К содержанию
РецензированоUZ2026

JURNALISTIKA TARIXI: TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA ZAMONAVIY JURNALISTIKAGA TA’SIRI

ZAMONAVIY JURNALISTIKAGA TA’SIRI · Tursunova Dilsoʻz Abrorovna

Для учителей · 2026

Аннотация

Mazkur ilmiy maqola jurnalistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, qadimiy axborot almashinuvi shakllaridan tortib zamonaviy raqamli jurnalistikagacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Matbuot tarixidagi muhim davrlar, G‘arb va Sharq jurnalistikasining rivojlanish farqlari, sovet davrida jurnalistikaning mafkuraviy yo‘nalishi, mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda yuz bergan tub o‘zgarishlar batafsil yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika tarixini o‘rganishning hozirgi jurnalistikaga ta’siri ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Jurnalistika, matbuot, tarix, OAV, axborot, taraqqiyot, senzura, erkinlik, zamonaviy jurnalistika, O‘zbekiston. Jurnalistika insoniyat tarixida axborot tarqatish va jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi. U insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Har bir davr, har bir tuzum, har bir xalqning ijtimoiy hayotida jurnalistika o‘ziga xos shakl va mazmunda namoyon bo‘lgan. Dastlabki axborot almashinuvi og‘zaki shaklda bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik yozuv va matbaa ixtiro qilinishi bilan bu jarayon keng tus oldi. Tarixan olib qaraganda, jurnalistika har doim ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda muhim rol o‘ynab kelgan, uning rivojlanishi esa jamiyat taraqqiyot darajasining ko‘rsatkichi hisoblangan. Qadimgi jamiyatlarda axborot yetkazish jarayoni odatda og‘zaki shaklda yoki yozma bitiklar orqali amalga oshirilgan. Masalan, miloddan avvalgi Rimda “Acta Diurna” nomli axborotlar devorlarga ilib qo‘yilgan bo‘lib, u zamonaviy gazetalarning ilk shakli sifatida e’tirof etiladi. Xitoyda esa hukmdorlar tomonidan chiqarilgan farmonlar va yangiliklar yozuvchilar orqali xalq orasida tarqatilgan. Bularning barchasi jurnalistikaning ibtidoiy shakllari bo‘lib, axborot almashinuvi ehtiyojining qadimdan mavjudligini ko‘rsatadi. Jurnalistika tarixidagi eng katta burilish bosmaxonaning ixtiro qilinishi bilan yuz berdi. 1440-yilda Iogann Gutenberg tomonidan harf terish usulidagi bosmaxona yaratilishi bilan bosma matbuot yuzaga keldi. Bu kashfiyot tufayli axborot ko‘plab nusxalarda chop etilib, keng ommaga yetib bora boshladi. 17-asrga kelib Yevropa mamlakatlarida birinchi gazetalar chop etildi. Masalan, Germaniyada “Relation” gazetasi, Angliyada “Oxford Gazette”, Fransiyada “La Gazette” kabi nashrlar jamiyatda keng muhokama qilinayotgan voqealarni yoritishga kirishdi. Bu nashrlar nafaqat xabarlar, balki tahliliy materiallar, hukumat siyosatini yorituvchi maqolalarni ham o‘z ichiga olgan. Shuningdek, bu davrda matbuot jamoatchilik nazoratining shakllanishida muhim vositaga aylandi. 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 90 Ustozlar uchun pedagoglar.org Sharq mamlakatlarida, ayniqsa musulmon olamida jurnalistika nisbatan kechroq shakllandi. Biroq bu mintaqalarda ham matbuot xalqni ma’rifatli qilish, siyosiy ongini uyg‘otish vazifasini bajargan. Turkistonda XIX asr oxirlariga kelib “Turkiston viloyatining gazeti”, “Tarjumon”, “Sadoyi Turkiston” kabi gazetalar milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va jadidchilik harakatining asosiy targ‘ibotchilariga aylandi. Bu nashrlar orqali xalq orasida savodxonlik ortib, mustamlaka siyosatiga qarshi ongli munosabat shakllandi. Ayniqsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ismoil G‘aspirali kabi ziyolilar matbuotni xalqni uyg‘otuvchi kuch deb bilganlar va o‘z asarlari bilan buning amaliy namunasini ko‘rsatganlar. Sovet Ittifoqi davrida jurnalistika qat’iy ideologik nazorat ostida bo‘lgan. Bu davrda matbuot hukumat siyosatini targ‘ib qilish, kommunistik mafkurani yoyish vositasi sifatida xizmat qilgan. Har bir maqola partiyaning siyosatiga muvofiqlashtirilgan, senzura kuchli bo‘lgan. Biroq bu sharoitda ham ijtimoiy hayotni yoritishga uringan, o‘z fikrini obrazli ifoda etgan jurnalistlar, yozuvchilar, muharrirlar faoliyat yuritgan. Masalan, “Qizil O‘zbekiston”, “Lenin yo‘li” kabi nashrlar orqali O‘zbekiston jurnalistlari o‘z davri muammolarini yoritishga harakat qilganlar. Shu bilan birga, bu davrda jurnalistika fani rivojlandi, jurnalist kadrlar yetishtirildi, oliy ta’lim muassasalarida jurnalistikani o‘rgatuvchi fakultetlar ochildi. 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jurnalistika sohasida yangi davr boshlandi. So‘z erkinligi tamoyillari asta-sekin joriy qilindi. Matbuot, radio va televideniye bilan bir qatorda yangi ommaviy axborot vositalari – xususiy gazetalar, internet nashrlari, bloglar va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Bu erkinlik axborot maydonining kengayishiga, jurnalistlarning erkin fikr bildirishiga imkon yaratdi. Mustaqillik yillarida “Hurriyat”, “Xalq so‘zi”, “Zarafshon”, “Ma’rifat”, “Jamiyat” kabi nashrlar paydo bo‘lib, ijtimoiy hayotning dolzarb masalalarini ko‘tarishga kirishdi. Ayniqsa, yangi avlod jurnalistlarining yetishib chiqishi, tahliliy materiallarning ko‘payishi matbuotning ijtimoiy hayotdagi rolini oshirdi. Bugungi kunda esa jurnalistika yangi bosqichga – raqamli axborot makoniga qadam qo‘ymoqda. Internet jurnali

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy maqola jurnalistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, qadimiy axborot almashinuvi shakllaridan tortib zamonaviy raqamli jurnalistikagacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari tahlil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy maqola jurnalistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, qadimiy axborot almashinuvi shakllaridan tortib zamonaviy raqamli jurnalistikagacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
senzura, O‘zbekiston., matbuot, axborot, zamonaviy jurnalistika, tarix, OAV, erkinlik, Kalit so‘zlar: Jurnalistika, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники