Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO MAYDONDAGI JAHON LIBERALIZMI G‘OYALARI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI
UNING ASOSIY TAMOYILLARI · Abdurasulov Muxtorbek Bo‘ri o‘g‘li
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqola jahon liberalizmi g‘oyalari, ularning xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi o‘rni hamda zamonaviy global jarayonlardagi ahamiyatini keng qamrovda tahlil qiladi. Liberalizmning tarixiy ildizlari, asosiy tamoyillari - shaxsiy erkinlik, qonun ustuvorligi, demokratiya, iqtisodiy bozor, xalqaro hamkorlik va ijtimoiy adolat masalalari chuqur o‘rganiladi. O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va global liberal tamoyillar bilan uyg‘unlashuvi, shuningdek, ularni milliy taraqqiyot yo‘lida samarali tatbiq etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Jahon liberalizmi, demokratik boshqaruv, inson huquqlari, iqtisodiy erkinlik, qonun ustuvorligi, xalqaro hamkorlik, globalizatsiya, ijtimoiy adolat, O‘zbekiston, siyosiy madaniyat, milliy qadriyatlar, suverenitet. Liberalizm - bu zamonaviy siyosatshunoslikda va iqtisodiyotda keng qo‘llaniladigan g‘oya va tizim bo‘lib, shaxsiy erkinlik, qonun ustuvorligi, demokratiya va bozor iqtisodiyotini asosiy tamoyillar sifatida oladi. XXI asrda liberalizmning xalqaro maydondagi o‘rni va ta’siri yanada kengayib, global siyosat va iqtisodiyotning poydevoriga aylangan. Liberalizm XIX asrda Yevropada boshlangan siyosiy-mafkuraviy oqim sifatida paydo bo‘lib, shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan edi. Jon Lokk, Monteskye, Adam Smit kabi faylasuf va iqtisodchilar asos solgan liberalizm, XVIII-XIX asrlarda inson huquqlari, qonun ustuvorligi, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini rivojlantirdi. Fransuz inqilobi va Amerika mustaqillik deklaratsiyasi liberalizmning asosiy g‘oyalarini davlat siyosatiga kiritdi. “Inson huquqlari va fuqarolik erkinliklari ta’minlangan jamiyat - taraqqiyot garovi” degan asosiy tamoyil shu davrda shakllandi. XX asrda liberalizm yanada rivojlanib, inson huquqlari, demokratiya va iqtisodiy erkinlik asosida xalqaro tashkilotlar (BMT, Yevropa Kengashi, Xalqaro Valyuta Fondi) tomonidan qabul qilindi. Bugungi kunda liberal tamoyillar global siyosatning poydevori sifatida xizmat qilmoqda. Liberalizmda shaxsiy erkinlik eng asosiy tamoyil hisoblanadi. Har bir inson fikr, so‘z, din, harakat erkinligiga ega bo‘lishi lozim. BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) bu tamoyilni xalqaro standart sifatida belgilaydi. https://scientific-jl.com 3 0 2 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Huquqshunos F.Yusupova ta’kidlaganidek, “inson huquqlarining kafolatlanishi va hurmat qilinishi milliy suverenitetning asosi bo‘lib, demokratik jamiyat qurilishining poydevoridir” [2.49]. Shaxsiy erkinliklarning kafolatlanishi jamiyatda siyosiy barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Liberal tamoyillarda siyosiy erkinlik, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda ishtiroki asosiy o‘rin tutadi. Demokratik boshqaruvning ochiqligi, plyuralizmi va qonun ustuvorligi demokratik davlatning belgilovchi xususiyatlaridir. Freedom House tashkilotining 2023-yilgi hisobotida demokratik davlatlar ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish uchun eng munosib tizim ekani qayd etilgan [3]. Huquqshunos O.Biturayev demokratik boshqaruvni “xalq suverenitetining eng samarali shakli, jamiyat rivojining barqaror mexanizmi” deb baholaydi [4.173]. Liberalizm bozor iqtisodiyotining erkinligini ham asosiy tamoyil sifatida ko‘radi. Resurslarni samarali taqsimlash va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun iqtisodiy erkinlik muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati Fridrix Hayekning “serfdom yo‘li” asarida iqtisodiy erkinlikning jamiyat erkinligi va farovonligidagi o‘rni keng tahlil qilinadi [5.75]. Iqtisodchi o‘qituvchi T.Ergashev iqtisodiy liberallashtirishni milliy taraqqiyot uchun zarur deb hisoblaydi va bu jarayonning global iqtisodiyot bilan integratsiyani kuchaytirishini ta’kidlaydi [6.158]. Liberalizmda qonun oldida tenglik va sud tizimining mustaqilligi — demokratik boshqaruvning asosiy qismi hisoblanadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda adolat va barqarorlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “qonun ustuvorligi milliy suverenitetning kafolatidir, davlat obro‘sini xalqaro maydonda ta’minlaydi” [1.263]. Liberalizm davlatlararo munosabatlarda tinchlik va hamkorlikni asosiy printsip sifatida oladi. Xalqaro tashkilotlar orqali global muammolarni hal qilishda davlatlarning o‘zaro ishonchi va hamkorligi rag‘batlantiriladi. Jahon iqtisodiy forumining 2023-yil hisobotida global muammolarni hal qilishda liberal tamoyillar asosida ochiqlik va hamkorlikning zarurligi qayd etilgan [7]. Liberalizmda iqtisodiy erkinlik bilan birga ijtimoiy himoya va tenglik tamoyillari ham muhimdir. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy notenglikka olib kelmasligi uchun davlat ijtimoiy siyosatni yo‘lga qo‘yishi kerak. Iqtisodiy erkinlik va ijtimoiy adolat muvozanatining muhimliligini biz bir qancha tarixiy davrlarda bo‘lib o‘tgan voqeliklar orqali yaxshigina bilamiz. O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida bu tamoyillar asosida aholining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola jahon liberalizmi g‘oyalari, ularning xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi o‘rni hamda zamonaviy global jarayonlardagi ahamiyatini keng qamrovda tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola jahon liberalizmi g‘oyalari, ularning xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi o‘rni hamda zamonaviy global jarayonlardagi ahamiyatini keng qamrovda tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- siyosiy madaniyat, iqtisodiy erkinlik, xalqaro hamkorlik, ijtimoiy adolat, suverenitet., Kalit so‘zlar: Jahon liberalizmi, O‘zbekiston, globalizatsiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi, milliy qadriyatlar, demokratik boshqaruv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026