Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR ILG‘OR PEDAGOGIK QARASHLAR VA ILMIY YONDASHUVLAR
Axmedova Mahliyo Ruziboy qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik qarashlar, ilg‘or ta’limiy yondashuvlar va ularning amaliyotdagi tatbiqi yoritilgan. Xususan, metakognitiv yondashuv, o‘zaro muloqotli o‘qish metodlari, raqamli vositalardan foydalanish hamda funksional savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, metakognitsiya, raqamli savodxonlik, funksional savodxonlik, interfaol o‘qish. XXI asrda ta’lim jarayonining tub mohiyati oʻzgarmoqda: an’anaviy bilim olishdan ko‘ra ko‘proq o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, mustaqil fikrlash va savodxonlik darajasini oshirish masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. O‘qish savodxonligi — bu nafaqat matnni o‘qish, balki uni anglash, tahlil qilish, fikr bildirish va amaliy hayotga tatbiq etish qobiliyatidir. Ushbu maqolada o‘qish savodxonligini rivojlantirishda foydalanilayotgan ilg‘or pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Savodxonlik degan tushuncha jamiyatda keng tarqalgan va ko‘pchilik uchun tanish bo‘lib, u asosan insonning ona tilida o‘qish, yozish va asosiy matematik bilimlarga ega bo‘lishi kabi asosiy kognitiv (aql-idrok) ko‘nikmalarini anglatadi. Biroq, XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, globallashuv jarayonlari hamda bilimlar hajmining keskin oshishi bilan savodxonlik tushunchasi ham yangicha mazmun kasb etmoqda. Endilikda bu tushuncha oddiy o‘qish va yozish bilan cheklanmay, insonning hayotiy kompetensiyalarini qamrab oluvchi kengroq ko‘lamga ega bo‘lmoqda. Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 132 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bugungi kunda xalqaro miqyosda faoliyat yuritayotgan nufuzli tashkilotlar zamonaviy inson uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalarni belgilab berishga harakat qilmoqda. Bu jarayonda raqamli savodxonlik, axborot savodxonligi, ilmiy savodxonlik kabi tushunchalar alohida e’tiborga olinmoqda. Ular bir-birini to‘ldiruvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jihatlari bilan zamonaviy shaxsning intellektual va ijtimoiy rivojiga xizmat qiladi. Chunki raqamli dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun nafaqat matnni tushunish, balki axborotni tahlil qilish, undan samarali foydalanish, raqamli vositalardan to‘g‘ri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. O‘qish savodxonligi esa bu umumiy savodxonlikning eng muhim tarkibiy qismidir. U shaxsning o‘z bilim va salohiyatini mustaqil rivojlantirishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan biridir. O‘qish savodxonligi matnni tushunish, unga asoslangan holda fikr yuritish, matn ustida mushohada qilish va unga shaxsiy munosabat bildirish kabi qobiliyatlarni o‘z ichiga oladi. Bunday savodxonlik nafaqat ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlaydi, balki butun umrlik o‘rganishga asos yaratadi. Boshlang‘ich savodxonlik esa aynan o‘qish va yozishni ilk bor o‘rganish jarayoniga taalluqli bo‘lib, bu bosqichda o‘quvchilar tovush va harflarni tanish, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zlarni tahlil qilish, ifodali va ongli o‘qish kabi asosiy ko‘nikmalarni egallaydilar. Ushbu bosqichda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, tinglab tushunish, eshitish va matnga sezgirlik qobiliyatini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Ya’ni, savodxonlik zamonaviy jamiyatda faol ishtirok etish, kasbiy va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim shart hisoblanadi. Shu sababli, ta’lim olish imkoniyatlari ko‘p jihatdan savodxonlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, har bir shaxsda bu ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Konstruktivistik ta’lim nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchilar bilimni o‘z faoliyati, tajribasi va ilgari o‘zlashtirgan ma’lumotlar asosida quradilar. Bu yondashuvda o‘qituvchi vositachi rolini o‘ynaydi. O‘qish savodxonligida bu metod o‘quvchilarning Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 133 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘z fikrini erkin bayon qilish, matn bilan ishlash va interfaol munozaralarda ishtirok etish orqali savodxonligini rivojlantiradi. O‘quvchilarga o‘z o‘qish jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish va baholashni o‘rgatish orqali ularning savodxonligi chuqurlashadi. Masalan, "men bu matndan nima kutyapman?", "qanday savollar tug‘ildi?" kabi reflektiv savollar o‘qish jarayonini faol qiladi. O‘quvchilarning fikr almashuvi, guruhda ishlashi, savollar berish va o‘z qarashlarini himoya qilish imkoniyati ularning o‘qish madaniyatini rivojlantiradi. “Think-Pair-Share” yoki “Reader’s Theater” kabi usullar bunda ayniqsa samaralidir. Axborot texnologiyalari vositasida interaktiv kitoblar, audiokitoblar, videomatnlar orqali o‘qish savodxonligini kuchaytirish bugungi kunda muhim omilga aylangan. Onlayn platformalar (Quizlet, Google Docs, ReadTheory) yordamida o‘quvchilar o‘z o‘qish qobiliyatlarini mustahkamlashlari mumkin. Har bir o‘quvchining yoshi, imkoniyati va qiziqishini inobatga olgan holda o‘qish strategiyala
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik qarashlar, ilg‘or ta’limiy yondashuvlar va ularning amaliyotdagi tatbiqi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik qarashlar, ilg‘or ta’limiy yondashuvlar va ularning amaliyotdagi tatbiqi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘qish., o‘qish savodxonligi, raqamli savodxonlik, metakognitsiya, funksional savodxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026