К содержанию
РецензированоRU2026

MUSIQA TA’LIMINING ZAMONAVIY PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA UNING INSON RUHIY-MA’NAVIY KAMOLOTIGA TA’SIRI

Barshinay Matnazarova

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье анализируются современные педагогические возможности музыкального образования, использование нетрадиционных методов, гармония народной и современной музыки и их влияние на духовно-нравственное развитие личности. Рассматривается роль музыки в музыкотерапии, эстрадном искусстве, детском творчестве и эстетическом воспитании как важный фактор. Ключевые слова: музыкальное образование, эстетическое воспитание, народные инструменты, музыкотерапия, педагогические подходы, воздействие на сознание молодежи. MODERN PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF MUSIC EDUCATION AND ITS IMPACT ON THE SPIRITUAL AND MORAL DEVELOPMENT OF A PERSON Annotation. This article analyzes the modern pedagogical possibilities of music education, the use of non-traditional methods, the harmony of folk and modern music and their impact on the spiritual and moral development of a person. The role of music in music therapy, pop art, children's creativity and aesthetic education is considered as an important factor. Keywords: music education, aesthetic education, folk instruments, music therapy, pedagogical approaches, impact on the consciousness of young people. Musiqa har doim insoniyatning ma’naviy hayotida alohida o‘rin egallagan. U nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki inson ruhiy olamini shakllantirishda ham muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda ta’lim tizimida musiqaning pedagogik va terapevtik imkoniyatlarini to‘liq ishga solish dolzarb masalaga aylangan. Xalq musiqasi, zamonaviy estrada, baxshichilik san’ati, xalq cholg‘ulari — bularning barchasi yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Metodologiya Ushbu ilmiy tadqiqotda musiqa ta’limining o‘quvchilarning estetik, ijodiy va ruhiy- ma’naviy rivojiga ta’sirini o‘rganish maqsadida sifatli va miqdoriy tahlil usullari uyg‘un holda qo‘llanildi. Tadqiqot metodologiyasi quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Tadqiqot ob’ekti va predmeti Ob’ekt: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida va bolalar musiqa maktablarida olib borilayotgan musiqa ta’limi jarayoni. 1682 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Predmet: Musiqa ta’limining estetik tarbiya, ijodiy salohiyat va ruhiy holatga ko‘rsatadigan pedagogik va psixologik ta’siri. 2. Tadqiqot ishtirokchilari Tadqiqot Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi 5 ta umumta’lim maktabi va 3 ta bolalar musiqa maktabi negizida olib borildi. Ishtirokchilar quyidagilardan iborat: 100 nafar 7–9-sinflar o‘quvchilari 30 nafar musiqa o‘qituvchilar 5 nafar musiqa terapevt mutaxassislari 3. Tadqiqot metodlari Tadqiqot quyidagi ilmiy metodlar asosida tashkil etildi: So‘rovnoma usuli – o‘quvchilarning musiqiy ta’limga munosabati, darslardagi ishtiroki va musiqaning ularning ruhiy holatiga ta’sirini aniqlash uchun maxsus anketalar tarqatildi. Intervyu – musiqa o‘qituvchilari va terapiya mutaxassislari bilan chuqurlashtirilgan suhbatlar o‘tkazildi. Kuzatuv usuli – musiqa darslari va mashg‘ulotlari jarayonida bevosita ishtirok etilib, pedagogik yondashuvlar va o‘quvchilarning reaksiyalari qayd etildi. Kontent-tahlil – o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari va musiqiy tarbiya bilan bog‘liq metodik tavsiyalar tahlil qilindi. Eksperiment – musiqa terapiyasi elementlarini o‘z ichiga olgan 1 oylik maxsus dars moduli joriy etilib, uning natijalari oldingi ko‘rsatkichlar bilan solishtirildi. 4. Ma’lumotlar tahlili Olingan empirik ma’lumotlar statistik tahlil qilindi. So‘rovnoma natijalari MS Excel dasturida foizlarda tahlil etildi, intervyu va kuzatuv natijalari esa tematik guruhlarga ajratilib, sifat jihatidan baholandi. Eksperimental guruh (terapiya darslarida qatnashgan o‘quvchilar) va nazorat guruhi (an’anaviy musiqa darslarida qatnashgan o‘quvchilar) o‘rtasidagi o‘zgarishlar grafik va diagrammalar orqali ko‘rsatildi. 5. Ishonchlilik va haqiqiylik Tadqiqotda foydalanilgan metodlar pedagogik amaliyotda tasdiqlangan va ilg‘or tajribalar asosida shakllantirilgan. Ma’lumotlar ishonchliligi uchun takroriy kuzatuvlar, turli yosh guruhlarini qamrab olgan so‘rovlar va mutaxassislar fikriga asoslangan baholar keltirildi. Tadqiqotda kontent-tahlil, so‘rovnoma va kuzatuv metodlari asosida musiqa ta’limining samaradorligi baholandi. Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi 5 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 3 ta san’at maktabida musiqiy ta’lim jarayonlari kuzatildi. Shuningdek, 100 nafar o‘quvchi va 30 nafar musiqa o‘qituvchisi orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijalar va tahlil 1. Musiqa terapiyasining ta’siri: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, musiqa terapiyasi maktab o‘quvchilarining ruhiy holatini barqarorlashtirishda ijobiy natijalar bergan. Xususan, xalq musiqa asboblari (doira, dutor) bilan shug‘ullangan o‘quvchilar orasida stress darajasi 28% ga kamaygan. 2. Estetik tarbiya va ijodkorlik: Musiqa darslari o‘quvchilarning estetik didini shakllantirishda va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilarning 74%i musiqa dar

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются современные педагогические возможности музыкального образования, использование нетрадиционных методов, гармония народной и современной музыки и их влияние на духовно-нравственное развитие личности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются современные педагогические возможности музыкального образования, использование нетрадиционных методов, гармония народной и современной музыки и их влияние на духовно-нравственное развитие личности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
music education, aesthetic education, folk instruments, music therapy, yoshlar ongiga ta’sir., xalq cholg‘ulari, musiqiy terapiya, estetik tarbiya, musiqa ta’limi, pedagogik yondashuvlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники