К содержанию
РецензированоRU2025

Актуальные аспекты усиления взаимодействия правоохранительных органов в профилактике правонарушений

Odina ZAKIROVA

Общество и инновации · 6 · 286-289 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается актуальность и практическая профилактика значимость межведомственного сотрудничества правонарушений, правоохранительных органов в сфере профилактики правоохранительные правонарушений. Анализируется существующее состояние органы, межведомственное правовой базы, выявляются пробелы в нормативных актах сотрудничество, и институциональные трудности. Особое внимание законодательство, уделяется необходимости совершенствования механизмов ИКТ, координации, цифровизации профилактических Цифровой Узбекистан. мероприятий и повышения профессиональных ценностей сотрудников в контексте реализации Стратегии «Цифровой Узбекистан – 2030». So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga jinoyatlarni fosh etish bilan bir qatorda, ularning profilaktikasi, ya’ni sodir etilishining oldini olish vazifasi ham yuklatilgan. Ayniqsa, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda organlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot almashinuvi va o‘z vaqtida ta’sirchan choralar ko‘rish tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, turli idora va tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarining samarasizligi ayrim hollarda huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligining amaliy ahamiyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ilmiy-huquqiy asosda tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba asosida tizimli yondashuvlarni joriy etish orqali huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi, samarali mexanizmlarni shakllantirish zarurati asoslab beriladi. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-sonli Qonuni mamlakatimizda jinoyatlar bilan bir qatorda ma’muriy huquqbuzarliklarning ham oldini olishga, shuningdek fuqarolarda qonunlarga hurmat va huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi. Mazkur sohadagi munosabatlar ichida eng ustuvor yo‘nalish – huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi samarali va tizimli hamkorlik hisoblanadi. Zero, mazkur subyektlar o‘rtasidagi hamohanglik ta’minlanmas ekan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika tadbirlarining samaradorligiga erishish imkoni cheklanib qoladi. Biroq, milliy qonunchilikni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hamkorlik masalalari hali ham yetarli darajada huquqiy tartibga solinmagan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida 287 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415 asosiy e’tibor faqat ichki ishlar organlari tayanch punktlarining faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, ular ko‘p hollarda yagona hamkorlik maskani sifatida qaralib kelingan. Natijada, profilaktika inspektorlarining jamoatchilik tuzilmalari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati faqat ayrim qonunosti normativ- hujjatlar doirasida tartibga solingan, xolos. Bu esa profilaktika sohasida tizimli va huquqiy jihatdan barqaror hamkorlik mexanizmlarini yaratish zarurligini anglatadi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun normalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik nuqtai nazaridan tahlil etilganda, qonunda mazkur organlarning o‘zaro munosabatlari asosan “tegishli organlar va muassasalarga zarur axborotni taqdim etish” kabi umumiy vakolatlarni qayd etish bilan cheklanganligi kuzatiladi. Aslida esa, qonunning 4-moddasida huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalaridan biri sifatida “profilaktik tadbirlarni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish” belgilangan. Ammo amalda ushbu muhim vazifaning to‘laqonli huquqiy mexanizmi yaratilmagan. Qonun normalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi institutsional hamkorlikning shakllari, tartibi va mexanizmlari aniq belgilab berilmagani profilaktika sohasidagi vazifalarni samarali bajarishda muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayni shu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishga intilish natijasida, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 2014-yil 14-maydagi dastlabki tahririda 20-modda orqali “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar” instituti joriy etilgan. Biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikning aniq huquqiy mexanizmi va amalga oshirish tartibi to‘liq ishlab chiqilmaga

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается актуальность и практическая профилактика значимость межведомственного сотрудничества правонарушений, правоохранительных органов в сфере профилактики правоохранительные правонар…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается актуальность и практическая профилактика значимость межведомственного сотрудничества правонарушений, правоохранительных органов в сфере профилактики правоохранительные правонар… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
offense prevention, professional values among law enforcement personnel within, legislation, Цифровой Узбекистан, Raqamli O‘zbekiston, inter-agency cooperation, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, законодательство, межведомственное сотрудничество, ИКТ, Digital Uzbekistan, law enforcement agencies, ICT, qonunchilik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Профилактика правонарушений, правоохранительные органы, idoralararo hamkorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники