К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU NASR FOROBIYNING ‘FOZIL ODAMLAR SHAHRI’ ASARIDA FUQAROLIK JAMIYATI TAMOYILLARI: NAZARIY TAHLIL VA ZAMONAVIY TALQIN

ZAMONAVIY TALQIN · To‘ramurodov Jo‘rabek Normurod o‘g‘li

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article provides an in-depth examination of Abu Nasr Muhammad al-Farabi (870–950)—known as the “Second Teacher”—and his contributions to Islamic classical philosophy. It analyzes how al-Farabi synthesized Platonic and Aristotelian ideas with Islamic thought, leading to his conception of the “City of the Virtuous” (al-Madīna al-Fāḍila). The study covers his key political- philosophical principles: the harmony of reason and revelation, the primacy of virtue and justice, a merit-based social hierarchy founded on knowledge and moral excellence, and the distinct functions of society’s various strata. Special attention is paid to his distinction between virtuous governance (siyāsat al-fāḍila) and ignorant governance (siyāsat al-jāhila), as well as the lasting impact of his ideas on modern notions of civil society and democratic values. Keywords: Al-Farabi; al-Madīna al-Fāḍila; “City of the Virtuous”; Islamic philosophy; political philosophy; virtue; justice; meritocracy; civil society; forms of governance. 131 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Abu Nasr Muhammad Forobiy (870–950) – islom falsafasi tarixida ilk marta muayyan falsafiy maktab asos solgan va o‘z davrining eng yirik faylasufi sifatida tan olingan mutafakkirdir. U ilm-fan, axloq, dinshunoslik va siyosiy tafakkur sohalarini chuqur tahlil qilgan va G‘arb falsafasi, xususan Platon hamda Arastu ta’sirini islomiy tafakkur tizimi bilan sintez qilgan. Aynan shu faoliyati uni “al-Muallim as-Soniy” — “Ikkinchi muallim” maqomiga olib chiqdi, bu unvon unga Arastu (birinchi muallim)dan keyingi eng yirik bilim arbobi sifatida berilgan. Forobiy ayniqsa mantiq ilmi sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanilgan bo‘lib, Arastu va Ibn Rushdning izdoshlari tomonidan yuqori baholangan. Uning falsafiy faoliyati nafaqat metafizikani, balki siyosat, ijtimoiy muhandislik, ma’naviy-axloqiy yetuklik va jamiyat tuzilmalarini ham qamrab olgan. U Platonning “Ideal davlat” konsepsiyasini yangicha talqin qilgan va uni islomiy- falsafiy asoslar bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘zining “Fozil odamlar shahri” (al- Madina al-Fazila) konsepsiyasini yaratgan. Aynan shu qarashlari uni musulmon Sharqida siyosiy falsafa asoschisi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi.[1] Har bir inson yaxshi odob va axloqqa ega bo ̳lishi, aytgan so z̳ ini bajarishi, yomon ishlarni qilmasligi, axloq qonun-qoidalarini bilishi va ularga qarshi chiqmasligi lozimligi haqida ham ta k̳ idlagan. Ilmi va o ̳zidan katta insonlarni doimo hurmat qilishi o ̳zi bilgan ilmini yon atrofdagilarga o r̳ gatishi kerakligini uqtrib borish kerak‖degan fikrlar bayon etilgan.[1] Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari — islom falsafasi tarixida nafaqat siyosiy-ijtimoiy tafakkurning yuksak namunasi, balki mukammal jamiyat konsepsiyasini nazariy jihatdan asoslovchi eng muhim manbalardan biridir. Forobiy o‘zining bu asarida jamiyat tuzilishi, boshqaruv mexanizmi, axloqiy qadriyatlar va ilmga asoslangan ijtimoiy tartibning zaruriyati haqida chuqur falsafiy mulohazalar yuritadi.[2] Mutafakkir ideal jamiyatni “fozil jamiyat” deb ataydi va uni shunday ta’riflaydi: “Fozil shahar – bu rahbari va aholisi haqiqiy baxtga erishish yo‘lida faoliyat yuritadigan jamiyatdir” (Forobiy, Madinat al-Fazila). Bu jamiyatda rahbar ilmli, donishmand, jasoratli va axloqiy jihatdan yuksak fazilatga ega bo‘lishi kerak. Forobiyning ta’kidlashicha, rahbar “borliq haqidagi to‘liq bilimga ega bo‘lgan, jamiyatni haqiqat tomon yetaklay oladigan shaxsdir”. Shuningdek, Forobiy jamiyatning muvaffaqiyati rahbardan tashqari, oddiy fuqaro ongining yuksakligi bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlaydi. Har bir fuqaro o‘z ijtimoiy rolini anglab, ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qilgan holda faol ishtirok etishi kerak. U shunday deydi: “Adolat – bu har bir insonning o‘z o‘rnida bo‘lishidir”, ya’ni ijtimoiy tizimda har kim o‘z joyini egallab, mas’uliyatini ado etmog‘i zarur. 132 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Asarda ilm, axloq va adolat boshqaruvning ustun mezonlari sifatida ko‘rsatiladi. Bu tamoyillar orqali Forobiy mukammal jamiyatning nazariy modelini yaratadi. Bugungi fuqarolik jamiyati tushunchasi ayni shu qadriyatlarga tayangan bo‘lib, shaxsiy erkinlik, ijtimoiy mas’uliyat va qonun ustuvorligi kabi zamonaviy demokratik tamoyillarni o‘zida mujassam etadi.[3] Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari hozirgi zamonda fuqarolik jamiyatining tarixiy-falsafiy ildizlarini aniqlashda, unga nazariy asos yaratishda va demokratik qadriyatlarni islomiy tafakkur doirasida talqin etishda o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Abu Nasr Forobiyning nazarida siyosatshunoslik – bu shunchaki davlatni boshqarish san’ati emas, balki inson xulqi, ijtimoiy tartib va ma’naviy yetuklikni ilmiy asosda o‘rganuvchi mukammal ijtimoiy fan sifatida qaraladi. U siyosiy fanni ixtiyoriy xatti-harakatl

Доказательный фрагмент

«This article provides an in-depth examination of Abu Nasr Muhammad al-Farabi (870–950)—known as the “Second Teacher”—and his contributions to Islamic classical philosophy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides an in-depth examination of Abu Nasr Muhammad al-Farabi (870–950)—known as the “Second Teacher”—and his contributions to Islamic classical philosophy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Al-Farabi, al-Madīna al-Fāḍila, “City of the Virtuous”, Islamic
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
THEORY AND PRACTICE OF TRANSLATION

ИсследовательNazirova Diyoraxon, Ahmedov Azimjon2025

5