К содержанию
РецензированоUZ2025

ZO’RAVONLIK VA JINOYATCHILIK: SOTSIOLOGIK YONDASHUV

Uktamboyeva Aziza Qodir qizi · Dotsent v.b. Nazarova Nilufar Jo’rayevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada jamiyatda zoʻravonlik va jinoyatchilik holatlari sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Zo‘ravonlik va jinoyatchilikning sabablari, shakllari va ijtimoiy oqibatlari sotsiologik nazariyalar asosida yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy institutlarning ushbu hodisalarga ta’siri, profilaktik choralar va jinoyatchilikni kamaytirish yo‘llari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: zo‘ravonlik, jinoyatchilik, sotsiologik yondashuv, ijtimoiy muammo, ijtimoiy nazorat, profilaktika, yoshlar, oilaviy muhit, ijtimoiy tengsizlik, jinoyat statistikasi. So‘nggi yillarda jamiyat hayotida zo‘ravonlik va jinoyatchilik holatlarining ko‘payib borayotgani nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy muammo sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar sonining ortib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Mazkur hodisalar faqat jinoiy-huquqiy chora-tadbirlar bilan emas, balki sotsiologik yondashuv orqali chuqur o‘rganilishi va tahlil qilinishi zarur. Sotsiologiya zo‘ravonlik va jinoyatchilikni jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning mahsuli sifatida ko‘radi. Emile Durkheim o‘zining “Suicide” asarida jinoyat va deviant xatti-harakatlar jamiyatda mavjud bo‘lgan normativ tizimlarning izdan chiqishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan1. Zo‘ravonlik va jinoyatchilik – bu jamiyatdagi muayyan qatlamlarning normativ qoidalar bilan kelisha olmasligi yoki 1 Durkheim E. Suicide: A Study in Sociology. – New York: Free Press, 1897. Выпуск журнала №-26 Часть–9_Май –2025 111 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ijtimoiy institutlarning o‘z vazifasini to‘liq bajara olmasligining ko‘zgusidir. Bugungi kunda yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar alohida e’tiborga molik. Sotsiologik tadqiqotlar yoshlar orasida jinoyatchilikning asosiy sabablari sifatida e’tibordan chetda qolgan, ammo muhim ijtimoiy muhit omillarini aniqlashga xizmat qiladi. Zo‘ravonlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda sotsiologik yondashuv quyidagi afzalliklarga ega: Hodisaning chuqur ijtimoiy ildizlarini ochib beradi; 1. Jinoyatga moyillikning psixologik va sotsiomadaniy sabablarini tahlil 2. qiladi; Empirik ma’lumotlar asosida yechimlar ishlab chiqadi; 3. Jamiyatdagi norasmiy institutlar (mahalla, oila, diniy tashkilotlar) rolini 4. o‘rganadi. Shu sababli jinoyatchilikni kamaytirishda faqat jazolash emas, balki oldini olishga qaratilgan kompleks sotsiologik yondashuv zarur. Sotsiologik yondashuv zo‘ravonlik va jinoyatchilik hodisalarini chuqur tahlil qilish, uning sabablari va oqibatlarini aniqlashda muhim metodologik vositadir. Jinoyatchilikni faqat huquqiy choralar bilan emas, balki ijtimoiy, ma’naviy va madaniy muhitni sog‘lomlashtirish orqali oldini olish mumkin. Ayniqsa, yoshlar orasida tarbiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faol hayot tarzi targ‘iboti orqali jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish mumkin. XULOSA Zoʻravonlik va jinoyatchilik jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatga jiddiy tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy hodisalardandir. Ular faqat huquqiy doirada emas, balki sotsiologik jihatdan ham chuqur tahlil etilishi lozim bo‘lgan masalalardir. Sotsiologik yondashuv bu muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, ijtimoiy qatlamlar va institutlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berish, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishga zamin yaratadi. Jinoyatchilik darajasi ko‘p hollarda ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, ma’naviy bo‘shliq, oilaviy muhit, yoshlarning ijtimoiy faollik darajasi kabi omillar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, yoshlar orasida zoʻravonlik va jinoyatchilikning ortishi Выпуск журнала №-26 Часть–9_Май –2025 112 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jamiyatning eng og‘riqli nuqtasiga aylanmoqda. Shunday sharoitda sotsiologik monitoring, ijtimoiy sheriklik asosida targ‘ibot ishlari, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy faoliyatni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, zo‘ravonlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish faqatgina jazolash orqali emas, balki ijtimoiy ta’lim-tarbiya, madaniyat, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy tenglik orqali tizimli tarzda amalga oshirilgandagina ijobiy natijaga olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. G‘ulomov S., Qudratov A. Sotsiologiya asoslari. – T.: Iqtisodiyot, 2020. – B. 135. 2. Durkheim E. Suicide: A Study in Sociology. – New York: Free Press, 1897. 3. Merton R.K. Social Theory and Social Structure. – Glencoe: Free Press, 1957. 4. Becker H.S. Outsiders: Studies in the Sociology of Deviance. – New York: Free Press, 1963. 5. G‘aniyev A. Jinoyatchilik sotsiologiyasi. – T.: Oliy ta’lim, 2021. – B. 52. 6. IIV Jinoyatchilik statistikasi. – www.mvd.uz, 2023. Выпуск журнала №-26 Часть–9_Май –2025 113

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jamiyatda zoʻravonlik va jinoyatchilik holatlari sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jamiyatda zoʻravonlik va jinoyatchilik holatlari sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oilaviy muhit, jinoyat statistikasi., ijtimoiy nazorat, yoshlar, ijtimoiy tengsizlik, zo‘ravonlik, profilaktika, sotsiologik yondashuv, ijtimoiy muammo, jinoyatchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники