К содержанию
РецензированоUZ2001

Politalogiya asoslari

U. Idirov

Учебная литература · 2001

Аннотация

Bugungi kunda mamlakatimizning oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan politologiya fanidan yangi dasturlar, o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratish - eng dolzarb vazifalardan biri 4isoblanadi. Negaki, bu yo'nalishda chuqur o'zgarishlarni amalga oshirmay turib yoshlarning zamonaviy siyosiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning intellektual kamolotga erishuvini ta’minlash mushkuldir. Politologiyadan yangi dasturlar, o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratish yo'lida muayyan ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, ularni qoniqarli deb bo'lmaydi. Bu fandan amaldagi dasturlar, o'quv qo'llanmalari hozirgi zamon talablariga to'liq javob bermaydi. Ular xalqimiz tafakkuriga yot, nosog'lom g'oyalar va qarashlar ta’siridan xoli emas. Shu boisdan ham politologiyadan yangi dasturlar, o'quv qo'llanmalari, darsliklarni yaratish o'ta dolzarb vazifalardan biri 4isoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimovning: “Ko'p asrlik tariximiz shuni ko'rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o'rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo'ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo'ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo'ladimi - ularning barchasi odamning intellektual kamolatga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega, deb ta’kidlashlari bejiz emas. Politologiyadan yangi dasturlar, o'quv qo´llanmalari va darsliklar yaratish - o'ta murakkab va ko'p qirrali vazifadir. U mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda siyosiy fanni o'qitish tajribasini hisobga olishni, buyuk mutafakkirlarning siyosiy g'oyalariga va bugungi kun siyosiy fanida erishilgan yutuqlarga, milliy istiqlol mafkurasi tamoyillariga tayanishni ko'zda tutadi. Tavsiya etilayotgan ushbu ma’ruzalar to'plami ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda tuzilgan. Unda zamonaviy siyosiy fanning eng mu4im, ustuvor mavzulari hozirgi zamon talablari asosida ko'rib chiqilgan.

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda mamlakatimizning oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan politologiya fanidan yangi dasturlar, o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratish - eng dolzarb vazifalardan biri 4isoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda mamlakatimizning oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan politologiya fanidan yangi dasturlar, o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratish - eng dolzarb vazifalardan biri 4isoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники