К содержанию
РецензированоUZ2025

VELOSIPEDCHILAR BILAN BOG’LIQ YO'L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI

HODISALARINING TAHLILI · Mo’minov Izzatillox Tulqinjon o’g’li · Ilmiy rahbar: X. Baynazarov

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu ishdada velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari statistikasi, ularning tahlili va oldini olish choralari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Velosiped, yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik choralari, yo‘l transport hodisa. KIRISH. Zamonaviy shaharlarda transport tizimining samaradorligini oshirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bunda velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari jiddiy e’tibor talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Velosiped transportining ekologik tozaligi, iqtisodiy samaradorligi va sog‘liq uchun foydaliligi sababli, bu transport vositasi dunyo bo‘ylab keng qo‘llanilmoqda. Ammo, velosiped infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmagani va yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik kabi muammolar ushbu transport vositasi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda. ASOSIY QISM. Oxirgi yillarda mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ammo shunga qaramay, bu borada ijobiy o‘zgarishlar ko‘p, deb bo‘lmaydi. Achinarlisi, ayrim haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzishda davom etishmoqda. Bunday sharoitda baʼzi mutaxassis va ekspertlar jazoni yanada kuchaytirishni taklif qilayotir. Biroq bu bilan asosiy maqsadga erishish mushkul. Demoqchimizki, barcha yo‘l harakati qatnashchilarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirmasdan turib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olib bo‘lmaydi. Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 91 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Mavjud vaziyat tahlili ham shunga ishora bermoqda. O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yili davomida respublika hududida 9364 ta YTH qayd etilgan. Shundan ko’p miqdordagi foizi subyektiv sabablarga ko‘ra sodir etilgan, yaʼni haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga eʼtibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan. Agar haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilganda yuqoridagi barcha YTH sodir bo‘lmasligi mumkin edi. Achinarlisi, 2024-yili davomida O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari natijasida 2023 kishi halok bo‘lgan, 8 ming 901 nafari turli tan jarohatlari olgan. Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning besh oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog‘liq holatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2024-yilning birinchi yarmida (yanvar—iyun oylari) 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, buning oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar inson halok bo‘lgan. Solishtirish uchun, 2020-yilning birinchi yarmida jami 2388 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 383 tasi bolalar, 1154 tasi piyodalar va 101 tasi velosiped ishtirokida qayd etilgan. Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarmida sodir bo‘lgan YTHlar soni, 2020-yilga qaraganda deyarli 4 barobarga oshgan(1-rasm). 12 000 10 000 9839 9209 8 000 6 000 4 000 2 000 2282 2388 1746 642 0 2024-yilning birinchi yarmida 2020-yilning birinchi yarmida Jami YTHlar Jarohatlanganlar Halok bo‘lganlar Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 92 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1-rasm. YTHlarning (2020-2024) yillar kesimida solishtirish. O’tgan yillarda piyodalar o‘tish joyi tashkil etilmaganligi 6 ta (3.4%), yo’lni ikkiga ajratuvchi to’siqlar o’rnatilmaganligi 2 ta (1.1%), piyodalar xarakatini cheklovchi to‘siqlar 4 ta (2.3%), yo’llarning yoritilmaganligi 3 ta (1.7%), velloyo’laklar tashkil etilmaganligi 6 ta (3.4%) tashkil etadi (2-rasm). 2-rasm. Kelib chiqish sabablari bo‘yicha YTH soni 3-rasm. Velosiped bilan sodir etilgan jami yoʻl transport xodisalari (2019- 2023 yillar) Yuqoridagi raqamlar yo‘l harakati qatnashchilarining ko‘pchiligi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasligini yana bir bor tasdiqlaydi. Natijada baxtsiz hodisalar soni ortib bormoqda. Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 93 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati statistik maʼlumotlariga ko‘ra, YTH turlari bo‘yicha sabablar etib piyodalarni urib yuborish, avtomashinalar to‘qnashuvi va boshqalar keltirilgan. Birgina Toshkent shahar IIB maʼlumotlarida aytilishicha, joriy yilning o‘tgan yetti oyida poytaxtda 675 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Hodisa oqibatida 71 kishi halok bo‘lgan, 787 kishi turli tan jarohatlari olgan. Baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sababi tezlikni oshirish bo‘lgan — 199 ta holat. Haydovchilar tomonidan 90 ta holatda taqiqlovchi svetofor ishorasiga eʼtibor bermaslik, mast holatda haydovchilar ishtirokida 8 ta YTH sodir etilgan (4-rasm). 4-rasm. Toshkent shahrida sodir etilgan YTH lar. Aslida, velosiped haydovchilar uydan chiqishlari bilanoq yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari, jumladan, xavfsizlik shlemlari va nur qaytaruvchi jihozlardan foydalanish odatiy holga aylanishi kerak. 2022 yilning ye

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishdada velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari statistikasi, ularning tahlili va oldini olish choralari ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishdada velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari statistikasi, ularning tahlili va oldini olish choralari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Velosiped, yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik choralari, yo‘l transport hodisa.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники