Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUITSIDAL XULQ PROFILAKTIKASI
SUITSIDAL XULQ PROFILAKTIKASI · To'lanova Mahliyo Muratali qizi · Akramova Sarvinoz Akmaljon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi)
Современное образование и развитие · 1989
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada o‘smirlarda suitsidal xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganiladi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘smirlarning ruhiy holati, ular yashayotgan muhit va ijtimoiy ta’sirlar asosida ular o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda ijtimoiy xavfli guruhlar, inqiroz holatlari va suidsidal xulq-atvor shakllariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqsad, o‘smirlarning ruhiy salomatligini saqlash va ularga zararli holatlardan xalos bo‘lishga yordam berish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Kalit so‘zlar: Suitsid, ijtimoiy xavfli guruh, inqiroz, suitsidal xulq-atvor shakllari, o'z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining shakllari. Dunyo ilmiy jamoatchiligi suitsid muammosini uzoq vaqt davomida o‘rganib kelgan, jumladan, Emil Dyurkgeym, Zigmund Freyd, Alfred Adler, Karl Yung kabi olimlar bu masalani ilmiy nuqtai nazardan yoritib, uning psixologik va ijtimoiy sabablari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazganlar. Shuningdek, O‘zbekistonda suitsid muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish nisbatan so‘nggi o‘n yilliklarda boshlangan. 1989-yilda O‘zbekiston SSR KP MQ tashabbusi bilan Toshkent davlat pedagogika institutida O‘zbekistonda ayollarning o‘z joniga qasd qilishining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot guruhi tuzilgan. Mazkur guruhning rahbarligida, psixologiya fanlari doktorlari M.G. Davletshin va G‘.B. Shoumarovlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar 1991- yilgacha davom etdi. Keyinroq, 1994-yilda guruhning faoliyati qayta tiklanib, yangi Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 236 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nom ostida “Shaxs inqiroz holatining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganish” nomli tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar davomida guruh a’zolari respublikaning barcha viloyatlarida ilmiy ishlanmalar olib borib, muassasalar va jamiyatlar bilan aloqalar o‘rnatildi, aholining psixologik bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini targ‘ib qilish va ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishda ko‘plab ishlanmalar ishlab chiqildi. Bu tadqiqotlar nafaqat ilmiy, balki amaliy nuqtai nazardan ham muhim bo‘lib, maxsus qo‘llanmalar, risolalar, maqolalar, tavsiyanomalar ishlab chiqildi va ular viloyatlar va tumanlar hokimliklariga, mahalla qo‘mitalariga taqdim etildi. Shu tarzda, O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosini hal qilish va shaxs inqirozi holatlari bilan bog‘liq psixologik yordamni targ‘ib qilishda katta ishlar amalga oshirildi. Suitsid (o‘z joniga qasd qilish) atamasi Italiyalik psixolog G. Dezen tomonidan 1947 yilda taqdim etilgan va bu atama "o'z joniga qasd qilishga urinish" deb ta'riflanadi. "Suitsid" so'zi lotincha "suicidium" (o'z joniga qasd qilish) so'zidan olingan bo'lib, bu ruhiy tizimning kuchli stress yoki ruhiy holat kasalligi ta'sirida yuzaga keladigan o'z joniga qasd qilishga urinishni anglatadi. Suitsidal xulq-atvor, o'smirlik davrida 13 yoshdan boshlab kuzatilishi mumkin. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'z joniga qasd qilish harakati 14 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasida 30% ni tashkil etsa, o'smirlik davrida bu ko'rsatkich 6-10% ni tashkil qiladi. Suitsidal xulq-atvorni profilaktika qilish uchun bir nechta darajalar mavjud: 1. Birinchi darajali profilaktika — jamiyatga yo‘naltirilgan bo‘lib, suitsidal xavf omillarini kamaytirishga qaratilgan. Bu dasturda omillarga e’tibor qaratiladi va umumiy xulq-atvorni yaxshilashga yordam beriladi. 2. Ikkinchi darajali profilaktika — bevosita suitsidentga yordam berishga qaratilgan bo'lib, o'z joniga qasd qilishga uringan yoki urinish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. 3. Uchinchi darajali profilaktika — bu, suitsidentning tanqidiy holatdan chiqqanidan keyingi reabilitatsiyasi va o‘z joniga qasd qilishga uringan shaxsning yaqinlariga yordam berishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, xavfli guruhdagi qarindoshlar va ularning a’zolariga psixologik yordam ko‘rsatish ham bu profilaktikaning tarkibiga kiradi. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 237 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O'z joniga qasd qilish turlari: 1. Aniq suitsid — bu holatda hayotga qiziqish yo'qoladi va odam o'zini uzoq vaqt davomida o'limga tayyorlaydi. Haqiqiy o'z joniga qasd qilish har doim depressiya, inqirozli vaziyat, hayotdan voz kechish yoki hayotning ma'nosi haqida o'ylash bilan bog'liq bo'ladi. 2. Yashirin suitsid — bu holat o'z joniga qasd qilishni orzu qilishni anglatadi, lekin u bevosita amalga oshirilmaydi. Bu, asosan, depressiya yoki o'zo'ziga zarar yetkazish xavfi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. 3. Namoyishkorona suitsid — bu holatda shaxs o'z joniga qasd qilishni o'zida ifoda etib, boshqalarga yordam so‘rash yoki o‘zining yomon ruhiy holatini ko‘rsatishga urinish qiladi. Bu, o‘z joniga qasd qilishga urinish emas, balki odamni diqqatga olish va yordam olishga undashning bir shakli hisoblanadi. Bularning barchasi, asosan, depressiya va ruhiy holat kasalliklari, stress va o‘z joniga qasd qi
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada o‘smirlarda suitsidal xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada o‘smirlarda suitsidal xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o'z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining shakllari., ijtimoiy xavfli guruh, suitsidal xulq-atvor shakllari, inqiroz, Suitsid
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026