Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Правовая ответственность грузоотправителя в случаях перегруза: сравнительный анализ законодательства Узбекистана и международного права
Comparative Analysis of Uzbek · Aminjon KALANDAROV · Republic of Uzbekistan. (Tashkent State University of Law)
Общество и инновации · 6 · 204-212 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной научной статье всесторонне анализируется грузоотправитель, проблема правовой ответственности грузоотправителя перевозчик, (грузопогрузчика) в случаях перегруза при автомобильных водитель, перевозках. Из-за слабой правовой регламентации этого перегруз, административная вопроса в законодательстве Республики Узбекистан на ответственность, практике ответственность в основном возлагается на цепочка ответственности, перевозчика и водителя. Это приводит к несправедливости договор перевозки груза. в транспортной системе, нарушает конкурентную среду и способствует разрушению инфраструктуры. В статье рассматриваются механизмы привлечения к ответственности грузоотправителя на примере передового законодательства Австралии, Европейского союза, России и Казахстана. Также предложены изменения в Кодекс Республики Узбекистан об административной ответственности. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti sohasida yuk tashish faoliyati iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda yuk tashish hajmining ortib borishi bilan birga, ortiqcha yuk ortilishi holatlari ham ko‘paymoqda. Bu holat nafaqat transport vositalari va yo‘l infratuzilmasi uchun xavf tug‘diradi, balki qonuniy faoliyat yuritayotgan tashuvchilar uchun adolatsiz raqobat muhitini vujudga keltiradi. Amaldagi tartibda faqat tashuvchi va haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilishi, yuk ortgan yuklovchi esa mutlaqo javobgarlikdan ozod bo‘lib qolayotgani tizimli muammoga aylangan. Yuklovchining huquqiy maqomi va qonunchilikdagi bo‘shliqlar Yuklovchi yukni tashish uchun transport vositasiga joylashtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Amaldagi qonunchilikda yuklovchining javobgarligi bevosita nazarda tutilmagan. Biroq, Fuqarolik kodeksining umumiy majburiyatlar qoidalariga ko‘ra, har bir tomon o‘z harakati natijasida yuzaga keladigan zarar uchun javob beradi. [1] Transport vositasining texnik yuk ko‘tarish imkoniyatini bilmagan holda yoki bila turib ortiqcha yuk ortgan yuklovchi real huquqiy bo‘shliqlardan foydalanmoqda. 205 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2025) / ISSN 2181-1415 Xalqaro tajriba Avstraliya: Chain of Responsibility modeli Avstraliya Respublikasida yuk tashish jarayonining barcha bosqichlarida ishtirok etuvchi shaxslar o‘z segmentida qonuniy majburiyatlar va javobgarlikka ega. Bu tizim “mas’uliyat zanjiri” (Chain of Responsibility, CoR) deb nomlanadi va National Heavy Vehicle Law (NHVL) asosida tartibga solinadi [2]. NHVLga ko‘ra, nafaqat haydovchi, balki tashuvchi, buyurtmachi, yuklovchi, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi ham og‘ir transport vositalari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar uchun javobgar bo‘lishi mumkin [2]. Mazkur qonunchilik 2014-yildan buyon Avstraliyaning ko‘pchilik shtatlarida, shu jumladan Yangi Janubiy Uels, Viktoriya, Kvinslend va Janubiy Avstraliya shtatlarida amal qiladi. Yuklovchi NHVLda “a person who loads or unloads any goods on or from a heavy vehicle” sifatida ta’riflanadi [3]. U o‘zining ehtiyotsiz yoki beparvo harakatlari orqali transport vositasiga ortiqcha yuk yuklagan bo‘lsa, bevosita ma’muriy yoki fuqarolik javobgarlikka tortilishi mumkin. NHVLning 592-moddasida aytilishicha, og‘irlik me’yorlarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga 50 000 Avstraliya dollarigacha jarima belgilanadi [2]. National Heavy Vehicle Regulator (NHVR) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil davomida 2500 dan ortiq tekshiruvlarda yuklovchilarning 38 foizida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan [4]. Bu yuklovchilarning roli va javobgarligi transport xavfsizligi nuqtai nazaridan nihoyatda muhimligini tasdiqlaydi. Olimlar ushbu yondashuvni yuqori baholaydilar. Edwards, J. R. o‘z izlanishlarida CoR yondashuvi orqali transport sohasida ortiqcha yuk ortilishi, haddan tashqari yuklama, mehnat bosimi va nohalol buyruqlar kamayganini ta’kidlaydi [5]. Bu, o‘z navbatida, yo‘l- transport hodisalari sonining kamayishiga olib kelgan. Yuklovchilarning javobgarligi quyidagilarda ifodalanadi: ➢ Transport vositasining texnik yuk ko‘tarish quvvatiga rioya qilmasdan yuk ortish; ➢ Ortiqcha yukni bila turib yuklash; ➢ Yukning beqaror joylashtirilishi natijasida xavfsizlik tahdidining yuzaga kelishi; 206 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2025) / ISSN 2181-1415 ➢ Yuk ortishda boshqa ishtirokchilarga (masalan, haydovchiga) bosim o‘tkazish [2]. Yevropa Ittifoqi: 2015/719-sonli Direktiva Yevropa Ittifoqi (YeI) miqyosida xalqaro yuk tashuvlari va ichki transport harakatlarining barqarorligini ta’minlash, ekologik xavfsizlikni oshirish va yo‘l infratuzilmasini himoya qilish maqsadida 2015/719-sonli Direktiva qabul qilingan. Ushbu hujjat 1996-yildagi 96/53/EC Direktivasiga o‘zgartirish kiritgan bo‘lib, yuk tashish vositalarining maksimal og‘irlik va o‘lchamlarini qat’iy tartibga soladi [6]. Direktivaning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqi bo‘ylab og‘ir yuk avtomobillari harakatini standartlashtirish, a’zo davlatlar o‘rtas
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной научной статье всесторонне анализируется грузоотправитель, проблема правовой ответственности грузоотправителя перевозчик, (грузопогрузчика) в случаях перегруза при автомобильных водитель, пере…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной научной статье всесторонне анализируется грузоотправитель, проблема правовой ответственности грузоотправителя перевозчик, (грузопогрузчика) в случаях перегруза при автомобильных водитель, пере… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- loader, liability based on advanced legal practices in Australia, the, carrier, chain of responsibility, водитель, tashuvchi, ma’muriy javobgarlik, driver, yuk tashish shartnomasi, chain of responsibility (mas’uliyat zanjiri), haydovchi, administrative liability, договор перевозки груза, carriage of goods contract, ortiqcha yuk, overloading, перевозчик, цепочка ответственности, грузоотправитель, yuklovchi, перегруз, административная ответственность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026