma’lumot berilgan. Bu tadqiqot motam marosimlarining vizual va rituallik jihatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega [5]. Shuningdek, O‘zbekiston xalqining moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va e’tiqodiy qarashlar haqida “O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va e’tiqodiy qarashlar” nomli maqolada motam marosimlari, ularning diniy asoslari va ijtimoiy funksiyalari haqida so‘z yuritilgan. Bu maqola

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья исследует устные рецепты в Бухарском траурные блюда, оазисе, ритуалы, связанные с траурными блюдами, и их устные рецепты, роль в преемственности поколений.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья исследует устные рецепты в Бухарском траурные блюда, оазисе, ритуалы, связанные с траурными блюдами, и их устные рецепты, роль в преемственности поколений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, Buxoro, mourning foods, этнографический анализ, og‘zaki retseptlar, устные рецепты, avlodlararo uzviylik, ethnographic analysis, nomoddiy madaniy meros, intergenerational continuity, etnografik tahlil, motam taomlari, intangible cultural heritage, преемственность поколений, траурные блюда, Бухара, нематериальное культурное наследие, Bukhara, oral recipes
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники