Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQINING AHAMIYATI
Muxtorova Mohira Ma’rufjon qizi
Педагоги · 2026
Аннотация
This article explores the importance of the educator's speech in the development of oral language skills in preschool-aged children. It analyzes how the teacher’s communication style, vocabulary richness, clarity of pronunciation, and interactive dialogue with children positively influence their speech development. Special attention is given to methodological approaches aimed at enhancing speech activity, including the use of educational games and informal communication methods. The article also offers practical recommendations and highlights best practices for preschool educators to effectively support children's language development. "Til - shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nama'qbul bo'lib chiqsa - tilning ofatidir." (Alisher Navoiy) https://scientific-jl.com/ped 3 5 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Nutq-bu tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilinadigan, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning og'zaki va yozma ravishda namoyon bo'lishidagi jarayonlar, ya'ni so'zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Nutq-bu insonnning eng oliy, murakkab,ruhiy vazifalardan biri hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi ko’rinishiga ega. Ichki nutq odamning o’z ichiga gapiradigan passiv nutqi sanaladi. Shuning uchun bu nutq o’z-o’ziga qaratiladi, uni nazorat qilib bo’lmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo’lgan faol nutq bo’lib, u og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Til hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi, shunday ekan bola go'dakligidanoq undan bir dona so'z aytishini kutish, uni gapirishga o'rgatish so'ngra uni maroq bilan tinglash barcha insonlar uchun xosdir. Odatda bolalarning faol nutqi 2-2,5 yoshlarda chiqa boshlaydi. Bu davrda bolaning kattalar bilan amaliy hamkorligiga oid vaziyatlarda faol nutqdan foydalanish nutq shakllanishiga olib keladi. Hayot davomida olgan asos va bilimlarga tayangan holda, har bir inson butun umri davomida o'z ona tili bilan munosabatlarini qurishda davom etadi. Bu jamiyatda, oilada muvaffaqiyatga erishishning zaruriy sharti, muvaffaqiyatli mehnat, muvaffaqiyatli hayot uchun shartdir. Ona tilining alohida o'rni shundaki, tilni doimiy ravishda takomillashtirmasdan turib, barcha ilmiy fanlarni - ham gumanitar, ham tabiiy, ham texnik sohalarni chuqur o'rganish mumkin emas, chunki til inson fikrlari, his- tuyg'ularini yetkazishning asosiy usullaridan biridir. Shu o’rinda nutqni rivojlantirishda, bolaning so'z boyligini to'ldirishda asosiy rolni tarbiyachi va uning nutqi o'ynaydi, chunki maktabgacha ta’lim yoshidagi bola hayotining ushbu davrida ular bilan ko'proq vaqt o'tkazadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyati taqlidiy nutqidir, bu ularning idrok va tafakkurining o'ziga xosligi bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Bolalarni taqlid qilish bilan bog'liq fikrlash va idrok etishning o'ziga xosligi bolalarni tarbiyalash va o'qitishda, xususan, bolalarga ona tilini o'rgatishda ishlatilishi kerak. Muloqot va bilish vositasi hamda usuli sifatida ona tilini o'zlashtirish maktabgacha yoshdagi bolaning eng muhim yutuqlaridan biridir. Nutqni rivojlantirishda, bolaning so'z boyligini to'ldirishda asosiy rolni tarbiyachi va uning nutqi o'ynaydi, chunki maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari hayotining ushbu davrida ular bilan ko'proq vaqt o'tkazadi. Bolaning nutqi qanchalik mukammal bo'lsa, uning maktabda o'qishi shunchalik muvaffaqiyatli bo'ladi. Shuningdek, bolalarning nutq madaniyatini shakllantirishda tarbiyachining na’munasi katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, sa'y-harakatlar natijasida, ularning yordami bilan bola to'g'ri gapirishni o'rganadi, demak u maktabda o'qish, yozishni o'zlashtirishga tayyor bo’lishida tarbiyachining o’rni beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining har tomonlama rivojlanishi uchun ajralmas shart-bu uning tarbiyachi bilan aloqasi. Kattalar-insoniyat tomonidan to'plangan tajriba, bilim, ko'nikma, madaniyatning saqlovchilari. Ushbu tajribani faqat https://scientific-jl.com/ped 3 6 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 til yordamida yetkazish mumkin. Til inson muloqotining eng muhim vositasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalash va o'qitishning ko'plab muhim vazifalari orasida ona tilini o'rgatish, nutq va lug'atni rivojlantirish nutq madaniyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan biridir. Ushbu umumiy vazifa bir qator maxsus vazifalardan iborat: •nutqning ovozli madaniyatini tarbiyalash • lug'atni boyitish • mustahkamlash va faollashtirish •nutqning grammatik to'g'riligini takomillashtirish • og'zaki (dialogik) nutqni shakllantirish • izchil nutqni rivojlantirish •badiiy so'zga qiziqishni tarbiyalash, • savodxonlikka tayyorgarlik. • Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolal
Доказательный фрагмент
«This article explores the importance of the educator's speech in the development of oral language skills in preschool-aged children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the importance of the educator's speech in the development of oral language skills in preschool-aged children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktabgacha lim, maktabgacha yoshdagi, zaki yozma, ona tilini, https scientific-jl, scientific-jl com, com ped
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025