К содержанию
РецензированоRU2026

SOTSIAL SEMALI LEKSEMALAR SINONIMIYASI

Qobilova Mahbuba Muminjonovna · ORCID ID: ---

Interpretation and researches · 1 · 204-206 · 2026

Аннотация

В данной статье проанализированы синонимические отношения лексем с социальной семантикой в лексике узбекского языка. Рассмотрены проявления синонимии среди лексем, отражающих социальное содержание, их абсолютные и семантические виды, а также их связь с вариантностью и паронимией. Исследуются стилистические особенности. На основе анализа Толкового словаря узбекского языка (O‘TIL) освещено употребление синонимических единиц в речи и их связь с социальными отношениями в обществе. Также раскрываются причины образования синонимов и их культурно-языковое значение. Keywords: social seme, synonymy, absolute synonym, semantic synonym, paronym, variation, social lexicon Ключевые слова: социальная сема, синонимия, абсолютный синоним, семантический синоним, пароним, вариантность, социальная лексика. 119 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Kirish (Introduction) Til leksik tizimi murakkab va ko‘p qatlamli hodisalar majmuasidan iborat bo‘lib, uning asosiy jihatlaridan biri sinonimiyadir. Ayniqsa, ijtimoiy (sotsial) semaga ega bo‘lgan leksemalarning sinonimiyaviy munosabatlari tilshunoslikda muhim o‘rinni egallaydi. Sotsial semali leksemalar jamiyatdagi ijtimoiy mavqe, oila a’zolari, qarindoshlik munosabatlari, kasb-kor va maqomni ifodalovchi so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada ushbu leksemalar doirasida mavjud bo‘lgan sinonimiyaviy munosabatlar, ularning shakllanish sabablari, til tizimidagi o‘rni va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Metodologiya (Methods) Tadqiqotda qiyosiy-taqqoslov, tavsifiy-analitik hamda matn tahlili metodlaridan foydalanildi. Asosiy manba sifatida O‘zbek tilining izohli lug‘ati (O‘TIL) (2 tomli va 6 jildli nashrlar)da uchraydigan sotsial semali leksemalarning izohlari va ular orasidagi sinonimiyaviy munosabatlar tahlil qilindi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotidan olingan badiiy misollar orqali leksemalarning nutqiy realizatsiyasi ko‘rib chiqildi. Natijalar (Results) Tahlil natijalari quyidagi xulosalarni berdi: 1. Sotsial semaga oid sinonimik leksemalar ikki guruhga bo‘linadi: - Absolyut sinonimlar: rafiqa – zavja, zaifa – ojiza, yetim – sag‘ir, xolavachcha – bo‘la, buvak–chaqaloq. - Semantik sinonimlar: aka – og‘a, yigit – bo‘zbola, qiz – bo‘yqiz, chol- mo‘ysafid, uka - ini. 2. Variantlilik va shevaviylik sinonimiyaga yaqin hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi: bobo – buva – bova va boshqalar. 3. Sinonimik qatorlar ijtimoiy munosabatlar va madaniy qadriyatlar asosida shakllangan: beva–tul–yesir. 4. Rasmiy va norasmiy uslublar sinonimik birliklarning qo‘llanishini belgilaydi. Sinonimlar kabi paronimlar ham, ayniqsa, bir xil asosli paronimlar ma’noviy jihatdan bir-biriga yaqin leksemalardir. Ammo paronimlarda ma’noviy bir xillik, aynanlik, to‘la o‘xshashlik bo‘lmaydi, sinonimlarda esa ma’no jihatdan moslik mavjud bo‘ladi, xususan, bu xususiyat leksema ma’nosining qismlarida, tarkibida, elementlarida kuzatiladi. Masalan, beva, tul, yesir. Eri o‘lgan va boshqa kishining nikohiga o‘tmagan ayol. Beva so‘zi xotini o‘lgan va boshqa bilan nikoh qurmagan erkakni ham bildiradi. Yesir so‘zi beva va tul so‘zlariga nisbatan juda kam qo‘llanadi. U ko‘proq yetim so‘zi bilan birga juft so‘z (yetim-yesir) holida qo‘llanadi”[1;52]. Muhokama (Discussion) Sotsial semali sinonimlarning mavjudligi o‘zbek tilining boyligi, uning ifoda vositalarining rang-barangligi va ijtimoiy hayotning murakkabligidan dalolat beradi. Tilshunos olim N.Mahmudovning fikricha, terminosistemada sinonimiyaning yuzaga 120 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 kelishi asosli ravishda mavjud ilmiy bilimlarning chuqurlashuvi, yangi ilmiy paradigmalarning shakllanishi va fanning jiddiy rivoji natijasi [2;134] ekanligi qayd etiladi. Tadqiqotchi O‘.Saidovning fikricha, “ish yuritish terminlarida quyidagi holatlarda ma’nodoshlik yuzaga kelgan: – baynalmilal terminlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish orqali; –umumiste’molda qo‘llaniladigan so‘zlarning ma’nosini maxsuslashtirish orqali; – eskirgan so‘zlarni to‘laligicha iste’moldan chiqib ketmaganligi sababli [3;100]. Terminlarning ixcham, aniq, bir ma’noli bo‘lishi lozimligi haqidagi talablarning muhimligi bugungi kun tadqiqotchilari tomonidan ham ta’kidlanadi. Ushbu holat jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar, madaniy zonalar va uslubiy kontekstlarda mos keluvchi so‘z shakllarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Xulosa (Conclusion) Sotsial semali leksemalar sinonimlari o‘zbek tili leksikasida muhim semantik maydonni tashkil qiladi. Ularning mavjudligi tilning tabiiy rivojlanishidan, ijtimoiy- madaniy omillar ta’sirida shakllanayotgan nutq ehtiyojidan kelib chiqadi. Ular orqali til o‘z ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, uslubiy boylik hosil qiladi. Bu esa til o‘rganishda, lug‘at tuzishda va leksikografik izoh berishda alohida e’tibor qaratishni talab qiladi. Adabiyotlar ro‘yxati (References): 1. Ҳожиев А. Ўзбек тил

Доказательный фрагмент

«В данной статье проанализированы синонимические отношения лексем с социальной семантикой в лексике узбекского языка.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье проанализированы синонимические отношения лексем с социальной семантикой в лексике узбекского языка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social seme, synonymy, absolute synonym, semantic synonym
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
THEORY AND PRACTICE OF TRANSLATION

ИсследовательNazirova Diyoraxon, Ahmedov Azimjon2025

5