К содержанию
РецензированоRU2025

Меры по предупреждению насилия в отношении детей через призму международного опыта

Abbos ABDUGOFAROV

Общество и инновации · 6 · 513-516 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются эффективные Права ребенка, правовые и институциональные механизмы насилие, предупреждения насилия в отношении детей на примере международный опыт, Норвегии, Исландии и Финляндии. Анализируются правовая защита, профилактика, концепции «нулевой толерантности», межведомственное специализированные службы и системы комплексной сотрудничество. защиты детей. На основе международных стандартов обосновывается необходимость совершенствования национального законодательства Узбекистана, усиления превентивных мер и пересмотра санкций против лиц, совершающих насилие над детьми. Qonunchilikni takomillashtirish jarayonida xorijiy tajribani o‘rganish amaliy va nazariy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, u muvaffaqiyatli modellarni aniqlash, ularni milliy huquqiy tizimga moslashtirish, mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda xalqaro standartlarga muvofiq normalarni joriy etish imkonini yaratadi. Bu orqali qonunchilik zamonaviy ehtiyojlarga moslashtiriladi, inson huquqlari, jumladan bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlar bajariladi va innovatsion yondashuvlar asosida huquqiy islohotlar samaradorligi oshiriladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni takomillashtirishda xorijiy davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xalqaro standartlar asosida samarali yondashuvlarni shakllantirish, mavjud huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish hamda milliy qonunchilikni global tajribaga uyg‘un holda rivojlantirish imkonini beradi. Ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan umumiy profilaktik chora-tadbirlarni belgilaydigan mukammal qonun hujjatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Xususan, Norvegiya Qirolligi qonunchiligi ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or va tizimli yondashuvi bilan alohida e’tiborga loyiqdir. Mamlakatning qonunchiligida bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularni har qanday shakldagi zo‘ravonlik va tahdidlardan himoyalash maqsadida bir qator ilg‘or huquqiy hujjatlar mavjud. Jumladan, “Bola va ota-onalar to‘g‘risida”gi (the Children Act)[1] hamda “Bolalar faravonligi to‘g‘risida”gi (Child Welfare Act)[2] qonunlari barcha bolalarga, ularning fuqaroligi yoki huquqiy maqomidan qat’i nazar, teng himoya kafolatlaydi. Ushbu qonunlar bolalarning daxlsizligini buzuvchi har qanday zo‘ravonlik yoki tahdidni, jumladan ta’lim muassasalaridagi zo‘ravonlik holatlarini qat’iyan taqiqlaydi. Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab ta’lim tizimida bulling, kamsitish va zo‘ravonlikka nisbatan “nol tolerantlik” siyosati joriy etilib, bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom o‘quv muhitini ta’minlash huquqiy maqsad sifatida belgilangan. Shuningdek, har bir munitsipalitetda faoliyat yuritadigan “Barnevernet” — bolalarni himoya qilish xizmati bolalarning farovonligi va xavfsizligini ta’minlashda muhim institutsional mexanizm hisoblanib, u bolalar hamda ularning ota-onalariga maslahat, ko‘mak hamda zarur 514 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 hollarda himoyaviy choralarni amalga oshirish vakolatiga ega[3]. “Barnevernet” xizmatining asosiy vazifalaridan biri[4] – bolalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida zo‘ravonlik yoki beqarorlik holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘lib, ayrim holatlarda bolani ota-onasidan ajratish kabi majburiy choralarni qo‘llashni ham nazarda tutadi. Mazkur mexanizmni xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribalardan biri sifatida baholash mumkin, zero u zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolani daxlsizligiga tahdid solayotgan shaxsdan samarali tarzda himoya qilish imkonini beradi. Islandiyada davlatida ham bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi va samarali institutsional mexanizm shakllangan. Mazkur tizim bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligi, xavfsizligi hamda har tomonlama barqaror rivojlanishini kafolatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Xususan, Islandiyada amal qiluvchi “Bolalar to‘g‘risidagi qonun” (Children’s Act No. 76/2003)[5] bolalar huquqlarini ta’minlash va oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda muhim normativ hujjat hisoblanadi. Ushbu qonun ota-onalarning majburiyatlari, farzandlikka olish, aliment majburiyatlari hamda oilaviy munosabatlar sohasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi. Eng muhimi, mazkur qonunda har bir bolaning o‘z fikrini erkin bildirish huquqi kafolatlanadi, shuningdek, bolalarga nisbatan har qanday shakldagi zo‘ravonlik va kamsitish qat’iy taqiqlanadi. Shu bilan birga, Islandiyada Bolalarni himoya qilish bo‘yicha davlat agentligi (Government Agency for Child Protection)[6] faoliyat yuritadi. Ushbu agentlik bolalarni himoya qilish sohasida davlat siyosati yuzasidan mu

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются эффективные Права ребенка, правовые и институциональные механизмы насилие, предупреждения насилия в отношении детей на примере международный опыт, Норвегии, Исландии и Ф…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются эффективные Права ребенка, правовые и институциональные механизмы насилие, предупреждения насилия в отношении детей на примере международный опыт, Норвегии, Исландии и Ф… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Child rights, mechanisms to ensure stronger child protection systems in, правовая защита, institutsional mexanizmlar, legal protection, violence, насилие, международный опыт, zo‘ravonlik, Права ребенка, international experience, Bolalar huquqlari, huquqiy himoya, профилактика, profilaktika, межведомственное сотрудничество, institutional mechanisms, prevention, xalqaro tajriba
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники