Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH
TASHKIL QILISH · Mayliyeva Nasiba Axmedovna
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg‘ulotlar ularning foydasi, bolalar kelajagi uchun ta’siri yoritilgan. Bolalarga mashg‘ulotlarni o‘zlari erkin holda tanlashlariga imkon yaratish ularning kelajakda o‘zlarining mustaqil fikri, o‘zlarining shaxsiy qarori shakllanishiga zamin yaratishiga poydevor bo‘lishini har bir ota – ona, nainki, farzand tarbiyasi uchun mas’ul hisoblangan har bir shaxs anglagan bo‘lmog‘i lozim. Kalit so‘zlar: pedagog - tarbiyachi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiya dasturi, informatsiya, frontal mashg‘ulot, ekskursiya, gigiyenik tarbiya, xulq madaniyati, didaktik o‘yinlar, fikr yuritish malakasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan xar bir pedagog - tarbiyachi bolalar uchun avvalo ona, do‘st va albatta ota kabi bo‘lishi lozim. Chunki, ona kabi – mehribon, g‘amxo‘r va jonkuyari bo‘lmasa kerak. Do‘st esa insonni chin qalbdan va samimiy tushuna oladi. Har qanday sharoitda chin do‘stga suyansa bo‘ladi. Ota – xayotdagi har bir farzand atalmish shaxsning, xox u katta bo‘lsin, xox kichkina bola bo‘lsin xaqiqiy va beminnat suyanchimiz, qalqonimizdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ham har bir bola uchun ana shunday ma’suliyatli vazifani zimmasiga olgan holda faoliyat yuritadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi oylik, yillik, haftalik mavzular Xalq ta’limi tomonidan aniq va ravshan tuzilgan bo‘lishiga qaramay, mohir tarbiyachi uni to‘ldira oladi. Chunki bolalar bir xillikdan zerikadilar. Shunga muvofiq tarbiyachi har bir kun uchun yangilik qilishi, bolalarni mashg‘ulotga jalb qila olishi lozim. Albatta, bolalarning qiziqishlarini xam inobatga olgan holda faoliyat boradi. Chunki, har bir bolaning alohida qiziqishlari, alohida dunyosi bor. Shunga muvofiq, bolalarga rivojlantiruvchi markazlarni tanlashiga imkon yaratish lozim. Mashg‘ulot ta’lim muassasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigiyenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi. Mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni tashkil etish shaklidir. Ta’lim 77 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi. Ta’lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatiga, o‘tkazish joyiga shuningdek, kun tartibida egallagan o‘rniga qarab bir-biridan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o‘yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg‘ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi. Mashg‘ulot maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot orqali bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi. Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topog‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishning talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs- o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi. Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang‘ich sinflarda dastur materialini yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg‘ulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashg‘ulotlarda bola
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg‘ulotlar ularning foydasi, bolalar kelajagi uchun ta’siri yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim tizimidagi mashg‘ulotlar ularning foydasi, bolalar kelajagi uchun ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktabgacha lim, mashg ulot, mashg ulotlar, lim tashkilotida, bolalarga lim, kun tartibida, lim berish
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019