Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA FAOLIYATNI AMALGA OSHIRUVCHI VA UNDA ISHTIROK ETUVCHI ORGANLAR HAMDA SUBYEKTLAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Raxmonov Asadbek Abdulaxat o‘g‘li
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article presents a systematic analysis of the institutional and legal foundations of the activities of state bodies and other entities involved in the fight against corruption. Corruption is viewed as a complex socio-legal phenomenon that poses a threat to the consistency of public administration, economic development, and citizens' trust in social justice. The development of effective mechanisms to counter corruption is recognized as one of the priority areas of state policy. The article examines the responsibilities, functions, and powers of the bodies and entities responsible for anti-corruption efforts, highlighting their legal status and practical role. In conclusion, the article puts forward regulatory and institutional recommendations for improving the effectiveness of anti-corruption agencies, including clear delineation of powers, enhancing the efficiency of information exchange, strengthening civil society oversight, and increasing legal awareness among the population. Keywords: Corruption, Integrity vaccine, Anti-corruption enforcement bodies, Anti-corruption participating entities, Powers and competences of bodies and entities. Hozirda butun dunyodaga davlatlar taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan, barchani tashvishga solayotgan korrupsiya xavfi ortib bormoqda. Korrupsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli xodisa boʻlib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda oʻz maqomi va u bilan bogʻliq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishida ifodalanadi 9 . Taraqqiyotning yangi bosqichida O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini va samarasini susaytirishi mumkin bo‘lgan illat hisoblanadi. Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz” deb bejizga taʼkidlanmagan. Shu sababli, Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, 9 https://uza.uz/oz/posts/korrupsiya-jamiyat-rivojiga-xavf-soluvchi-ijtimoiy-xavfli-ho-31-07-2020 85 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi10. O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur qonunda aynan “korrupsiya” so‘ziga quyidagicha huquqiy ta’rif berib o‘tilgan: “korrupsiya” — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish11dir. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida alohida vakolatga ega bo‘lgan va bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish funksiyasini bajaruvchi institutsiyalar hisoblanib, ular bevosita davlat siyosatini shakllantiruvchi va uni amalga oshiruvchi, nazorat qiluvchi hamda korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi chora-tadbirlar ko‘ruvchi maxsus vakolatli davlat organlaridir. Ularning faoliyatini tartibga solish esa bu organlar o‘rtasida funksional taqsimot, vakolatlar doiralari, o‘zaro hamkorlik tartibi va taomili, hisobdorlik, shaffoflik va javobgarlik mexanizmlarini belgilovchi me’yoriy-huquqiy tizim tushuniladi. Mazkur tartibga solishning asosiy maqsadi – bu korrupsiyaga qarshi kurashishda institutsional muvofiqlikni ta’minlash, vakolatlarning takrorlanishini oldini olish, subyektlarning mas’uliyatini kuchaytirish, ularning faoliyatida samaradorlik va hisobdorlikni mustahkamlash va ta’minlashdan iboratdir. Ularning asosiy vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Davlat korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va korrupsiyaga qarshi strategiyalarni amalga oshirish; Korrupsiyaviy jinoyatlarni oldini olish, ularni aniqlash va tergov qilish; Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaviy-huquqiy tahlil qilish (ekspertiza bilan bog‘liq harakatlar); Davlat xizmatchilari ustidan korrupsion holatlar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish; Moliya va byudjet nazoratiga oid tadbirlarni amalga oshirish; Jamoatchilikka axborot berish va davlatning ochiqlikni siyosatini
Доказательный фрагмент
«This article presents a systematic analysis of the institutional and legal foundations of the activities of state bodies and other entities involved in the fight against corruption.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents a systematic analysis of the institutional and legal foundations of the activities of state bodies and other entities involved in the fight against corruption. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Corruption, Integrity vaccine, Anti-corruption enforcement bodies
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019