Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
“MEZON UZ-ZAMON” ASARIDAGI MERZONLAR BAYONI
Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi · Qo‘qon DU talaba
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada Is’hoqxon To‘ra Ibrat qalamiga mansub “Mezon uz- zamon” asari haqida fikr yuritladi. Har bir menzonning keltirish sababi, muallif zamoni bilan muqoyasasiga ahamiyat beriladi. Annotation: in the article, Isaq Khan reflected on the work “Mezon uz-Zamin”, which belongs to the Torah lesson pen. The reason for each Menzon's citation is given to the importance that the author compares to the time. Kalit so‘zlar: Is’hoqxon To‘ra Ibrat, “Mezon uz-zamon”, mezonlar bayoni, tarqqiyot, madaniyat, johiliyat, ilm-ma’rifat. Keywords: is'haqkhan Torah lesson,” Mezon uz-təm", description of criteria, dispersion, culture, ignorance, science and enlightenment. XX asr o‘zbek ziyolilari orasida o‘zining milliy-ozodlik yo‘lidagi harakatlari bilan alohida o‘ringa ega bo‘lgan ma’rifatparvar adib Is’hoqxon To‘ra Ibrat shoir, yozuvchi, tilshunos, tarixshunos olim, jadid maktabdori, ilk o‘zbek matbuotchilaridan biri sifatida o‘zbek adabiy merosiga munosib hissasini qo‘shgan. Ibrat 1862- yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘iladi. Hayoti davomida ilm- ma’rifatni keng targ‘ib qilgan, qozichilik faoliyati bilan bilan birgalikda maktabdorlik bilan ham shug‘illangan. Is’xoqxon Ibrat qalamiga mansub bo‘lgan “Mezon uz-zamon” asari o‘zbek adabiyoti tarixida muhim bir manba hisoblanib, unda zamona illatlari va kamchiliklari, davr muammolari, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar, turli qatlam, tabaqa vakillarining ahvoli, millat odamlarining madaniyat va yangilanishlarni qay darajada qabul qilishi, din ulamolarining turish- tutmishi, kundalik hayotda ro‘y beruvchi odat tusiga kirgan insonlarga naf keltirmaydigan ishlar xususida so‘z yuritiladi, zamon tarozusida o‘lchab, tafakkur qilinadi. Keltirib o‘tgan har bir fikrlarini Qur’oni Karim va Hadisi sharif asosida iqtiboslar keltirib, izohlashga harakat qiladi. Asarni saqlab kelgan Jo‘ra Zokiriy kitob haqida shunday fikrlarni keltirib o‘tadi: Ushbu qo‘lyozma to‘raqo‘rg‘onlik Is’hoqxon to‘ra tomonidan yozilgan. Ammo qaysi yilda yozilgani noma’lumdur. Men bu kitobni 1950 yilda avtorning o‘z hovlisidan topib olganman. Mening fikrimcha, ushbu kitob oktabr revolyutsiyasining dastlabki yillari (1918—1919) yozilgan bo‘lishi mumkin... Bu qo‘lyozma qanchalik ahamiyatga ega ekaniga unchalik aqlim yetmasa ham harholda tariximizni o‘rganishda yordamlashar degan mulohaza bilan saqlaganim bu qo‘lyozmani tahlil 58 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 qilish niyatidadurmankim, bu mening muyassarim bo‘larmikan? Mazkur zotning yana bitta qimmatli (bosma bo‘lsa ham) kitobi bordurkim, u ham mendadur. Nomi «Jomi’ ul-xutut». Jo‘ra Zokiriy — axsilik. (Asl ismim Idris). 1958 yil, Axsi-Kirov1 Ushbu asarni yozishdan maqsadini muallif quyidagicha ifodalaydi: Bu so‘z emdi aytilgon emas. Hama tasavvufda bu bor. Ammoki man bu «Mezon»ni muqaddima qilmoqda sizni «Hubb ud-dunyo...»dan ya’ni «Hubb ud- dunya ra’su kullu xoti’a» (Dunyoga muhabbat qo‘yish barcha xatoliklar boshi) — hadisdan ko‘nglingiz qaytarub, so‘ngra muddao yozaman. Bu «Mezon uz-zamon» maqsadi xalqg‘a amri ma’rufdurkim, kuntum xayra ummatin uxrijat li-n-nasi ta’muruna bi-l-ma’rufi va tanhavna ani-l-munkar mufodig‘a qarab, har fard az afrodi ummat ma’muri amri ma’rufdur. Bu amrni gardanidin tushurmoq faqat aytmak ila bo‘lur. Va ma ala-r-rasuli illa-l-balag‘u-l-mubin etmak bo‘lsa, qalam ila bo‘lur. Savt ila aytilsa bir samo‘ eshitub tamom bo‘lur. Qalam bila bo‘lsa, qiyomatgacha xizmat bo‘lur, har bir ahli savod ko‘rub o‘qusa, amri ma’ruf bo‘ladur. Biz qilib turgan xizmat keyingi asrlarga ham xizmat etar umidinda bo‘lub qalam yurguzduk... Alloh taolo bu xizmatimizni qabul etub, so‘zimizni islomg‘a ta’sirini etsun.2 Asar 9 bob va muqaddimadan tashkil topgan bo‘lib, har bir bobda turli xil mavzular “Mezon” asosida muhokma qilinadi. T/r Boblari Mavzusi 1. 1-mezon millat, xalqni tarqqiyga, madaniyat, ilmga boshlovchi yuqoridagi ulamo va fuzallo ahllari o‘z ishlari qolib, boshqa bemanfaat ishlar bilan mashg‘ulligi, el ahvolidan xabar olmasligi, faqat o‘z foydasi uchun yonib- kuyinishi, nafs balosiga mubtalo bo‘lganligi haqida gapirib o‘tadi. 2. 2- mezon yozuvchi xalqni birlashib ish ko‘rishga, tarqoq bo‘lishdan qaytishga chaqiradi. 3. 3- mezon xalq hukmron tabaqa orasida odat tusiga kirgan ayrim illatlar haqida so‘z boradi. 4. 4- mezon jamiyat taraqqiyotining asl mezoni moddiy imoratlardan emas, balki ilm-ma’rifat va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlardan iborat ekanini asoslaydi. Ayniqsa, o‘z zamonasida keng tarqala boshlagan yangi uslubdagi maktablar – ya’ni usuli jadid maktablari bu fikrning yaqqol dalili sifatida keltiriladi. 5. 5- mezon Muallif xulosa o‘rnida o‘z asrini — ilm, hunar va harakat asri, uxlab yotish va sustlik asri emasligi, agar odam 1 Is’hoqxon To’ra Ibrat, “Tanlangan asarlar”. Toshkent:Ma’naviyat,2005. 187-b. 2 Is’hoqxon To’ra Ibrat, “Tanlangan asarlar”. Toshkent:Ma’naviyat,2005. 160-b. 59 International scientific journal “Interpretation and re
Доказательный фрагмент
«Maqolada Is’hoqxon To‘ra Ibrat qalamiga mansub “Mezon uz- zamon” asari haqida fikr yuritladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Is’hoqxon To‘ra Ibrat qalamiga mansub “Mezon uz- zamon” asari haqida fikr yuritladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- is'haqkhan Torah lesson, ” Mezon uz-təm", description of criteria
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиGaylieva Ogulbay Kurbanmiradovna, Gutlıev Suvxan Meretovich2025
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019