К содержанию
РецензированоUZ2025

KASBIY FAOLIYATDA INGLIZ TILINI O'RGANISHNING AHAMIYATI

Egamberdiyeva Dilorom Xursanmurodovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har bir tilda turlichadir. Ayni shu jihatdan maqolada kasbiy faoliyatda ingliz tilini qo'llash va uni o'rganishning ahamiyati haqida fikr va xulosalar bayon qilinadi. Kalit so'zlar.kasbiy ta'lim, kasbiy faoliyat, ona tili, ingliz tili, dars jarayoni, tarbiyaviy xususiyat, metodika. Muloqot vositasi hisoblangan tilni tabiiy holda (oila davrasida yoki uyushgan jamoatchilikda) va uyushgan holatda ya'ni dars jarayonlarida o'rganish mumkin. Chet tili xorijiy mamlakat tili hisoblangani uchun uni o'rganish bir qancha qiyinchlik tug'dirishi yoki aksincha, bu jarayon qiziqarli mashg'ulotga aylanishi kuzatiladi. Ma`lumki, tadqiqotchilar ingliz tilini har ikki toifa o’rtasidagi o’quv predmeti deb hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga xizmat qiladi degan fikrni ilgari suradilar. Taniqli metodistlardan T. Q. Sattorov chet til predmetini quyidagi pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi:  Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. Darsdan tashqari paytlarda o’quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir.  Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga muloqotni o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 194 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va kishilar bilan muloqotga kiradi. CHet tilni o’rgatishda ahvol umuman o’zgacha. Tilning talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o’rganiladi, chet tilda fikr bayon etish va idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi. T. Q. Sattorov bilim va malakaning o’zaro munosabati nuqtai nazardan o’quv predmetlarini (a) bilim va nazariya beruvchi fanlar (tarix, adabiyot, geografiya); (b) amaliy malakani shakllantirishga yo’naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya) kabi guruhlarga tasniflaydi. Bu borada chet til o’qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo’shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o’rtasidagi predmet deb hisoblaydi. O’quv predmetlarining funktsiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin. Taniqli metodistlardan J. J. Jalolov, S. S. Saydalievlar barcha o’quv predmetlarini shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan: a) fan asoslaridan saboq beradigan o’quv predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix); b) tarbiya berishga qaratilgan o’quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); v) amaliy faoliyatni o’rgatadigan o’quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); g) tilga oid o’quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til). Fan asoslarini o’rgatuvchi predmetlarda o’quvchilarga ushbu sohaga oid bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo’nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va go’zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o’rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har bir tilda turlichadir. Masalan, “Ona tili”ni o’rganish chog’ida amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy, kasbiy va rivojlantiruvchi maqsadlar bir xilda ro’yobga chiqadi. Ingliz tilida esa muloqot, amaliy qo’llanish etakchi funktsiyani bajaradi, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog’liq holda ro’yobga chiqariladi. Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 195 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ona tilini o’quvchi maktab ta'limida amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda amaliy malakalar, avval, qisman hosil qilingan, nazariy bilimlar ona tilidagidan kamroq hajmda bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o’rganishda esa qoida(oddiy nazariy bilim)lar amaliy ko’nikma va malakalarni egallashni tezlashtirish (intensifikatsiya) va engillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo’ysundiriladi, o’quv jarayonida nutqiy amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi. Kasbiy ta'lim jarayonlaridagi lisoniy ta’lim o’quvchilar nutqini sohaga oid so’z va atamalar bilan boyitish, kommunikativ faoliyatga tayyorlash, ixtisosiy ehtiyojdan kelib chiqadigan nutq uslublarini o’rgatish, nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ko’zlangan maqsadga bo’ysundirilganligi kabi omillar tanlangan ixtisoslikka oid nutqiy faoliyatga tayyorlashda muhim o’rin tutadi. O’zbek, rus va ingliz tili darslarida texnikum o’quvchisi tanlagan sohasiga oid o’z ona tilisidagi zaruriy atamalarning ma’nosini tushunsa, o’zbekcha, ru

Доказательный фрагмент

«Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat k…»

Образец извлечения

Демо-превью

Kasbiy ta'lim sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kasbiy ta'lim, kasbiy faoliyat, ona tili, ingliz tili, dars jarayoni, metodika., tarbiyaviy xususiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники