The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Boltayev Timur · Asosiy Qism
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xususan, ichki turizmning ahamiyati, mavjud imkoniyatlar, infrastrukturaviy muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning boy madaniy, tarixiy va tabiiy merosi asosida turizm salohiyatini yuksaltirish omillari yoritiladi. Shuningdek, hududiy turizm klasterlari, davlat siyosatidagi turizmni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda yoshlar va mahalliy aholi o‘rtasida turizm madaniyatini shakllantirish muhimligi asoslanadi. Kalit so‘zlar: ichki turizm, mahalliy sayohatlar, turizm infratuzilmasi, hududiy rivojlanish, madaniy meros, turizm klasteri. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga sabab — ichki turizm nafaqat iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi, balki aholi bandligini ta’minlaydi, milliy o‘zlikni anglashni kuchaytiradi va hududlar o‘rtasida ijtimoiy madaniy aloqalarni mustahkamlaydi. Shu bilan birga, ichki turizmni rivojlantirish orqali tashqi turizmga tayyor bo‘lgan infrastrukturaviy va xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Biroq ichki turizm imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun tizimli yondashuv, rejalashtirish, marketing va ta’limiy asoslar muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy Qism O‘zbekiston ichki turizmi uchun nihoyatda katta salohiyatga ega. Mamlakatimiz hududida 7000 dan ortiq madaniy meros obidalari mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi mahalliy aholi uchun ochiq. Shuningdek, noyob tabiat go‘shalarining mavjudligi — tog‘li hududlar, cho‘l landshaftlari, daryo va ko‘l bo‘ylarida dam olish maskanlari yaratish imkonini beradi [1]. Ichki turizmning rivojlanishida avvalo hududiy infratuzilmaning holati muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda ayrim viloyatlarda transport aloqalarining zaifligi, axborot resurslarining yetishmasligi, zamonaviy mehmonxona va ko‘ngilochar xizmatlarning yo‘qligi bu sohani to‘liq ishga solishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu holatlarni bartaraf etish uchun davlat tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Masalan, 204 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida etnoturizm va ekologik turizm yo‘nalishlarida yangi maskanlar tashkil etildi [2]. Boshqa tomondan, ichki turizmning rivojlanishi aholining madaniy sayohatga bo‘lgan qiziqishini ham oshiradi. Ammo bu jarayonda reklama, axborot yetkazish va turizm xizmatlarini raqamlashtirish dolzarb vazifalardandir. Ayniqsa, mobil ilovalar, veb-portal va ijtimoiy tarmoqlar orqali mahalliy turistik marshrutlar, yo‘nalishlar, xaritalar va tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etilishi kerak. Ichki turizm nafaqat tijorat manbai, balki aholi ongida milliy o‘zlik, tarix va qadriyatlarni mustahkamlovchi omildir. Mahalliy aholi o‘z yashab turgan joyining tarixini o‘rganishga, o‘tmish ajdodlar hayotiga nisbatan qiziqishga undaladi. Shu sababli maktab, oliygoh va jamoatchilik bilan hamkorlikda turistik-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish zarur. Tajribali davlatlar — Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya tajribasiga e’tibor qaratilsa, u yerda ichki turizm iqtisodiy barqarorlikning bir qismi sifatida qaraladi. Mamlakatimizda ham shu yondashuvni joriy qilish orqali yil davomida har bir fuqaroning kamida bir marotaba sayohat qilishi, ichki bozor orqali iqtisodiy aylanma yaratilishi mumkin. Hududiy turizm klasterlarini rivojlantirish orqali mahalliy resurslar, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari integratsiyasiga erishiladi. Masalan, Samarqand – Nurobod – Zomin yo‘nalishi yoki Buxoro – G‘ijduvon – Romitan turizm klasterlari nafaqat tarixiy, balki gastronomik va ekologik yo‘nalishlarda ham katta ahamiyatga ega [3]. Shuningdek, ta’lim muassasalarida turizm mutaxassisligini kengaytirish, mehmonxona biznesi, gidlik va marketing sohalarida yangi kasb o‘rgatuvchi qisqa muddatli kurslarni yo‘lga qo‘yish ham soha rivoji uchun asos yaratadi. Ichki turizmni chuqurroq rivojlantirish uchun muhim omillardan biri bu – hududiy ixtisoslashuvga asoslangan turistik mahsulotlar yaratishdir. Har bir viloyat, tuman yoki hatto qishloq o‘zining o‘ziga xos tabiiy, madaniy yoki tarixiy jihatlarini e’tiborga olgan holda noyob turistik xizmatlarni taklif qila oladi. Masalan, Xorazm viloyatining qadimiy Ichan qal’asi, Farg‘ona vodiysidagi ustachilik va hunarmandchilik an’analari yoki Qoraqalpog‘istondagi Moynaq shahri ekologik va tarixiy turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Bu kabi mahalliy xususiyatlarni raqamlashtirish va ularga doir kontentlarni yaratish orqali ichki sayyohlar oqimini maqsadli ravishda boshqarish mumkin. Ichki turizmda ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, aholining daromad darajasi, ikkinchidan, dam olish madaniyati va uchinchidan, 20
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turizm klasteri., turizm infratuzilmasi, ichki turizm, hududiy rivojlanish, mahalliy sayohatlar, madaniy meros
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииЭгамбердиев Фармонқул Турсунқулович, Ёқубжонова Ҳулкарбону Ёқубовна2018
Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021