К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH VA IQTISODIY OʻSISHNI JADALLASHTIRISH OMILLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Abdunazarov Saidaxmat Abdumalikovich · Mirsaidov Mirazim Sanjar o‘g‘li

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Maqolada invistitsiya turlari, investitsiya kiritish, qurilishda pudratchi vazifalari, investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli, mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi haqida maʼlumot berilgan Kalit so‘zlar: Investitsiya, pudratchi, investitsion fondlar, moliyaviy mablag‘lar, aylanma mablagʻlar, tenderlar Annotation: The article describes the types of investment, investment, contractor tasks in construction, the role of investment in economic security, attracting investments and economic security by increasing the investment attractiveness of the country, competitiveness of the economy Keywords: Investment, contractor, investment funds, financial funds, working capital, tenders Investitsiya (lotincha: investio - “oʻrash”) - iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy- iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar - investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi - davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi - xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya - xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan 43 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya - aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, real investitsiya - moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oʻtgan va joriy yilga berilgan nomlar ham aynan ivestitsiya muhitini rivojlantirish bilan bogʻliq ekanligi fikrimizni isbotlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlis deputatlariga yoʻllagan murojaatnomasida ushbu masalaga alohida urgʻu berildi. Jumladan, oʻtgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan olib borilgan hamkorlik natijalariga koʻra, mamlakatimizda investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etgani, shuningdek, chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarni tashkil etuvchi 456 ta loyiha amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Prezidentimiz ushbu koʻrsatkichlarga ahamiyat qaratar ekan, keng miqyosli investitsiyalar yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil boʻlishini alohida taʼkidlab, shunday dedi: “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi”. Haqiqatan ham, iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etishga erishish koʻplab sohalar, tarmoqlar hamda hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi va tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga ulkan poydevor boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda investitsiya muhiti barqarorligini taʼminlashda umumiqtisodiy, meʼyoriy-huquqiy, ekologik shart-sharoitlar, moliyalashtirishning bozor mexanizmlari, axborot taʼminoti va boshqalar muhim 44 SOLUTION O

Доказательный фрагмент

«Maqolada invistitsiya turlari, investitsiya kiritish, qurilishda pudratchi vazifalari, investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli, mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali investitsiyalarni jalb qilis…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada invistitsiya turlari, investitsiya kiritish, qurilishda pudratchi vazifalari, investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli, mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali investitsiyalarni jalb qilis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Investment, contractor, investment funds, financial funds, pudratchi, investitsion fondlar, moliyaviy mablag‘lar, tenderlar, aylanma mablagʻlar, Investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники