К содержанию
РецензированоRU1916

ABULFAYZXON FITRAT IJODIDAGI DRAMATIK ASARLARNING BADIIY TAHLILI

ASARLARNING BADIIY TAHLILI · Sattorova Gulrux

Журнал инноваций нового века · 1916

Аннотация

В данной статье рассматривается творчество Абулфайз-хана, его самобытные особенности и драматические произведения. Приводятся мнения и анализируются такие его драмы, как «Абулфайз-хан» и «Абу Муслим». Annotation: This article explores the literary work of Abulfayz Khan, focusing on his unique characteristics and dramatic pieces. It provides insights and a thorough analysis of his plays such as "Abulfayz Khan" and "Abu Muslim". Abulfayzxon Fitrat oʻzbek jadidchilik adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ijodkorlardan biri ekanligi barchamizga maʼlum. Uning ijodi oʻsha davrning muhim ijtimoiy, siyosiy , shuningdek umumbashariy masalalarini aks ettiradi va bu asarlar bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Uning ijodida dramaturgiya sohasi alohida oʻrin egallaydi. Shuni aytish oʻrinliki , Fitratning adabiy asarlari, xususan, uning dramaturgiya sohasidagi ijodiy faoliyati zamondoshlari tomonidan yuksak e’tirof etilgan. . 1916-1930-yillar mobaynida u bir qancha dramalar yozdi. Ayniqsa, 1920-yillarda yozgan “O‘g‘uzxon”, “Chin sevish”, “Hind ihtilolchilari”, “Abulfayzxon” kabi dramalari katta shuhrat qozondi. “Chin sevish” dramasida biz oldingi Fitrat, g‘arb ilm-fanini o‘rganishga bo‘lgan targ‘ibotning boshqa bir darajaga yuksalganini, ya’ni siyosiy jihatdan yetuklikka erishgan Fitratni ko‘ramiz. U asar qahramoni Karimbaxsh tilidan bu kabi g‘oyalarini quyidagicha bayon etadi: “Ovrupo ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupoda o‘qimoq ovrupolilarni insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zimizni saqlamoq, tishli-tirnoqli bo‘lish uchun kerakdir.” Fitrat tarixiy drama janriga asos soldi. U “Abulfayzxon”, “Abo Muslim” kabi dramalarida o‘tmishga yuzlanar ekan, tarix hodisotlarining mazmun-mohiyatini tarixiy shaxslar obrazi orqali ularning taqdirlari misolida qayta jonlantirishga hamda ulardan zamon uchun kerakli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo‘lgan ijodkordir. Fitratning hayoti va adabiy faoliyati tarixning eng qaltis damlarida millat va Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasidir. Yirik jadidshunos olim Begali Qosimovning so‘zlari bilan aytganda, har qanday holda ham xalq bilan birga bo‘lish, uning manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, har narsadan muqaddas bilish Fitrat https://scientific-jl.com/new 11 11 22 Volume–78_Issue-3_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS shaxsiyatida namoyon bo‘ladigan eng ahamiyatga molik xususiyatlaridan edi. Fitrat ijodiy merosining katta qismini dramaturgiya tashkil etishini yuqorida aytib o‘tdik. Shu bois ham adabiyot ahli haqli ravishda Fitratni o‘zbek dramaturgiyasining sardori deyishadi. Fitratning 13 ta drama yozgani bizga ma’lum. Shundan 7 tasi to‘la holda saqlangan. Uning dramalari bu janrdagi ilk namunalar bo‘lishiga qaramasdan adabiyotimizni umrboqiy asarlar va mavzular bilan boyitdi. Bizgacha to‘liq yetib kelmagan “Temur sag‘anasi”da romantik uslub orqali jahongirning mardona vatanparvarligini tasvirlagan bo‘lsa, 5 pardadan iborat “Chin sevish”da muallif sovet voqeligiga bo‘lgan norozilik kayfiyatini, mustamlakachi Yevropadan yaxshilik kutish, unga ishonish mumkin emasligini Hindiston hayoti misolida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. 1924-yilda yaratilgan “Abulfayzxon” tragediyasini Fitrat dramaturgiyasining gultoji deyish mumkin, chunki unda shafqatsiz tarix sabog‘i yuksak badiiy haqiqat darajasiga ko‘tarilgan va insoniyat cheksiz qon to‘kishlar dahshatli fojialarga olib kelishidan ogoh etilgan edi. O‘zining yuksak fazilatlariga ko‘ra, bu drama Fitrat ijodiy yo‘lining yetuklik bosqichi boshlanganligidan guvohlik beradi. Dramaturg asar qahramonlarini jonli, hayotiy. tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettiradi. “Abulfayzxon” nainki, Fitrat ijodi, balki, umuman, o‘zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir. Tragediya badiiy jihatdan g‘oyatda yuksak va teran. Asar qurilishidagi tizimlilik, voqealarning o‘zaro uyg‘unligi, obrazlarning haqqoniyligi kitobxonni beixtiyor o‘ziga asir aylaydi. Shuningdek, qahramon fikri va harakatidagi emotsionallik, g‘oyaning asardagi obrazlilik zamiridan sizib chiqishi, shakl va mazmundagi muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan to‘yingan holda ajib bir badiiy yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan. Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimiyatining tanazzuli va mang‘itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi aks ettiriladi. Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshlaydi, ko‘p o‘ylab o‘tirmay ularni birma- bir qatl etadi. Tarixdagi ushbu voqelikni ko‘rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni ko‘tarib chiqdi. Uning asar asosiga joylagan asl niyati yashirin zulm va zo‘ravonlik asosiga qurilgan, bu yo‘lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va og‘ir bir davri yorqin ko‘rsatib berildi. Ikkinchi bir jihatdan, t

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается творчество Абулфайз-хана, его самобытные особенности и драматические произведения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается творчество Абулфайз-хана, его самобытные особенности и драматические произведения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chin sevish, abulfayz khan, aks ettiradi, fitrat ijodiy, abulfayzxon, uning, yuksak
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники