К содержанию
РецензированоRU2026

ARAB TILSHUNOSLIGIDA JOMIYNING METODIK YONDASHUVI

Uxtamov Bexruz

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

"Фавоидуз Зиёийя" — важный труд по грамматике арабского языка, в котором подробно рассматриваются правила синтаксиса, теоретические и практические основы языковой структуры. В данной статье анализируются лингвистические методы Джамии, систематизация грамматики в его работе, а также подход к аргументации посредством Корана и хадисов. Кроме того, проводится сравнительный анализ различных взглядов и подходов в науке о нахве. Ключевые слова: Арабский язык, нахв, Джамий, "Фавоидуз Зиёийя", грамматический анализ, аргументация Кораном, Сибавайх, Ибн Малик, лингвистика, суфизм Annotation: "Favoiduz Ziyoiyya" is a significant work on Arabic grammar, providing a systematic analysis of syntactic rules, theoretical and practical aspects of linguistic structure. This article explores Jami’s linguistic methods, grammatical systematization in his work, and the approach to argumentation using the Quran and Hadith. Additionally, it presents a comparative analysis of various perspectives and methodologies in Nahw studies. Keywords: Arabic language, Nahw, Jami, "Favoiduz Ziyoiyya", grammatical analysis, Quranic argumentation, Sibawayh, Ibn Malik, linguistics, Sufism. "Favoiduz Ziyoiyya" asari arab tili grammatikasiga oid muhim manbalardan biri bo‘lib, mazkur asar yillar davomida Sharq filologiyasi va tilshunosligi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Ushbu dissertatsiya mazkur asarda keltirilgan baytlarning grammatik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, tilshunoslik nuqtai nazaridan asarning o‘rganilishi ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi kunda arab tili grammatikasini chuqur o‘rganish va ta’lim jarayonida ilmiy tahlil qilish zarurati mavjudligi ushbu mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi. 128 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Jomiy o‘z sharhida qoidalarning asoslanishini nafaqat grammatik tuzilma, balki misollar va she’riy shohidlar orqali mustahkamlaydi. Sibavayhning "Al-Kitob" asarida qoidalar ko‘proq qabul qilingan qoidaviy formulalarga asoslangan, Ibn Molik esa "Alfiyya"da o‘z nazariyalarini she’r shaklida yozishga urg‘u beradi. Jomiy bu ikki yondashuvni birlashtirib, amaliy va nazariy jihatlarni muvofiqlashtirgan. Jomiyning yondashuvi, ayniqsa, zamonaviy tilshunoslikka o‘tishda muhim oraliq bo‘lib xizmat qiladi. U "Favoiduz Ziyoiyya" asarida grammatik birliklarni zamonaviy tahlilga yaqinlashtiruvchi metodologik elementlarni ham kiritgan bo‘lib, bu jihatdan u klassik va zamonaviy lingvistika o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. "Favoiduz Ziyoiyya" Ibn al-Xojibning "Kofiya"siga yozilgan sharh bo‘lib, u grammatik qoidalarni kontekstual tahlil qiladi. Bu borada u asosan al-Zamakhshariy va al-Suyutiyning izohlariga yaqin yondashadi, lekin stilistik ohang va mantiqiy uzviylikda alohida metodikani shakllantirgan. Jomiyning sharhlarida faqat grammatik izoh emas, balki til strukturasining mantiqiy asoslari va ma’no qatlamlari ham yoritilgan. Jomiy didaktik jihatdan o‘quvchilar uchun qulay tahlil uslubini tanlagan. Uning sharhlari nafaqat matnni tushuntiradi, balki o‘quvchining mustaqil fikrlash ko‘nikmasini ham shakllantiradi. Bu jihatdan u Sibavayhning faqat qoidaviy bayoni yoki Ibn Molikning qisqa she’riy kodlashidan farq qiladi. Jomiyning asarida bayon etilgan fikrlar pedagogik jihatdan puxta tuzilgan bo‘lib, har bir grammatik qoida izchil yoritiladi va ko‘p hollarda muqobil misollar bilan mustahkamlanadi. Bu jihat uni nafaqat nazariy, balki amaliy tillarni o‘qitishda ham universal qo‘llanma sifatida qadrlash imkonini beradi. "Favoiduz Ziyoiyya"dagi til strukturasi zamonaviy grammatik nazariyalar bilan ham uyg‘unlashadi. Xususan, tahlil metodlari hozirgi sintaktik analiz, konstruktsion grammatika va semantik qoidalar bilan uyg‘unlashuv nuqtalariga ega. Asarda morfologik birliklar (ism, fe’l, harf) turli pozitsiyalarda qanday semantik yuklama olishini ko‘rsatuvchi misollar keltirilgan. Bu, ayniqsa, arab tilining mantiqiy tizimini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar va tadqiqotchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Faqatgina qoidani berish emas, balki ularning nutqiy voqealanishi va til unsurlari orasidagi bog‘liqlik kabi jihatlar ham chuqur tahlil qilingan. Qur’on bilan istishhod (dalillanishi) Shubhasiz, Qur’oni Karim arab bayon uslublari jihatidan eng yuqori cho‘qqida, balog‘at va fasohatning eng oliy darajasidadir. U Alloh taoloning mo‘jizaviy kalomi bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga amin farishta Jabroil orqali nozil qilingan. Bu muqaddas kalom hech qanday nuqson aralashmagan, oldidan ham, orqasidan ham botil kirib kelolmaydigan muhitda nozil qilingan. Qur’on bashariyat tarixida eng ishonchli matn hisoblanadi. 129 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Muallifning Qur’on oyatlarini istishhod (dalil keltirish)dagi pozitsiyasi esa undan oldin o‘tgan arab tilshunoslari va nahv ilmi ulamolari kabi bo‘lib, Qur’onga nihoyatda katta e’tibor

Доказательный фрагмент

«"Фавоидуз Зиёийя" — важный труд по грамматике арабского языка, в котором подробно рассматриваются правила синтаксиса, теоретические и практические основы языковой структуры.»

Образец извлечения

Демо-превью

"Фавоидуз Зиёийя" — важный труд по грамматике арабского языка, в котором подробно рассматриваются правила синтаксиса, теоретические и практические основы языковой структуры. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arabic language, Nahw, Jami, "Favoiduz Ziyoiyya", grammatical
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники