Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MADANIY O‘ZIGA XOSLIKNI SHAKLLANTIRISHDA TILNING AHAMIYATI
Marjona Toshpo‘lotova Nuriddin qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье дается информация об основных сферах жизни общества и их специфических факторах, подчеркивается своеобразие культурной сферы, развивающей нацию, место языка в ней, возможности языка для развития, его особенности. Каждый фактор анализируется отдельно. Ключевые слова. социальное, язык, литература, национальный язык, диалект, фольклор, культура, дифференциация, общество. Annotation. This article provides information about the main sectors of society and their specific factors, emphasizing the uniqueness of the cultural sector that develops the nation, the role of language in it, the opportunities for development in language, and its special features. Each factor is analyzed in a separate direction. Key words. social, language, literature, national language, dialect, folklore, culture, differentiation, society. Dunyo tubdan o‘zgarib borayapti. Rivojlanishlar esa o‘z navbatida hech bir sohani chetlab o‘tmas. Ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi harakatlar Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 318 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT har onda takomillashib, o‘z jabasini kengaytirmoqda. Shu bilan bir qatorda har bir yo‘nalishda yangilik va diffirensial qarashlar juda muhim. Differensial qarashlar oʻziga xoslikni keltirib chiqaradi. Yuqorida tilga olingan sohalarda turli oʻziga xosliklar amalga oshirilsa, yoki farqli taraflari takomillashtirilsa, ularning ijtimoiylashish darajasi ortadi. Madaniy harakatlarda oʻziga xoslik qanday amalga oshiriladi va uning taʼsir doirasi qanday? Madaniy oʻziga xoslik - bu muayyan jamiyat, xalq yoki guruhning boshqa madaniyatlardan farqlanadigan noyob xususiyatlari va qadriyatlarining majmuasidir. Bu oʻziga xoslik tarixiy anʼanalar, urf-odatlar, diniy eʼtiqodlar, sanʼat, til, hayot tarzi va hatto taomlar orqali namoyon boʻladi. Til va adabiyot ta’sirida madaniy o`ziga xoslik qanday ta’minlanadi? U qanday omillar bilan ta’sir ko‘rsatadi? Quidagilar asosiy omillardir: 1. Milliy til 2. Sheva va dialektlar 3. Yozma va og‘zaki adabiyot 4. Xalq og‘zaki ijodi (folklor). Yuqorida qayd etilgan omillar jamiyat taraqqiyoti va uning boshqalardan farqlanadigan xususiyatlarini ko‘rsatishda til va adabiyotning qisman ta’sirini ifoda etadi. Agar millat haqiqatan jahon shoxsupasida tilga olinishni istasa, avvalo o‘z milliy tilini sayqallashi kerak bo‘ladi. Bunda asosan, chekka hududlargacha davlat tilini yoyish, hamma uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlash hamda milliy tilda yozilgan adabiyot zaxirasini ko‘paytirish nazarda tutiladi. Milliy til har bir hudud uchun anglashilgan bo‘lsa va har bir fuqaro erkin so‘zlasha olsa, u jamiyatda uzluksiz taraqqiyot va ijtimoiylashuv kuzatiladi. Ammo milliy tilnigina sayqallab shevalarni unutish, tilni yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ya’ni har qanday milliy til sheva va dialektlar bilan boy va betakrordir. Yozma va og‘zaki adabiyot esa hayotga madaniylashuvni juda katta tezlikda olib kiradi. Adabiyot kuchi bilan ba’zi millatlar mustaqilligini, yana ba’zilari madaniyatini qo‘lga kiritdi. Zero Abdulla Qahhor aytganidek, “Adabiyot atomdan kuchli, ammo uning kuchini o‘tin yorish uchun sarflamaslik kerak”. Madaniy o‘ziga xoslikni ta’minlashda qadriyatlar va urf odatlar Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 319 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yetakchilik qiladi. Bularni esa faqat xalq og‘zaki ijodi, ya’ni folklor orqali asrlar osha targ‘ib qilishimiz mumkin. Milliy til madaniy oʻziga xoslikning asosiy ustunlaridan biri bo‘lib, xalqning o‘zligini ifodalaydi va uni boshqa madaniyatlardan ajratib turadi. Uning madaniy oʻziga xoslikdagi o‘rni quyidagicha: 1. Millat identifikatori 2. Madaniy merosni saqlovchi 3. Urf- odat va qadriyatlarni ifodalovchi 4. Ilm- fan va ta’limda vositachi 5. Davlatchilik va huquqiy tizim asosi 6. Globalizatsiya sharoitida milliy o‘zlikni saqlovchi. Milliy til millatning identifikatori sifatida uning asosiy belgilari va ajralmas qismi hisoblanadi. Til millatni boshqa xalqlardan farqlantirib turadigan eng muhim omillardan biri bo‘lib, uning o‘zligini belgilaydi. Bu jihatdan madaniy oʻziga xoslikda har bir xalq o‘z tiliga ega bo‘lishi bilan boshqalardan farq qiladi. Til millatning o‘ziga xos tafakkur tarzini, dunyoqarashini va qadriyatlarini aks ettiradi. Milliy ong va o‘zlikni shakllantiruvchi omil sifatida inson o‘z ona tilida fikrlaydi va dunyoni idrok qiladi, bu esa milliy tafakkurni shakllantiradi. Til orqali avlodlar o‘z tarixiy merosini anglaydi va milliy g‘ururni his qiladi. Madaniyat va an’analarni avlodlarga yetkazish borasida ham sezilarli o‘ringa ega. Og‘zaki ijod, maqollar, ertaklar va dostonlar milliy til orqali saqlanib, kelajak avlodlarga yetkaziladi. Diniy va axloqiy qadriyatlar ham milliy til yordamida shakllanadi va mustahkamlanadi. Mustaqil davlatning milliy tili uning suverenitetining muhim ramzidir. Davlat boshqaruvi, qonunchilik va ta’lim tizimi milliy tilda yuritilishi millatning o‘zligini mustahkamlashga xizmat qiladi. U turli hududlar va ijtimoiy guruhlarni yagona millat sifatida birlashti
Доказательный фрагмент
«В данной статье дается информация об основных сферах жизни общества и их специфических факторах, подчеркивается своеобразие культурной сферы, развивающей нацию, место языка в ней, возможности языка для развития, его о…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье дается информация об основных сферах жизни общества и их специфических факторах, подчеркивается своеобразие культурной сферы, развивающей нацию, место языка в ней, возможности языка для развития, его о… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social, language, literature, national language, dialect, folklore, sheva, ijtimoiy, jamiyat., adabiyot, folklor, til, diffirensiallik, milliy til, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945