Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
MEHNAT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA OID QARASHLAR
Xolmirzayeva Jumagul Xamdamovna · Mustaqil izlanuvchi. Farg‘ona
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada mehnat madaniyatini shakllantirish jarayonlari, ularning o‘ziga xos jihatlari, bu borada sharq va g‘arb tajribasining ayrim masalalari xususida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga ushbu masalada tahlillar olib boriladi. Kalit so‘zlar: Mehnat madaniyati, ko‘nikma, malaka, loyiha, mehnatsevarlik, tajribalar, Islomda ijtimoiy kafolat. Mehnat madaniyati ko‘nikmalarini egallash uchun yoshlardan bilim, saviya, zamondan xabardorlik talab etiladi. Bular asosan ikki yo‘nalishda bo‘lib, biri o‘zi tanlagan sohasini yaxshi bilishi, ikkinchisi-davlat siyosatidan, tegishli qonun- qoidalardan, bozor iqtisodiyoti asoslaridan xabardor bo‘lish bilan bog‘liqdir. Islomshunos A.Azimov shu haqda so‘z yuritar ekan, arab olimi Muhammad ash Sharaning «Islomda ijtimoiy kafolat» nomli asaridan quyidagi parchalarni keltiradi: «Mehnat muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Odam mehnati uning aqli va tanasi faoliyatidir»6. Sharq mehnat madaniyati bilan G‘arb mehnat madaniyati o‘rtasida ma’lum tafovutlarning bo‘lishi tabiiydir. Chunonchi, Sharq mehnat madaniyatida nisbatan insof, diyonat ustivorlik qiladi. G‘arb mehnat madaniyati avval ham, hozir ham individualizm alomatlari kuchli. Agar biz Amerikadagi mehnatsevarlikni Yaponiyadagi mehnatga munosabat bilan solishtirsak, yuqoridagi fikrlarning to‘g‘riligiga amin bo‘lamiz. Dunyoning eng rivojlangan ikkita mamlakatida mehnatga munosabatning o‘ziga xos ikkita yo‘li qaror topganligi bejiz emas. Yaponiyalik professor Noriyuki Takayamaning quyidagi fikrlariga e’tibor beraylik: «Yaponiya jamiyati o‘zaro ishonch zaminiga qurilgan. Ishonchsizlikka asoslangan jamiyat fayzsiz va zerikarlidir va bu hamisha jamiyatda totuvlik bo‘lishiga monelik qiladi. Yaponiyada jamiyat bilan hamnafas yashash va o‘zi mansub jamoaga sadoqat tuyg‘usi kuchlidir. Yaponlar, azaldan, ularni nazorat qilishyaptimi, yo‘qmi, farqi yo‘q, mehnatdan erinmaydigan xalqdir. Kimki, bunday ishonchni yo‘qotgan bo‘lsa, endi u insoniy munosabatlar hukm suradigan jamoaga qayta qo‘shila olmaydi. Ishonchga putur yetkazilmasa, o‘z hayotiy ehtiyojlari va shon-shuhratini ta’minlashi mumkin. Yaponiyada kundalik ish faoliyatida tinimsiz izlanish tufayli katta bilimga ega bo‘lgan ziyolilar ko‘p. Shunga ko‘ra, har bir muassasada qaror pastdan tepaga qarab chiqib boradi. Xodimlarning yuqoridan farmoyish kutib o‘tirish hollari kamdan-kam uchraydi. Yaponiyaning yirik 6 Азимов А. Ислом ва қозирги замон.-Т.: Ўзбекистон, 1991,56-б. 67 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 korxonalariga ishga kirayotgan har bir xodim har qancha qobiliyatli bo‘lmasin, dastlab eng quyi o‘ringa joylashtiriladi va ma’lum muddat o‘tgandan keyingina uning mavqei pog‘onama-pog‘ona o‘sib boradi. Yaponiyaning yirik muassasalarida kadrlar 2-3 yilda almashib turadi. Yangi rahbar eski xodimlarni bo‘shatib yubormaydi»7. Endi mashhur tadbirkor Ken Xayashibaraning ayrim mulohazalari bilan tanishaylik. Ma’lumki, Xayashibara rahbarlik qilayotgan 17 ta kompaniya farmasevtika, kimyo va oziq-ovqat sanoati uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarish, bu borada ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda ilg‘or texnologiyalar sotishga ixtisoslashgan. «Bugungi kunda, - deydi u, - biz 10 yoki 20 yildan keyingina samara beradigan loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib boryapmiz. To‘rt-besh yilda tezkor natija beradigan ilmiy-izlanishlar bizni qiziqtirmaydi. Agar boshqa bir kompaniya biror yo‘nalishdagi tadqiqotlarda yaxshiroq natijalarga erishsa, biz bu boradagi ishlarimizni darhol to‘xtatamiz. Chunki bizning maqsadimiz faqatgina foyda olish emas. Boshqa birov muayyan yo‘nalishda sendan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyat qozonsa, unga halal berish noto‘g‘ri. Inson o‘zida ikki xususiyat mavjud bo‘lmaguncha ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqara olmaydi. Birinchidan, boshqalardan farq qilishga qattiq urinishingiz kerak. Ikkinchidan, siz juda sezgir bo‘lishingiz shart. Bu o‘rinda sezgirlik-biror narsani ko‘rganingizda uning yaxshiligini bilish yoki go‘zallik zohir bo‘lmagan narsada go‘zallikni ilg‘ay olish. Ijodiy salohiyat o‘zingizdagi mavjud bilim va tajribani turli uslublarda birlashtira olish qobiliyatidir»8. Amerika Qo‘shma Shtatlarida mehnat faoliyatida tezkor rejalar afzal hisoblanadi. Ularning 10-20 yilga mo‘ljallangan loyihalarga toqati yo‘q. Xodimlar va ishchilarning o‘z korxonasiga sadoqati ma’lum shaxsiy manfaatlar bilan bog‘langan. Bunday sharoitda ayrim korxonalarning sinishi, ishsizlikning ortib borishi, kadrlar qo‘nimsizligining kuchayishi tabiiy bir holdir. Xulosa o‘rnida mehnatga munosabatning turli shakllarni o‘rganish va ularning yaxshi tomonlari egallash yosh kadrlar faoliyatining katta muvafaqiyatlari uchun asos bo‘ladi. Bu borada sharq va g‘arb tajribasini qorishtirib o‘rganish va muxim yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytgandi mehnat madaniyati moddiy ne’matlarni yaratish va iste’mol qilish sohasida yuksak axloqiy-intellek
Доказательный фрагмент
«Maqolada mehnat madaniyatini shakllantirish jarayonlari, ularning o‘ziga xos jihatlari, bu borada sharq va g‘arb tajribasining ayrim masalalari xususida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada mehnat madaniyatini shakllantirish jarayonlari, ularning o‘ziga xos jihatlari, bu borada sharq va g‘arb tajribasining ayrim masalalari xususida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mehnat madaniyati, ziga xos, borada sharq, sharq arb, islomda ijtimoiy, ijtimoiy kafolat, sharq mehnat
Смежные источники
ИсследовательNazirova Diyoraxon, Ahmedov Azimjon2025
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021