Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KELAJAK AVLOD HAYOTIDA ZAMONAVIY KASBLARNING O'RNI
Аrapova Xolida Kuzibayena · Asmatova Shahnoza Ganjaboyevna · Yusupova Iroda Atabek qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy kasblarning kelajak avlod hayotidagi o‘rni, ularning mehnat bozoriga ta’siri va yoshlar uchun yaratadigan imkoniyatlari tahlil qilinadi. Texnologik taraqqiyot, raqamli iqtisodiyot va ekologik muammolar tufayli an’anaviy kasblarga bo‘lgan talab o‘zgarib, yangi kasblar shakllanmoqda. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, yashil energetika va innovatsion muhandislik sohalari kelajak mehnat bozorining asosiy yo‘nalishlariga aylanmoqda. Yosh avlodning ushbu o‘zgarishlarga moslashishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar:Zamonaviy kasblar, texnologik taraqqiyot, mehnat bozori, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, yashil energetika, innovatsion muhandislik, kelajak avlod, ta’lim, kasbiy rivojlanish. Zamonaviy dunyoda texnologik taraqqiyot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida mehnat bozori jadal rivojlanib bormoqda. An’anaviy kasblarga bo‘lgan talab o‘zgarar ekan, yangi zamonaviy kasblar paydo bo‘lib, ular kelajak avlod hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy kasblarning jamiyatdagi o‘rni, ularning kelajak mehnat bozoriga ta’siri va yosh avlod uchun Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 156 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qanday imkoniyatlar yaratishi tahlil qilinadi.Har bir inson kelajakdagi kasblarni o'ziga xos tarzda tasavvur qiladi. Kimdir kelajak kasbini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog'laydi, yana kimdir iqtisodiy tarmoqlarni asosiy yo'nalish deb hisoblaydi. Ammo bunday savol tug'iladi: Agar barcha sohalar avtomatlashtirilsa, biz insonlar qanday ishlar bilan shug'ullanamiz? Bugungi kunda tanlangan mutaxassislik kelajakda ishsiz qolish xavfini keltirib chiqaradimi? Zamonaviy kasblarning shakllanishi quyidagi omillar bilan bog‘liq: Texnologik taraqqiyot – sun’iy intellekt (AI), robototexnika, blokcheyn, virtual haqiqat (VR) kabi texnologiyalar yangi kasblarni yaratmoqda. Raqamli transformatsiya – raqamli iqtisodiyot va internetning keng tarqalishi natijasida onlayn biznes, IT-mutaxassisliklar va axborot xavfsizligi sohasi rivojlanmoqda. Iqlim o‘zgarishi va ekologiya muammolari – yashil energetika, ekologik muhandislik va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq kasblarga ehtiyoj ortmoqda. Demografik va ijtimoiy o‘zgarishlar – uzoq umr ko‘rish, sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zgarishlar yangi tibbiy va sotsial xizmatlar bilan bog‘liq kasblarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan, yoshlarni kasbga yo'naltirishning ahamiyati beqiyos. Xo'sh, O'zbekistonda qaysi soha tez rivojlanmoqda va yaqin kelajakda qanday mutaxassisliklarga ehtiyoj oshadi? Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari avtomatlashtirilayotgan paytda, 20-30 yil ichida ba'zi kasblar uchun inson resurslariga talab butunlay yo'qolishi mumkin. Misol uchun, yirik savdo rastalarida elektron to'lov tizimlarining keng tarqalishi kelajakda kassirlar xizmatiga ehtiyojni kamaytiradi. Yoki to'liq avtomatlashtirilgan taksilar hayotga tatbiq etilsa, haydovchilarga ehtiyoj qolmaydi. Mutaxassislarning fikricha, 2035-yilga borib, dunyodagi 70% kasblar avtomatlashtirilishi kutilmoqda. Yaqin kelajakda O'zbekiston aholisi 40 millionga yetishi mumkin, bu esa mehnat bozorida kadrlarga talabning oshishiga olib keladi. Kelajakda IT sohasidagi mutaxassislar eng talabgir bo'lishi kutilyapti. O'zbekistonda axborot texnologiyalari hali rivojlanish bosqichida bo'lsa-da, bu Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 157 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sohada dasturchilarga bo'lgan talab hozirda juda yuqori. Yaqin kelajakda O'zbekiston mehnat bozorida IT yo'nalishiga, shuningdek, turizm va xizmat ko'rsatish sohasi vakillariga, qurilish sohasi injenerlariga ehtiyoj ortadi. Shu bilan birga, iqtisodchilar, turizm boshqaruvchilari va xizmatlar sohasidagi mutaxassis boshqaruvchilarga bo'lgan talab ham o'sib bormoqda. Turizmning rivojlanishi bilan, bu sohani boshqaruvchi menejerlar ham muhim talabga ega bo'ladi. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi malakali kadrlarga ehtiyojni kuchaytiradi. Inflyatsiya, narx-navo, loyihalarni moliyalashtirish va to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish kabi masalalarni hal qiladigan mutaxassislar ham zarur bo'ladi. So‘nggi yillarda dunyoning aksariyat davlatlari kun tartibida bo‘lib kelgan raqamlashtirish jarayonlari pandemiya fonida keskin jadallashdi. Raqamli texnologiyalarning jamiyat hayotida misli ko‘rilmagan darajada o‘rin egallashi insonlar turmush tarzi va mehnat faoliyatida tub burilish yasadi. Pandemiyaning dastlabki to‘lqinlarida mehnat bozorida kuzatilgan ishsizlikning ortishi keyinchalik ishchi kuchining tarmoqlararo ko‘chishi, aniqroq aytganda, mehnat resurslarining yangi ochilgan ish o‘rinlari yoki ishchi kuchiga talab nisbatan yuqori bo‘lgan sohalarga o‘tishi bilan o‘rin almashdi.»Gazeta.uz» ana shunday o‘zgaruvchan bozor shartlari fonida «kelajak kasblari» deya e’tirof etilayotgan kasblar to‘g‘risidagi ayrim ishonchli ma’lumotlarni o‘z materialiga jamladi.2 ManpowerGroup kompaniyasi tomo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy kasblarning kelajak avlod hayotidagi o‘rni, ularning mehnat bozoriga ta’siri va yoshlar uchun yaratadigan imkoniyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy kasblarning kelajak avlod hayotidagi o‘rni, ularning mehnat bozoriga ta’siri va yoshlar uchun yaratadigan imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kelajak avlod, raqamli iqtisodiyot, yashil energetika, ta’lim, mehnat bozori, sun’iy intellekt, kasbiy rivojlanish., Zamonaviy kasblar, texnologik taraqqiyot, innovatsion muhandislik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945