МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИБадриддин МАКСУДЗОДА2025
INGLIZ TILIDA FRAZEOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Qodirova Xurshida Baxodirovna · Iskandarov Farrux Yodgor o‘g‘li
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается роль фразеологических единиц в английском языке, их семантические и структурные особенности, а также значение в обучении. Идиоматические выражения отражают образность и культурное богатство языка, способствуя естественности и выразительности речи изучающих. Также анализируются методы изучения фразеологизмов. Kalit so‘zlar: frazeologiya, ingliz tili, idiomalar, nutq ifodaliligi, til o‘rgatish, barqaror birikmalar, madaniy mazmun. Keywords: phraseology, English language, idioms, speech expressiveness, language teaching, fixed expressions, cultural content Ключевые слова: фразеология, английский язык, идиомы, выразительность речи, преподавание языка, устойчивые выражения, культурное содержание. Kirish. Frazeologiya — bu tilshunoslikning muhim va murakkab bo‘limlaridan biri bo‘lib, u tilda mavjud bo‘lgan barqaror so‘z birikmalarining, ya’ni frazeologik birliklarning tuzilishi, ma’nosi, qo‘llanishi va funksiyalarini o‘rganadi. Frazeologik birliklar (idiomalar, iboraviy birikmalar, maqollar va boshqalar) har bir tilning milliy- mental va madaniy xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘ladi. Ayniqsa, ingliz tilida bu birliklar nutqning ajralmas va faol qismidir. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot metodologiyasi 98 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 A.V. Kunin (Rossiyalik frazeolog) frazeologiyaga “Frazeologiya har bir tilning milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi va tilning boyliklarini tashkil qiluvchi eng muhim bo‘limlaridan biridir,”-deb ta’rif beradi. U ingliz tilidagi frazeologizmlarni milliy madaniyat bilan bog‘lab o‘rganishni va frazeologizm til o‘rganishda madaniy tafakkurni anglash vositasi ekanini ta’kidlaydi. A. V. Kunin — rus tilshunosligi va frazeologiyasi bo‘yicha taniqli olim bo‘lib, u ingliz tilidagi frazeologiyani o‘rganish va tasniflashda chuqur metodologik yondashuvni ishlab chiqqan. Uning metodologiyasi nafaqat frazeologik birliklarni aniqlash, balki ularni semantik, grammatik va stilistik jihatdan chuqur tahlil qilishni ham nazarda tutadi. Wolfgang Mieder o‘zining “Proverbs: A Handbook”, “International Bibliography of Paremiology and Phraseology”asarlarida Idiomalar va maqollar tildagi donolik va xalq tajribasining ifodasidir. Ular faqat bezak emas, balki asosiy kommunikativ vositadir, deb ta’rif beradi. Kunin ingliz frazeologiyasini strukturaviy-semantik va funksional-stilistik mezonlarga asoslanib quyidagicha tasniflaydi: Frazeologik birikmalar (phraseme) — so‘zlar ma’lum mustahkamlik bilan bog‘langan, lekin umumiy ma’nosi shaffof: to make a decision, to take a seat. 1.Frazeologik birliklar (idioms) — umumiy ma’nosi tarkibiy qismlar ma’nosidan ajralgan: to kick the bucket (vafot etmoq). 2.Frazeologik butunliklar (phraseological fusions) — tarkibiy qismlar butunlay ma’nosiz bo‘lib, faqat umumiy ma’noda tushuniladi: to blow off steam (hissiyotni tushirish). A. V. Kuninning metodologiyasi frazeologiyani chuqur ilmiy tahlil qilish va uni tizimlashtirishga asoslanadi. Bu metodologiya nafaqat frazeologik birliklarni o‘rgatishda, balki ularning mazmuniy qatlamlarini ochishda, madaniyatlararo tarjimada va ingliz tilini chuqurroq o‘zlashtirishda muhim vositadir. Ingliz tilida frazeologik birliklar juda ko‘p va xilma-xildir. Ular kundalik suhbatlardan tortib, badiiy adabiyot, jurnalistika, siyosiy nutqlar hamda ilmiy maqolalarda ham keng qo‘llaniladi. Masalan, “break the ice” (ya’ni, muhokama yoki suhbatni boshlab, noqulaylikni yo‘qotmoq), “spill the beans” (yashirin ma’lumotni oshkor qilmoq), yoki “a blessing in disguise” (dastlab salbiy tuyulgan holatning keyinchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatishi) kabi iboralar ingliz tilining obrazli, ifodali va madaniyatga boy tuzilishini namoyon etadi. Frazeologik birliklarning asosiy xususiyati ularning ko‘chma ma’noga ega ekanligidadir. Ya’ni, ular tarkibidagi so‘zlar o‘zlarining asl lug‘aviy ma’nolarini yo‘qotib, yangi, obrazli, ko‘pincha metaforik yoki metonimik ma’no kasb etadi. Shuning uchun ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish, odatda, noto‘g‘ri yoki mazmunsiz 99 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 bo‘lib chiqadi. Misol uchun, “to kick the bucket” frazasi aslida “vafot etmoq” degan ma’noni anglatadi, biroq uni so‘zma-so‘z “chelakni tepmoq” deb tarjima qilish mantiqsiz va mazmunsiz bo‘ladi. Tilshunoslar frazeologik birliklarni tahlil qilishda ko‘plab metodologik yondashuvlardan foydalanadilar. Strukturaviy yondashuvga ko‘ra, frazeologik birliklar barqaror tarkibga ega bo‘lib, ularning sintaktik o‘rni o‘zgarmaydi. Ularni bo‘lib, o‘rnini almashtirib yoki sinonim bilan almashtirib bo‘lmaydi. Semantik yondashuv esa ularning kontekstual ma’nolariga e’tibor qaratadi. Stilistik jihatdan esa frazeologik birliklar nutqqa emotsional rang berish, ifodalilikni oshirish va ma’noni kuchaytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Frazeologiyaning ingliz tili
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается роль фразеологических единиц в английском языке, их семантические и структурные особенности, а также значение в обучении.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается роль фразеологических единиц в английском языке, их семантические и структурные особенности, а также значение в обучении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, English language, idioms, speech expressiveness
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesPAGE NO. -, And Uzbek +12025
American Journal of Philological SciencesPAGE NO. -, Stylistic Functionalization of Words +22025
American Journal of Philological SciencesPAGE NO. -, Scientific Approaches +12025